• 2-rasm. Uch yarusli shudgorlashda qatlamlarning almashinishi
  • -rasm. Ikki yaruslab shudgorlashda qatlamlarning almashinishi




    Download 23,79 Mb.
    bet8/29
    Sana12.12.2023
    Hajmi23,79 Mb.
    #116921
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
    Bog'liq
    Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori

    1-rasm. Ikki yaruslab shudgorlashda qatlamlarning almashinishi
    Yerni yaruslab haydash tuproqning unumdorligini oshiradi, begona o‘tlarni esa kamaytiradi. Natijada paxta hosildorligi 2...3 sentnergacha o‘shishi mutaxassislar tomonidan aniqlangan. Yaruslab shudgorlashda еrdan ajratilib olinadigan tuproq palaxsasini 2 yoki 3 yarus (qatlam)ga bo‘lib, ularning joylarini kerakli tartibda almashtirib ag‘dariladi. Natijada tuproq unumdorligi yaxshilanadi.

    2-rasm. Uch yarusli shudgorlashda qatlamlarning almashinishi
    Yaruslab shudgorlashdagi yuza qatlam ustidagi begona o‘tlarning qoldiqlari to‘liq va chuqur ko‘miladi, keyinchalik ularning ko‘karib chiqishi qiyinlashadi. Bu usulning yana bir afzalligi shundaki, o‘rib olinmagan g‘o‘zapoya va boshqalarning chuqur ko‘milishini ta’minlaydi. Chuqur yarusli shudgorlangan tuproq ostidagi “berch tovon”ni buzib, tuproq unumdorligini oshirish maqsadida, pastki yarusdagi korpus orqasiga chuqurlatkich o‘rnatish mumkin, bu holda uch yarusli shudgorlash bajariladi. Plug korpusi palaxsani ag‘darganda uning A va B qatlamlarining joylari almashib tushadi. Palaxsaning eng pastki C qatlami yumshatilib, o‘z joyida qoldiriladi. Bunday usulni kambinatsiyalab shudgorlash ham deyiladi. Shunday qilib, еrni yaruslab haydash tuproqning unumdorligini oshiradi, begona o‘tlarni esa kamaytiradi. Natijada ekinlar hosildorligi sezilarli darajada o‘shishi mutaxassislar tomonidan aniqlangan [14; 60-67-b]
    Ekishning asosiy maqsadi urug‘lardan yuqori hosil olishni ta’minlaydigan dala bo‘yicha eng maqbul joylashtirish hisoblanadi. Bunda ekishga texnologik jarayon sifatida uchta asosiy talab qo‘yiladi:

    • dalaga belgilangan miqdorda urug‘ ekish;

    • urug‘larni dala yuzasi bo‘yicha bir tekis joylashtirish;

    • urug‘larni belgilangan (bir xil) chuqurlikda ko‘mish.

    Urug‘ ekish texnologik jarayoni asosan ikkita texnologik operatsiyadan: ta’minlash sig‘imi (yashik, banka) dagi urug‘larni ekkichlarga bir me’yorda uzatish va egat ochib, unga urug‘larni bir xil chuqurlikda ko‘mishdan iborat bo‘ladi. Bu texnologik jarayonlarni bajarishda seyalkalar, ekish mashinalari va kombinasiyalashgan ekish qurilmalariga quyidagi agrotexnik talablar qo‘yiladi:
    - ekiladigan urug‘lar har bir gektar maydonga belgilangan me’yorda ekilishini ta’minlab, dala bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi hamda bir xil chuqurlikda ko‘milishi lozim;
    - ekilgan urug‘lar miqdori me’yorda belgilanganidan ko‘pi bilan 3% gacha farq qilishi mumkin;
    - seyalkadagi ekish apparatlar urug‘larni bir xil mikdorda ekishi, urug‘ mikdorining o‘rtacha farqi donli ekinlar uchun 3 %, dukkakli don ekinlar uchun 4 % gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi;
    - urug‘larni ekilish chuqurligi topshiriqda belgilanganidan ±15 % dan ortiq farq qilmasligi hamda ekish mashinalarining dala chetlaridan burilish joylariga ham urug‘ ekilishi lozim;
    - dalada ekilmay qolgan urug‘lar (uyalar) soni ekilgan urug‘lar umumiy mikdorining 2% dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
    - donalab aniq ekilgan urug‘lar bir-biridan bir xil masofada ekilishi va bunday ekilgan urug‘lar barcha ekilgan urug‘larning kamida 80 % ni tashkil qilishi lozim.
    - qator oralarining kengligidagi farqi asosiy qator oralar uchun ±1 cm, yonma-yon ishlovchi seyalkalarning chetki soshniklari hosil qilgan qator oralar uchun ±2 cm, borib qaytishda hosil bo‘lgan (yondosh) qator oralari uchun esa ±5 cm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
    Takroriy ekinlarni ekishda ham yuqoridagi agrotexnik talablarni asos qilib olish mumkin.
    Oxirgi yillarda AQSh, Kanada, Fransiya, Rossiya mamlakatlarida tuproqqa ishlov berish qurilmalarida disksimon ishchi organlardan keng foydalanilmoqda
    [43-45]. Bunga asosiy sabab tuproqqa asosiy ishlov berishdan nol va yo‘l-yo‘l ishlov berish texnologiyalariga bosqichma-bosqich o‘tilishidir.
    Olimlarning ta’kidlashicha disksimon ishchi organlarning afzalligi ularning boshqa ishchi organlarga nisbatan tortish qarshili va o‘simlik qoldiqlari bilan tiqilib qolishining kamligidir. Ayrim olimlar disksimon ishchi organlar orasidagi masofani qisqartirishni taklif qilishmoqda, chunki masofa qisqartirilishi tuproqqa sifatli ishlov berish imkonini beradi va ishlov berish chuqurligi maydon bo‘ylab bir xil bo‘lishini ta’minlaydi. Ammo tuproq namligi yuqori bo‘lgan maydonlarda esa disklar orasidagi masofaning qisqartirilishi nam tuproqning tiqilib qolishiga olib keladi [46, 48].
    Oxirgi yillarda tuproqni ekishga tayyorlashda kombinatsiyalashgan ishchi organlarni diskli pichoqlar bilan birgalikda qo‘llanilishi ko‘proq uchrayapdi [49-50].
    Kombinatsiyalashgan o‘qyoysimon panja va diskli ishchi organlarni birgalikda ishlatishni ikkita texnologik sxemaga bo‘lish mumkin.
    Mutloq ishlov berilmagan ang‘izga donli ekin urug‘ini qatorlab ekish uchun ishlatiladigan selyaka – kultivator texnologik sxemasi 3-rasmda ko‘rsatilgan. G‘altaksimon miqdorlagich 2 ajratgan urug‘ o‘q – yoysimon tishsimon ekkich 4 yumshatgan joyga tushib, 4 - 8 cm chuqurlikda ko‘miladi. Ekkichni ramaga ulaydigan quvur urug‘ o‘tkazgich vazifasini bajaradi. Urug‘ ustiga to‘shalgan tuproqni zichlab qo‘yish uchun g‘ildirakcha 5 xizmat qiladi. Qatorlar oralig‘i 22 cm, qator kengligi 10 cm. Ekkich ramaga nisbatan orqa tomonga barmoq atrofida buriladigan etib o‘rnatiladi. Katta to‘siq uchratgan ekkich prujina larni siqib orqa tomoniga burilib ko‘tariladi. To‘siqdan o‘tgan ekkich prujinalar ta’sirida dastlabki ishchi holatiga qaytariladi. Ang‘iz tuprog‘i qattiqligi o‘zgaruvchan bo‘lgan joylarda prujinalar birmuncha siqilib, ekkich dirillab yuradigan bo‘ladi. Dirillash hisobiga ekkichga yopishgan tuproq tushib ketadi hamda ekkichning zich tuproqqa betishi engillashadi (3-rasm).

    1-bunker; 2-urug‘ meyorlagich; 3-urug‘ o‘tkazgich; 4-lapa.

    Download 23,79 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




    Download 23,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ikki yaruslab shudgorlashda qatlamlarning almashinishi

    Download 23,79 Mb.