|
-rasm. Pnеvmatik sеlka tеxnologik ish jarayoning sxеmasi
|
bet | 10/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori5-rasm. Pnеvmatik sеlka tеxnologik ish jarayoning sxеmasi
Bunday seyalkalar universal hisoblanib, ular yordamida barcha don ekinlari, sabzavot, sorgo urug‘lari ekilishi, granulalangan o‘g‘it, zaharli kimyoviy moddalarni ham еrga solish mumkin
Kombinatsiyalashgan o‘qyoysimon panja va diskli ishchi organlarni birgalikda ishlatishni ikkita texnologik sxemaga bo‘lish mumkin: old va orqa tomonga diskli ishchi organlarni joylashtirish. Diskli ishchi organlarni old tomonga joylashtirib ishlatish tuproq yuzasining qattiqligi 2 MPa bo‘lgan joylarda foydalanish tavsiya etiladi [15; 65-84-b.].
6-rasmda Rossiyada ishlab chiqariladigan hamda iskanasimon yumshatkichlar yoki o‘qyoysimon tishlar bilan jihozlangan PCh-4,5 chizelli plug-chuqur yumshatkich tasvirlangan. U tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berish va shudgorlab qo‘yilgan dalalarni chuqur yumshatish uchun mo‘ljallangan
[16; 1-5-b.].
a-iskanali; b-o‘qyoysimon panjali.
1- tutqich; 2- yo‘naltirgich; 3- iskana; 4-o‘qyoysimon panja.
6-rasm. PCh-4,5 chizelli plug-chuqur yumshatkich
PCh-4,5 plug-chuqur yumshatkich tutqich 1, yo‘naltirgich 2, eni 60 mm bo‘lgan iskana 3 yoki eni 270 mm bo‘lgan o‘qyoysimon panja 4 dan iborat. Iskana yumshatkichning tutqichiga shplintli o‘q bilan, o‘qyoysimon panja esa boltlar bilan biriktiriladi.
Iskanasimon yumshatkichlar 45 cm chuqurlikkacha lemexli pluglar bilan shudgorlashdan so‘ng hosil bo‘lgan zichlangan tovonni yumshatish uchun qo‘llaniladi, bu esa yomg‘ir va erigan qor suvlarini yaxshi aeratsiya va infiltratsiyasini ta’minlaydi. O‘qyoysimon panjalar 30 cm chuqurlikkacha begona o‘tlarni kesish bilan birga og‘ir tuproqlarni yumshatish uchun mo‘ljallangan.
Huard firmasi tuproqqa ishlov berishda eni 35, 45, 60 mm bo‘lgan yumshatkichlar va eni 250 mm dan ikki xil (7-rasm) o‘qyoysimon tishlar hamda pichoqlardan foydalanadi [17; 1-4-b.].
1-aylanma yumshatkich tish; 2-3- o‘qyoysimon tishlar; 4-pichoq.
|
| |