-§. Eksperimental tadqiqotlar dasturi




Download 23,79 Mb.
bet14/29
Sana12.12.2023
Hajmi23,79 Mb.
#116921
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori

2.1-§. Eksperimental tadqiqotlar dasturi
Ishchi organlar va ishchi seksiyaning laboratoriya sinovlarini o‘tkazishdan maqsad tanlangan turdagi ishchi organlarning belgilangan texnologik jarayonni bajara olishini aniqlash bo‘ldi. Parametrlarni optimallashtirish, tortish qarshiligi va yurish ravonligini ta’minlash va boshqa masalalar keyingi tadqiqotlar vazifalari sanaladi.
Dastlabki funksional tadqiqotlarni o‘tkazish uchun har bir qurilmadan bittadan ishchi seksiya yasaldi. Bu ishchi seksiyada har bir ishchi organ alohida va ularning birgalikda ishlashi tekshirildi.
Eksperimental tadqiqotlar Agroinjeneriya fakultetining o‘quv pavilonidagi maxsus tuproq kanalida o‘tkazildi.
Tajribalarni o‘tkazishda ishchi organlar va seksiyalar maxsus telejkada
1,1 m/s tezliklarda ishlatildi.
Eksperimental tadqiqotda agregatning xar bir ishchi organlarini alohida yurgizilib o‘tkazildi va texnologik jarayonning kechishi kuzatildi hamda asosiy ish ko‘rsatkichlari aniqlandi.
Agregatning birinchi ishchi organi maydalagich pushta ustidan harakatlanganda baraban va uning yuzasidagi pichoqlar (plankalar) ta’sirida poya dala yuzasiga yotqizib ketish uchun xizmat qiladi. Pichoqlar ta’sirida poya bir nechta bo‘laklarga sindiriladi. Shuning uchun maydalagich ta’siri natijasida somonlarning maydalanishi va ishlov berilgandan so‘ng yuza profili aniqlandi [30]. Yuza profili agegat o‘tishdan oldin va o‘tgandan keyin juyak uzunligi bo‘yicha 5 ta joydan olindi.
Eksperimental tadqiqotlarda iskanasimon yumshatkichning tuproqqa ishlov berish chuqurligi hamda agregat harakat tezligini tuproqning uvalanish sifatiga ta’siri o‘rganildi.
Tuproqning uvalanish sifati va ishlov berish chuqurligi
TSt 63.04:2001 “Испытания селскохозяйственной техники. Машины и орудия для поверхностной обработки почвы. Программа и методы испытаний” bo‘yicha aniqlandi [31-33]. Bunda pushtalarga ishlov berish chuqurligi ko‘ndalang kesimining yuzi 1 cm2 (1x1 cm) bo‘lgan chizg‘ichni ishlov berilgan qatlami tubigacha botirish yo‘li bilan aniqlandi. O‘lchashlar 25 ta takrorlashda o‘tkazildi.

Download 23,79 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Download 23,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Eksperimental tadqiqotlar dasturi

Download 23,79 Mb.