|
-§. Ishchi organlarning asosiy parametrlarini asoslash
|
bet | 18/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori2.4-§. Ishchi organlarning asosiy parametrlarini asoslash
Ma’lumki, kuzgi bug‘doy o‘rib olingandan keyin dalada 20-30 cm balandlikdagi poyalar qoladi. Bu poyalar tuproqqa ishlov berish va ekishda ishchi organlarga tiqilib qoladi. Shuning uchun bu poyalarni maydalab, dala yuzasiga tashlash yoki ularni dalaga yotqizib ketish zarur. O‘simlik qoldiqlarini maydalagichlar turlari juda ko‘p, ammo qurilma konstruksiyasini murakkablashtirmaslik uchun maydalagichni passiv (harakat berilmaydigan) tarzda tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Shu sababli maydalagichni qo‘yidagi (2.3-rasm) konstruksiyasini qabul qilamiz.
Taklif qilingan tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan mashina ishchi organlari (2.4-rasm) aylanma panjali chuqur yumshatkich 1 tuproqqa hd chuqurlikka ishlov berib, o‘qyoysimon panjali yumshatkich-ekkich 2 tuproqni qo‘shimcha hp chuqurlikda ishlov berib urug‘ ekish uchun mayda donador tuproq hosil qilib urug‘larni hu chuqurlikda ekishni amalga oshiradi. Ekilgan urug‘larni tuproq bilan yaxshi bog‘lanishi ta’minlash uchun zichlovchi g‘altak 3 bilan hk chuqurlikda zichlashni amalga oshiradi. Mashinaning ish kengligi ramada 45-90 cm oralig‘ida rostlanadigan qilib loyihalangan bo‘lib, oson rostlanadigan va qator oralarini tez o‘zgartirish mumkin.
Birinchi bobdagi tahlillar asosida urug‘ va o‘g‘itlar uchun chuqur yumshatkich ishchi organ sifatida iskanasimon panjani qabul qilamiz.
Yumshatkichga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
- tuproqni 20 cm chuqurlikkacha yumshatish;
- ishlov beriladigan polosa tuprog‘ini egatga tushirmaslik;
- o‘simlik qoldiqlari tiqilib qolmasligi.
2.6-rasm. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekishning texnologik ish jarayoni
Yumshatkichning qamrash kengligi ishlov beriladigan polosa kengligi ishlov beriladigan polosa kengligi ga bog‘liq holda quyidagicha aniqlanadi (2.7-rasm)
2.7-rasm. Yumshatkichning qamrash kengligini aniqlashga doir sxema
, (1)
bu еrda, - mos ravishda yumshatkich va diskli pichoqning ishlov berish chuqurligi;
-tuproqning ko‘ndalang yorilish burchagi.
Yuqoridagi ifodadan
ga mm; mm; mm va bo‘lgan holatda
mm ga teng bo‘ladi.
mm; mm; mm bo‘lgan holatlar uchun mm qabul qilamiz.
Yumshatkich iskanasining parametrlarini quyidagicha aniqlaymiz (2.8-rasm).
|
| |