• Tadqiqotning asosiy farazlari
  • I- BOB. ADABIYOTLAR SHARHI. TADQIQOT ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI
  • Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand agroinovatsiyalar va tadqiqotlar instituti




    Download 23,79 Mb.
    bet7/29
    Sana12.12.2023
    Hajmi23,79 Mb.
    #116921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
    Bog'liq
    Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori

    Ilmiy yangiligi: boshoqli don va dukkakli ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda agregatning bir o‘tishida mavjud pushtalarga qisman ishlov berib, pushtadagi somon poyalarini maydalash, o‘qyoysimon panjali ishchi organ orqali belgilangan kenglik va chuqurlikda tuproq palaxsasini yumshatish bilan birga qatlam tubiga o‘g‘it solish va urug‘ ekish texnologik jarayonlarini bir o‘tishda bajarib ketadigan kombinatsiyalashgan qurilmaning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va uning texnologik ish jarayoni asoslangan:
    - o‘qyoysimon panjali ishchi organlarining maqbul parametrlari tuproqqa kam energiya sarflagan holda ratsional taʼsirini hamda boʻylama-vertikal tekislikda turgʻun harakatini taʼminlaydigan analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
    - pushtani yumshatish bilan birga qatlam tubiga o‘g‘it solish va urug‘ ekish texnologik jarayonlarini bir o‘tishda bajarib ketadigan kombinatsiyalashgan qurilmaning konstruktiv sxemasining agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlari uning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalaydigan bog‘lanishlar asosida aniqlangan.
    Tadqiqotning asosiy farazlari: Mazkur dissertatsiya ishida laboratoriya va dala sinovlari natijalari nazariy tadqiqotlar natijasida asosida olingan texnologik va konstruktiv parametrlar taqqoslanib, ularning ratsional parametrlari asoslanadi va tavsiya etishga tanlanadi.
    Ishning tuzilishi va tarkibi. Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa, ishlab chiqarishga tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil topgan. Ish hajmi 60 betdan iborat. 28 ta rasm, 7 ta jadval 50 ta foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, umumiy xulosalar va ilovalardan iborat.

    I- BOB. ADABIYOTLAR SHARHI. TADQIQOT ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI
    1.1-§. Takroriy ekin ekish texnologiyalari, tuproqqa yarusli ishlov berish hamda urug‘ ekish texnologiyalari va texnik vositalar tahlili.
    Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida oziq-ovqat ta’minoti masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Xususan, sayyoramizda ro‘y berayotgan global isish jarayoni tufayli ba’zi xududlarda suv toshqinlari, ba’zi xududlarda esa haddan ziyod suv tanqisligi yuz berayotganligi, turli tabiiy ofatlarning ko‘payishi, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi sohasiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda
    [11; 373-381-b.].
    Mamlakatimizning sug‘oriladigan еrlarida ekib kelinayotgan qishloq xo‘jalik ekinlari asosiy maydonlarini g‘o‘za va kuzgi don ekinlari tashkil qiladi. Joriy yilda 1 mln gektardan ziyod sug‘oriladigan maydonlarda ertaki ekin va kuzgi boshoqli don ekinlari еtishtirildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ertaki ekin va kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekinlarni еtishtirish imkoniyati mavjud.
    Respublikamizda takroriy ekinlarni ekish yoz oyiga, havo haroratining maksimal darajada oshgan vaqtga to‘g‘ri kelishi sababli, urug‘larning unib chiqishi uchun tegishli namlik zaxirasini to‘plash zaruriyati tug‘iladi. Shuning uchun takroriy ekin sifatida don, dukkakli don, moyli va еm-xashak ekinlari urug‘larini ekishdan oldin elaklarda elab, tozalab, bir xilligini ta’minlashga erishiladi. Tuproqda tegishli nam zaxirasini to‘plash maqsadida ang‘iz sug‘oriladi, еr еtilganidan keyin
    22-25 cm chuqurlikda ag‘darilib haydaladi va tuproqda zaxira nam hosil qilishga erishiladi. Tuproqdagi zaxira namni saqlab qolishga erishish uchun tuproq еtilishi bilan dala uzunasiga va ko‘ndalangiga haydaladi, orqasiga borona tirkalgan mola bosilib, tuproqning 8-10 cm yuza qatlamining 4-5 cm dan pastki qismi zichlashtiriladi, natijada tuproqning pastki qismidagi namlik behuda bug‘lanib ketishining oldi olinadi. Molaga tirkalgan borona vositasida esa tuproqning 4-5 cm yuza qatlamida mayin tuproq hosil qilinib, quyosh harorati tuproqning pastki qatlamlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tib ketishining oldi olinadi. Odatda, havo harorati yuqori bo‘lganida tuproqning pastki qatlamlaridagi namlik va unda erigan oziqa elementlari tuproq yuzasiga ko‘tariladi. Haydalgan еrning yuza qatlami zichlashtirilganda, uning pastki qatlamidan ko‘tarilgan namlik tuproqning haydalma qatlamida to‘planib, takroriy ekin sifatida ekilgan ekinlar urug‘larining qiyg‘os unib chiqishini ta’minlaydi. Takroriy ekinlar iyun oyining oxiri va iyul oyining boshlarida ekin turlaridan kelib chiqqan holda keng qatorlab, tor qatorlab yoki sochma usulida ekiladi.
    Takroriy ekinlar turlariga qarab dukkakli don (mosh, loviya, soya, yasmiq, burchoq), don (sholi, tariq, makkajo‘xori, oq jo‘xori, qand jo‘xori, marjumak), moyli (zig‘ir, еryong‘oq, soya, kunjut, kungaboqar), ildiz va tuganak mevali (qand lavlagi, xashaki lavlagi, osh lavlagi, sabzi, turp, sholg‘om, kartoshka va h.k.), еm-xashak (makkajo‘xori, jo‘xori, sudan o‘ti, qo‘noq va h.k.), sabzavot (karam, bodring, qovun, tarvuz, pomidor, patison va h.k.) ekinlarga bo‘linadi [12; 47-71-b.]. Ular takroriy ekin sifatida еtishtirilganda bir yilning o‘zida bir maydondan 2-3 marta hosil olinadi, chorva uchun to‘yimli ozuqa bazasi yaratiladi, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga sharoit yaratilib, toza ekologik muhit vujudga keladi.
    Ang‘izda loviya urug‘lari 15 iyundan 15 iyulgacha qator oralari 60 yoki 70 cm qilib punktirlab ekiladi. Keng qatorlab ekishda qo‘sh qatorlab orasi 20-30 cm, pushtalar orasi 60 yoki 70 cm qilib ekilishi mumkin.
    O‘tkazilgan ko‘plab tajribalar loviya O‘zbekiston sharoitida qator oralari 60 sm ekish me’yori 68-83 kg/ga bo‘lganda hosildorlik eng yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan ekish me’yorini kamaytirish yoki oshirish don hosilining kamayishiga olib kelgan. Masalan, Ravot navini qator oralari 60 cm qilib punktirlab ekilganda 60x10 cm sxemada gektariga 167 ming dona urug‘ yoki 83 kg urug‘ sarflangan bo‘lsa, 60 x 12 cm sxemada ekilganda 68 kg urug‘ ekilgan. Bu nav 60 x 10 sxemada ekilganda o‘rtacha 22 s/ga hosil olingan.
    Qator oralari 60 cm qilib ekishning qulayligi g‘o‘za o‘stirishda qo‘llaniladigan texnikani loviya o‘stirishda bemalol qo‘llash mumkin.
    Loviya urug‘lari 4-5 sm chuqurlikka ekiladi. Tuproq mexanik tarkibi qumoq bo‘lsa ekish chuqurligi 6-8 sm oshiriladi. Urug‘larni juda chuqurga tashlash dala unuvchanligining pasayishiga, ko‘p urug‘larning chirib ketishiga sabab bo‘ladi. Ekish SPCh-6, SPCh-8A, SST-12A seyalkalarida o‘tkaziladi. lavlagi urug‘larini ekadigan SST-12A seyalkasidan foydalanilganda STYa-31000 qo‘shimcha seksiyasi o‘rnatiladi. Urug‘larni ekishda chigit ekadigan STVX-4 yoki SON-2,8 sabzavot seyalkalaridan ham foydalanish mumkin.
    Qator oralarini ishlashga kirishish maysalar unib chiqib, qatorlar hosil bo‘lganda boshlanadi. Qator oralari birinchi kultivatsiyada 6-8 sm, ikkinchi kultivatsiyada 10-14 sm chuqurlikda ishlanadi. Keyingi kultivatsiya har 10-15 kunda o‘tkaziladi, ularning soni ekinzor holatiga qarab belgilanadi.
    Dukkakli don ekinlari urug‘larida lizin, triptofan, metionin, valin, treoninning miqdori ko‘p. Lizin miqdori bo‘yicha dukkakli don ekinlari oqsili hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan oziqalarga yaqin turadi.
    Dukkakli ekinlar tarkibiga kiruvchi oqsilning asosiy qismi havodagi azotni tuganak bakteriyalar yordamida o‘zlashtirishi hisobiga erishiladi. Tajribalarning ko‘rsatishicha 1 ga dukkakli don ekinlari, tu­ganak bakteriyalar yordamida 100-400 kg havodagi azotni o‘zlashtiradi. Masalan, beda 140-300 kg, soya esa 250 kg atmosfera azotini to‘playdi.
    Shuning uchun O‘zbekiston tuproqlarida gumusning, azotning miqdori kamligi tufayli dukkakli don ekinlarining tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati katta. Dukkakli don ekinlaridan keyin tuproqda organik moddalar miqdori ortadi, tuproqning suv-fizik xossalari yaxshilanadi. Ularning ang‘iz qoldiqlari don ekinlarinikiga nisbatan tez parchalanadi
    Dukkakli don ekinlari tuproqni shamol va suv eroziyasidan ham samarali himoya qiladi. Takroriy va ang‘iz ekinlari ekinzor mikroiqlimini, dala fitosanitar holatini, tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarni yaxshilaydi. Bu ekinlar suv va shamol eroziyasining zararli ta’sirini kamaytiradi, tuproqni organik moddalar bilan boyitib, unumdorligini oshiradi [13].
    Kuzgi boshoqli don ekinlardan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekinlarni ekish uchun еr tayyorlash ishlari ekin turlariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Masalan, dukkakli-don va moyli ekinlardan mosh, loviya, soya, don ekinlardan makkajo‘xori, ko‘p o‘rimli jo‘xori, еm-xashak ekinlardan xashaki no‘xat, xantal, raps, perko, javdar, tritikale kabi ekinlarni ekish uchun boshoqli-don ekinlari o‘rib yig‘ib olinib, dala somon qoldiqlaridan tozalangandan so‘ng dalani еngil sug‘orib, еr еtilganidan so‘ng bug‘doypoya qator oralarini kultivator yoki chizel-kultivator yordamida yumshatib, sabzavot seyalkalari yordamida ekish ishlari amalga oshiriladi. Qolgan barcha ekin turlari uchun еr tayyorlashda dalalar еngil sug‘orib olinganidan keyin plug yordamida 20-22 cm chuqurlikda haydaladi va borona qilinadi [13; 49-57-b.].
    Respublikamiz sharoitida ushbu takroriy ekinlarni navlariga qarab 1-5-iyundan 10-iyul oraliqlarida ekish mumkin. Takroriy ekinlarni joylashtirishda dalani suv bilan ta’minlanganlik darajasiga e’tibor qaratish talab etiladi. Suv ta’minoti og‘ir, kuchsiz sho‘rlangan, sizot suvlari еr yuzasiga yaqin joylashgan hududlarda dukkakli don ekinlaridan mosh, loviya, moyli ekinlardan kunjut, zig‘ir, yorma don ekinlaridan tariqni eksa bo‘ladi. Qolgan ekin turlarini imkon boricha suv tanqis bo‘lmagan hududlarda ekish maqsadga muvofiqdir.
    Tuproqqa ishlov berilganda ayrim holatlarda begona o‘tlarni chuqur ko‘mib yo‘qotishda palaxsadagi tarkibi turli xil bo‘lgan qatlamlarning joyini o‘zaro almashtirib, tuproqning unumdorligini oshirishda yarusli ishlov berishdan foydalaniladi. Bunday usulda ayniqsa shudgorlashda keng foydalaniladi. Bu usulda palaxsani yaxlit ko‘rinishda emas, balki bir nechta qatlamlarga bo‘lish, agronom tayinlagan tartibda ularning joylarini almashtirib shudgorlash ishlari bajariladi
    (1-rasm).


    Download 23,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




    Download 23,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand agroinovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

    Download 23,79 Mb.