|
-§. Eksperimental seksiyalarning tuzilishi va ishlash prinsipi
|
bet | 15/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori2.2-§. Eksperimental seksiyalarning tuzilishi va ishlash prinsipi
Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan ishchi seksiyaning maket namunasi 2.1-rasmda keltirilgan.
6
8
9
3
1
10
2
4
5
7
1-rama; 2-osish mexanizmi; 3-bunker; 4-zichlovchi g‘altak; 5-tuproq uyumlagich;
6-soshnik; 7-tayanch g‘ildirak; 8-chuqur yumshatgich; 9-yassi disk; 10-somon maydalagich.
2.1-rasm. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan ishchi seksiyaning maket namunasi
Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan qurilma, seksiya rama 1, parallelogramm mexanizmi 2, urug‘ yashigi 3, zichlovchi katok 4, zagortach 5, soshnik 6, zichlovchi va harakat uzatuvchi g‘ildirak 7, iskanasimon yumshatgich 8, yassi disklar 9 va maydalagich 10 dan tashkil topgan (2.2-rasm).
2.2-rasm. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan ishchi organ
Kombinatsiyalashgan seksiya xarakatlanganda rama 1 ga mahkamlangan maydalgich 10 pushtaning yuza qismidagi o‘simlik qoldiqlarini egib, dala yuzasiga yotqizadi va qisman sindirib, maydalaydi. Uning ketidan harkatlanuvchi yassi disklar 9 tuproqda vertikal kesiklar hosil qilib, polosaning chegaralarini belgilaydi. Bundan tashqari iskanasimon chuqur yumshatgich 8 tuproqni deformatsiyalaganda tuproq bo‘laklarining pushtadan yon tomonlarga chiqib ketmasligi uchun to‘siq rolini bajaradi. Iskanasimon yumshatgich 8 tuproqqa 10-15 cm chuqurlikda ishlov beradi. Parallelogramm mexanizm 2 ga mahkamlangan zichlovchi va harakat uzatuvchi g‘ildirak 7 yumshatilgan polosani zichlaydi. Ishlov berilgan tuproqqa urug‘ni ekish uchun soshnik 6 ariqcha hosil qiladi va urug‘ bunkeri 3 dagi urug‘larni joylaydi, uning ketidan harakatlanayotgan zagortach 5 ochilgan ariqchani ko‘madi va urug‘ bilan tuproq orasida bog‘lanish hosil qilish uchun zichlovchi katok 4 zichlab ketadi.
Eksperimental tadqiqotda agregatning xar bir ishchi organlarini alohida yurgizilib o‘tkazildi va texnologik jarayonning kechishi kuzatildi hamda asosiy ish ko‘rsatkichlari aniqlandi.
Taklif etilayotgan tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan qurilmaning ishlov berish texnologiyasi quyidagi texnologik operatsiyalar (jarayonlar) ni o‘z ichiga oladi:
а)
b)
c)
d)
|
| |