|
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand agroinovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
|
bet | 13/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyoriTadqiqotning vazifalari:
- Donli ekinlar bo‘shagan maydonlarda tuprog‘ida ilgari olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarini tahliliy tadqiq qilish;
- boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydon tuproqlarining asosiy ishlov berish vaqtidagi fizik-mexanik, texnologik xossalarini va ularning o‘zgarishini aniqlash;
- yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan qurilmaning konstruktiv sxemasi va loyihalashning ish sifati hamda energiya sarfiga taʼsirini aniqlash;
- yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan qurilmaning tajriba nusxasini yasash, laboratoriya sinovlarini agrotexnik ko‘rsatkichlarga mosligini qiyoslash; chiziqli frontal plugning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
1. O‘zbekiston sharoitida kishki boshoqli ekinlar, ertangi kartoshka va poliz ekinlari hosili yig‘ib olingandan keyin 1,5 mln. gektarga yaqin maydonda ikkinchi, oraliq ekinlarini еtishtirish imkoni mavjud. Bunda janubiy viloyatlarda 130-140 kun, qolgan viloyatlarda 110-120 kun sovuq bo‘lmaydigan kunlar qoladi. Bu davrda o‘simliklar uchun ijobiy harorat yig‘indisi janubiy viloyatlarda
2400-3200°S, qolgan viloyatlarda 1300-1600°S bo‘lib, ikkinchi ekin sifatida o‘suv davri qisqa takroriy ekinlarni, jumladan, soya, mosh va loviya kabi dukkakli don ekinlarini еtishtirish mumkin.
2. Oraliq ekinlar mavjud maydonlardan yil bo‘yi foydalanish va qo‘shimcha hosil olish imkonini beradi. Hosildan tashqari, oraliq ekinlar begona o‘tlarga qarshi samarali kurashish, tuproqning fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishi va eroziyaga qarshi kurashishga xizmat qiladi, tuproqdagi organik moddalar miqdorini ko‘payishiga va natijada hosildorlikning oshishiga olib keladi, yuzasini qoplaganligi sababli tuproqdagi namning bug‘lanishi kamayadi va sho‘rlanishning oldini olishga xizmat qiladi.
3. Dunyoda yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan texnologiyalarining keng qo‘llanila boshlanganligi sababli eng yirik kompaniyalar ushbu texnologiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan qurilmalarning turli konstruksiyalarini taklif etishmoqda. Ushbu qurilmalarga bo‘lgan talab yil sayin ortib boradi. Demak, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar dolzarb bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini dunyo talablari asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.
II-BOB. TAJRIBA SHAROITLARI, OB’EKTI VA TUPROQQA YARUSLI ISHLOV BERIB URUG‘ EKUVCHI KOMBINATSIYALASHGAN QURILMANING PARAMETRLARINI ASOSLASH BO‘YICHA O‘TKAZILGAN EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR NATIJALARI
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand agroinovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
|