|
-rasm. Huard firmasining ishchi organlari
|
bet | 11/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori7-rasm. Huard firmasining ishchi organlari
Yuqorida keltirilgan ishchi organlar tuproqq yuza va chuqur ishlov berish uchun foydalaniladi.
Zыkin Ye.S. tomonidan ishlov beruvchi ug‘itlovchi ishchi organ loyixalangan (8-rasm). Ishchi organ tutqich 1, panja 2, urug‘ yoki o‘g‘it trubkasi 3, plastina 4, urug‘ yoki o‘g‘it o‘tkazgich 5 lardan tashkil topgan. Bunday konstruksiyali ishchi organ urug‘ yoki o‘g‘it o‘tkazgichni tuproq bilan to‘lib qolishni oldini oladi
[18; 23-35-b.].
8-rasm. Universal ekgich-yumshatkich
Borisenko P.I. tomonidan universal panjaning yangi konstruksiyasi taklif qilingan (9-rasm). Unda universal panjaning ustki tomonida qo‘shimcha plastinka mahkamlangan. Bunday konstruksiya tuproq donadorligini yanada oshiradi
[19; 20-b.].
9-rasm. Universal panjaning yangi konstruksiyasi
Xozirgi kunda Kverneland firmasi tomonidan ishchi organlarning har xil turlari ishlab chiqariladi (10-rasm) [20; 30-b.].
Padalsin K.D. yumshatkichning s-shaklli tutqichni takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borgan. Bunday tutkichli yumshatkichlar tuproqni sifatli maydalaydi, o‘simlik qoldiqlarining tiqilib qolishini oldini oladi, ammo tannarxi qimmat, toshli tuproqlarda deformatsiyalanishi natijasida tez sinadi. Bunday konstruksiyali ishchi organlar ishchi organda begona o‘tlar va tuproqning tiqilib qolishini oldi olinadi va tuproqni yaxshi maydalaydi.
-
a-to‘g‘ri tutqichli yumshatkich; b-tutqichi prujinali yumshatkich;
v-ressorli-prujinali yumshatkich; g- yassi prujinali yumshatkich.
|
| |