|
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand agroinovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
|
bet | 5/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori60
|
FOYDA FOYLANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………....................
|
61
|
|
ILOVA…………………………………………………………………
|
67
|
KIRISH
Magistrlik dissertasiyasi mavzusining dolzarbligi. Jahonda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnologiyalarini yaratish hamda mavjud mashinalarni takomillashtirishda energiya va resurstejamkorlik eng muhim masala hisoblanadi. «Dunyo miqyosida turli qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini еtishtirish uchun har yili 1,8 milliard gektardan ortiq maydonga ishlov berilishini» hisobga olsak, ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-resurstejamkor tuproqqa ishlov beradigan mashina va qurilmalarni ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanmoqda [1]. Ushbu yo‘nalishda boshoqli don va ertagi ekinlardan bo‘shagan maydonlarga ishlov berishlar sonini qisqartirib, urug‘ ekish bilan bir vaqtda mineral o‘g‘it soladigan yangi texnik еchimga ega bo‘lgan kombinasiyalashgan qurilmalar konstruksiyalarini yaratish va urug‘ ekish ishlarini resurstejamkorlikni ta’minlagan holda qisqa muddatlarda bajarishda foydalanish muhim vazifadir.
Jahonda qishloq xo‘jaligi ekinlari еtishtiriladigan dalalarni shudgorlash bilan bir vaqtning o‘zida haydov osti qatlamini yumshatib ketadigan pluglarning yangi ilmiy-texnikaviy asoslarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda, jumladan, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan bo‘shagan еrlarni shudgorlash bilan bir vaqtning o‘zida haydov osti qatlamini yumshatadigan, ish sifati va unumi yuqori, energiya-resurstejamkor, texnologik jarayoni takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli pluglarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizda bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekishda vaqt, mehnat va energiya sarfini qisqartirish, resurslarni tejash, yangi ekish texnologiyalari va ish unumi yuqori texnik vositalarni ishlab chiqish, ekiladigan tuproqqa minimal ishlov berish va urug‘larni daladan bir o‘tishda ekish, qisqa vaqt, kam mehnat va energiya resurslarni tejaydigan, bir necha texnologik jarayonlarning bajarilishini ta’minlaydigan kombinatsiyalashgan agregatlarni ishlab chiqish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yangi taraqqiyot strategiyasida, jumladan «qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga еtkazish» [2] vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan energiya va resurslarni tejash uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekishda mavjud pushtalarning ustki qismiga belgilangan chuqurlik va kenglikda tuproqqa yarusli ishlov berib, ishlov berilgan tuproq tubiga mineral o‘g‘itlarni solish, so‘ngra belgilangan chuqurlikga urug‘larni ekish va ekilgan urug‘larni tuproq bilan ko‘mib, zichlab ketishni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqish va maqbul parametrlarini asoslash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi
PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2019 yil 17 iyundagi PQ-5742-son «Qishloq xo‘jaligida еr va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu ilmiy-tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi [3-4].
Yuqorida qo‘yilgan talablarga qishloq xo‘jaligidagi mavjud maydonlardan asosiy ekinlar oralig‘ida ham, intensiv, yil davomida foydalanish imkonini beradigan texnika va texnologiyalarni qo‘llash to‘liq javob beradi.
O‘zbekiston sharoitida oraliq ekinlarini еtishtirish texnologiyalari N.A.Maliskiy, Ye.P.Gorelov, R.O.Oripov, I.Ernazarov va boshqa ko‘plab olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan va samaradorligi isbotlangan [5; 85-90 - b.].
Oraliq ekinlar mavjud maydonlardan yil bo‘yi foydalanish va qo‘shimcha hosil olish imkonini beradi. Hosildan tashqari, oraliq ekinlar begona o‘tlarga qarshi samarali kurashish imkonini beradi, tuproqning fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishi va eroziyaga qarshi kurashishga xizmat qiladi, tuproqdagi organik moddalar miqdorini ko‘payishiga va natijada hosildorlikning oshishiga olib keladi
[6-10]. Bundan tashqari, oraliq ekinlar dala yuzasini qoplaganligi sababli tuproqdagi namning bug‘lanishi kamayadi va sho‘rlanishning oldini olishga xizmat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand agroinovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
|