• 4-rasm. Urug‘ni havo yordamida taqsimlash.
  • -rasm. Urug‘ni ang‘izga ekish sxemasi




    Download 23,79 Mb.
    bet9/29
    Sana12.12.2023
    Hajmi23,79 Mb.
    #116921
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
    Bog'liq
    Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori

    3-rasm. Urug‘ni ang‘izga ekish sxemasi
    Bugungi kunda takroriy ekinlar asosan pnevmatik syalkalar orqali ekilmoqda.
    4-rasmda ko‘rsatilgan ko‘p qatorli seyalka ekadigan, jami urug‘ni bir joyda me’yorlab uni keyinchalik hamma ekkichlarga bir tekis taqsimlaydigan va ularga urug‘ni pnevmatik vosita yordamida еtkazib beradigan qilib yasaladi. Mexanik me’yorlagich 4 urug‘ni bunker 2 dan ajratib, ventilyator 12 yordamida taqsimlagich 1 ga еtkazilib beriladi.
    Katta tezlikda keltirilgan urug‘ oqimi taqsimlagich konusining cho‘qqisiga tushiriladi va konus etagidagi urug‘ o‘tkazgich 5 larga bir tekis taqsimlab beriladi. Havo oqimi urug‘ o‘tkazgich bo‘ylab urug‘ni ekkich 9 ga keltiradi. Ekkich yasagan ariqchaga tushgan urug‘ni ko‘mgich 8 ko‘mib zichlab ketadi. Bunday seyalka bir nechta seksiyalardan yig‘ilib ularning qamrov 15 metrgacha еtkazilishi mumkin. Bunker 2 ning markazida o‘rnatilgan to‘zitkich 3 urug‘ni uzluksiz tushirib turadi. Urug‘ni katta o‘lchamdagi novli g‘altaksimon miqdorlagich 4 ajratib beradi.


    4-rasm. Urug‘ni havo yordamida taqsimlash.
    Seksiyali pnevmatik seyalkalar katta qamrov kengligiga ega bo‘lib, yuqori ishchi tezlikda ham urug‘larni shikastlantirmasdan ekishni ta‘minlay oladi. Har bir seksiyaga o‘rnatilgan kata o‘lchamli markaziy g‘altaksimon miqdorlagich aniq meyorda ajratgan urug‘ pnevmo vosita orqali ekkichlarga uzatiladi. Seyalka, bunker 2, miqdorlagich 4, ventilyator 12, taqsimlagich 1, urug‘ o‘tkazgich 5 va 7 lar, ekkich 9, ko‘mgich 8, g‘ildirak 11 lardan tuzilgan. Bunday seyalkalar bir nechta seksiyalardan yig‘ilib, ularning qamrov kengligi 5-15 m gacha o‘zgarishi mumkin. Bunker 2 seksiyaning markazida o‘rnatilgan va uning ichida to‘zitgich 3 va miqdorlagichga yirik jismlarni tushirmaydigan to‘r o‘rnatilgan. Urug‘ni katta o‘lchamdagi novli g‘altaksimon miqdorlagich 4 ajratib beradi. Ventilyator 12, hosil qiladigan havo oqimi urug‘larni bosh karnay 5 orqali bevosita konussimon taqsimlagich 1 ga еtkazib beradi. Shundan so‘ng, taqsimlagich urug‘larni shlangasimon egiluvchan urug‘ o‘tkazgichlarga teng bo‘lib beradi.urug‘ o‘tkazgichlar soni seksiyadagi ekkichlar soniga teng bo‘ladi. Bunday seyalkaning ish jarayoni quyidagicha bo‘ladi: bunker 2 dagi urug‘lar to‘zitkich 3 yordamida miqdorlagich 4 ga uzluksiz tushirilib turiladi. G‘altak esa kerakli miqdorda ajratib olgan urug‘larni bosh karnay 5 ning ichiga tashlaydi. Ventilyator 12 hosil qilayotgan havo oqimi urug‘larni bosh karnay 5 orqali taqsimlagich 1 ning cho‘qqisiga aniq tushiradi. Urug‘lar konus etagiga bir tekis yoyilib tarqaladi va u еrdagi urug‘ o‘tkazgichlarga tushiriladi. Havo oqimining bosh karnay bo‘ylab yurish tezligi (27-68 m/s) drossel to‘skich 10 yordamida sozlanadi. Bosh karnayning ichiga g‘altakdan urug‘ tushadigan joyiga soplo 6 o‘rnatilgan. Soplo 6 ning ko‘ndalang kesimi bosh karnaynikiga nisbatan oz bo‘lganligi sababli, u еrdagi havo tezligi ortib, bosim pasayadi. Natijada g‘altak ajratib bergan urug‘lar tez so‘rib olinadi. Bosh karnayning ishchi qismi burmalangan bo‘lib, uning ichki yumshoq devorlariga ko‘p marta urilgan urug‘lar harakati sekinlashib, bir tekis oqimga aylanadi va taqsimlagichga еtib boradi. Urug‘lar taqsimlagich ichidagi konusning cho‘qqisiga urilishi natijasida bir tekis sochilib, hamma urug‘ o‘tkazgichlarga bir xil taqsimlanadi. Urug‘ o‘tkazgichlar orqali 3-5 m/s tezlikdagi havo oqimi bilan ekkichlarga еtkaziladi va tayyorlangan ariqcha tubiga tushirib, tuproq bilan ko‘miladi (5-rasm).

    1-rеduktor; 2-yurituvchi g‘ildirak; 3- tilgich; 4-ekkich; 5-ekilgan urug‘; 6-urug‘ ustidan tuproqni zichlagich; 7-urug‘ ajratuvchi disk; 8-diskdagi suruvchi tеshik;
    9- urug‘ qutisi; 10 -zanjirli yuritma; 11-havo suruvchi quvur; 12-vеntilyator;
    13- almashtiriladigan yulduzcha.


    Download 23,79 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




    Download 23,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Urug‘ni ang‘izga ekish sxemasi

    Download 23,79 Mb.