|
-§. O‘qyoysimon panjali ishchi organning tuzilishi va ishlash prinsipi
|
bet | 17/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori2.3-§. O‘qyoysimon panjali ishchi organning tuzilishi va ishlash prinsipi
Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekish qurilmasi (2.4-rasm) rama 1, ramaga o‘rnatilgan urug‘ yashigi 2, ekish apparati 3, ekilgan urug‘larni ustidagi tuproqni zichlovchi katok 4, ikki yarusli o‘qyoysimon panja 5 ning orqa tomoniga o‘rnatilgan urug‘ o‘tkazgich 6, tayanch g‘ildirakka baraban ko‘rinishidagi diskli pichoq 8 va kesuvchi element 9 lardan tashkil topgan.
1-rama; 2-urug‘bunkeri; 3-o‘g‘it bunkeri; 4-urug‘ va o‘g‘it meyorlagich; 5-urug‘;
6-o‘g‘it; 7-zichlovchi g‘altak; 8-iskanasimon chuqur yumshatgich; 9-iskana lapa;
10-zichlovchi g‘altak; 11-tayanch g‘ildirak; 12-pichoq.
2.4-rasm. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan qurilmaning yon tomondan ko‘rinishi
Baraban 7 pushta ustidagi g‘alla poyalarini harakat yo‘nalishiga egishi natijasida tuproq yuzasiga siqadi. Kesuvchi elemen 9 barabanning yuza qismiga ma’lum burchak ostida joylashtirilgan bo‘lib, g‘alla poyalarini va somon qoldiqlarini dala yuzasiga siqib poyalarni sindiradi.
2.5-rasm. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan qurilmaning qurilmasining ikki yarusli ishchi organining tuproqni deformatsiyalash zonasi.
Baraban orqasida joylashtirilgan ikki yarusli o‘qyoysimon panja 5 tuproqni qatlamlar bo‘yicha maydalab ishlov beradi. Bunda pastki yarusdagi panja CD kenglikda tuproqqa ta’siri natijasida tuproq yon tomonlarga BC va ED chiziqlar bo‘ylab yoriladi. Natijada diskli pichoqlar va o‘qyoysimon panja 5 ta’sirida pushta tepa qismida ABCDEF shakldagi maydon tuprog‘i yumshatiladi va maydalangan holatga keltiriladi. Tuproqning yon tomonlarga surilib pushtadan tushib ketishiga ikki tomonda joylashgan diskli pichoqlar qarshilik ko‘rsatadi. Yumshatilgan joyga o‘g‘it yashigi 3 dan me’yorlagich va o‘g‘it o‘tkazgichlar orqali o‘g‘it solish imkoniyati ham mavjud. Yuqorida joylashgan o‘qyoysimon panja urug‘lar ekiladigan chuqurlikkacha bo‘lgan tuproqqa ishlov beradi va urug‘ ekishda talab qilinadigan donodor tuproq qatlamini hosil qiladi. Bu ishlov berilgan polosa (tasma) ga urug‘ yashigi 2 dan ekish apparati 3 va urug‘ o‘tkazgich 6 orqali urug‘lar ekib ketiladi.
|
| |