|
-rasm. Kverneland firmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yumshatkichlar
|
bet | 12/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori10-rasm. Kverneland firmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yumshatkichlar
Tuproqqa ta’sir etishi bo‘yicha yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan qurilmalarni еngil, o‘rta va og‘ir turlariga bo‘lish mumkin.
Yengil turdagi qurilmalar boshqalardan ramada chuqur ishlov beruvchi ishchi organlarning mavjud emasligi bilan farq qilib, ular tuproqqa 0,15 m gacha ishlov bera oladi. O‘rta sinfdagi qurilmalar keng tarqalgan bo‘lib, ular tuproqqa 0,25 m gacha ishlov berish imkonini beradi va o‘zining konstruksiyasida yumshatkichlarning mavjudligi bilan jixozlanadi.
11-rasm. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan qurilmalarni ekish texnologiyasi bo‘yicha sinflanishi
Yuqorida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan qurilmalarning keng qo‘llanila boshlanganligi sababli dunyoning eng yirik kompaniyalari ushbu texnologiyani amalga oshirishga mo‘ljallangan qurilmalarning turli konstruksiyalarini taklif etishmoqda. Ushbu qurilmalarga bo‘lgan talab yil sayin ortib boradi. Demak, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar dolzarb bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini dunyo talablari asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tuproqqa ag‘darmasdan qatorlab ishlov berish ilk bor Amerika, Germaniya, Kanada, Argentina va Avstraliyada qo‘llanilgan. Xozirgi kunda Rossiya, Kozog‘iston va Osiyo mamlakatlarida ham keng foydalanib kelinmoqda. [21; 82-84-b.].
Strip-till ya’ni yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan texnologiyasining afzalligi:
1. Barcha turdagi eroziyalarni oldini oladi, tuproq unumdorligini saqlab qolinadi;
2. Yonilg‘i moylash materiallari sarfini 30%ga, mineral va organik o‘g‘itlarni 30-40% iqtisod qilish imkonini beradi va bu texnologiyani uch yil foydalanish oqibatida xosildorlikni 15-20% oshirish imkonini beradi.
3. Mineral o‘gitlarni ishlov berish va ekish jarayonida berilishi o‘simlikning aynan o‘suv davrida ildiz tizimini yaxshi rivojlanishiga olib keladi.
4. Bir nesta texnologik operatsiyalarni bajarish imkonini beradi va eng asosiysi ekish jarayonini ham bajarish imkonini beradi [22; 70-74-b.].
Germaniyada ushbu texnologiyani qo‘llab makkajuxori, raps, shakar lavlagi, xantal ekinlari еtishtirilib kelinmoqda.
Dunyoda tuproqqa minimal va tor qatorlab ishlov beradigan qurollarni Krause (GLADIATOR), Orthman, Sunflower (seriya 7600), Wil-Rich (seriya 357), Schlagel (Till-N-Plant), HORSCH (FocusTD), AMAZONE (XTill), KUHN (STRINGER), JOHN DEERE (2510), Gaspardo (ZebraStripTiller), YETTER (MAVERIK), Slyfrance (Stripcat), Remlinger (PST), BIGHAM BROTHERS (StripTill), DAWN (Pluribus), Unverferth (Ripper-Stripper) firmalari ishlab chiqaradi va foydalanib kelinmoqda. Rossiyada bunday texnikalarni ishlab chiqarish bilan «Agroximmash» korxonasi shug‘ullanadi [23; 60-b.].
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi vaqtda takroriy ekinlar urug‘ini ekishda qo‘llanilib kelinayotgan mavjud texnologiyalarda urug‘larni ekishgacha boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlar sug‘oriladi va tuproq еtilishi bilan 20-25 cm chuqurlikda haydaladi, chizellanadi, borona qilinadi, mola bosilib еr ekishga tayyorlanadi. Ekishga tayyorlangan еrga belgilangan o‘simlik urug‘lari ekish mashinalarida ekiladi. Ushbu agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun ko‘p miqdorda yonilg‘i moylash materiallari, bir necha turdagi qishloq xo‘jalik mashinalari, ularni bajarish uchun vaqt va mehnat talab qiladi. Ushbu muammolarni еchish uchun rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o‘rganish maqsadga muvofiq.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, respublikamizda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekishda ham asosiy ekinlarni ekishda qo‘llaniladigan an’anaviy texnologiya(shudgorlash, boronalash, molalash, ekish)lardan va texnik vositalardan foydalaniladi. Yozda, kunning issiq vaqtida havo harorati 40ºS dan yuqori bo‘lganda еrlarni shudgorlash tuproqdagi mavjud namlikni tezda bug‘lanib ketishiga, kesaklarning tez qurishi esa ularni maydalashni qiyinlashishiga olib keladi.
Bundan tashqari har bir jarayonni bajarish alohida qurilma, ishchi kuchi, vaqt talab qiladi. Natijada takroriy ekinlarni ekish muddatlari cho‘zilib ketadi, kuzga borib hosilning pishishi kechikadi, hosildorlik pasayadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib va ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda yoz vaqtida takroriy ekinlarni ekishda tuproqdagi namni saqlash, ekishni qisqa muddatlarda, kam energiya va resurslarni tejagan holda amalga oshirish imkonini beradigan texnologiya va texnik vositalarni yaratish muhim ahamiyatga ega [24; 13-18-b.].
Tuproqka ishlov beruvchi agregatlarning ishchi organlarini o‘zaro joylashish sxemasini asoslash bo‘yicha A.I.Lyubimov, N.K.Mazitov, R.S.Raximov, A.P.Gribanovskiy, I.M.Panov, Yu.V.Polishuk, P.N.Burchenko va boshqalar izlanishlar olib borishgan [25-29].
Konstruktiv sxemasi xar bo‘lgan tuproqqa ishlov beruvchi qurilmalarni qiyoslash va ratsional parametrlarini aniqlash uchun eng avvalo ishlov berish chuqurligining bir xil bo‘lishini ta’minlashga e’tibor berish lozim.
Agregatlarning ishlov berish chuqurligini ta’minlash maqsadida ularning orqa tomonida zichlovchi katokni o‘rnatishni tavsiya qilishgan.
Donli ekinlar bo‘shagan maydonlarda tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan qurilmalarining konstruktiv sxemasi va ishchi organlar parametrlarini asoslash bo‘yicha tadqiqotlar yеtarli darajada olib borilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan qurilmalarining ishchi organlari parametrlarini asoslash ularning o‘zaro joylashishini tadqiq etish ustida izlanishlarni davom ettirish lozim.
1.2-§. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari
Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqqan holda mazkur ish bo‘yicha Tadqiqotning maqsadi:
- Donli ekinlar bo‘shagan maydonlarda yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan qurilmaning konstruktiv sxemasini yasash va loyihalashdan iborat.
|
| |