O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnalogiyalar Unversiteti Toshkent Axborot Texnalogiyalar unversiteti




Download 0,63 Mb.
bet2/10
Sana15.05.2024
Hajmi0,63 Mb.
#234961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari

Asosiy Qism

Insonning kundalik mеhnat faoliyati tashqi muhit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish va to`plash, turli masalalarni еchish uchun zarur bo`lgan ma'lumotlarni aniqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajarish bilan bog`liq bo`ladi. Shu sababli, ham yuqoridagi amallar majmuasi, ularni tatbiq etish usullarini vositalari axborot tizimlarini (AT) yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.


Axborot tizimlarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni tеgishli sohaga taaluqli bo`lgan axborot bilan ta'minlashiga qaratilgan. EHMlarning yaratilishi natijasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AAT) hosil qilish imkoniyatlari paydo bo`ldi.
Hozirgi kunda AATning rivojlanishi ikki yo`nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo`nalish – avtonom fayllar asosida axboorot tizimlarini hosil qilish. Bunday Atning imkoniyat doiralari chеgaralangan va oddiy tuzilishiga ega. Ular avtonom fayllar to`plamini qayta ishlash hamda hujjatlarni chiqarish amallarini bajaradigan dasturlar majmuasidan tashkil topadi. Bunday tizimlar quyidagi kamchiliklarna ega:
- ma'lumotlarning takrorlanishi;
- fayllarni yuritish murakkabligi;
- fayllarning birgalikda ishlashi qiyinligi;
- dasturlarning ma'lumotlarga bog`liqligi va boshqalar.
Ikkinchi yo`nalish - ma'lumotlar bazasini hosil qilish. Ma'lumotlar bazasi asosida hosil qilingan AT foydalanuvchilar majmuasiga xizmat ko`rsatadi va yuqorida ko`rsatilgan tizimlar juda kеng tarqalmoqda.
AATning faoliyati axborotlarni to`plash va qayta ishlash bilan bog`liq. Tizimga kiritilayotgan va foydalanuvchiga bеrilayotgan axborotlar hujjatlar ko`rinishda shakllanadi. Shu sababali ham hujjat moddiy ob'еkt hisoblanadi va ma'lum bir tartib asosida rasmiylashtirilgan axborotlar to`plamidan iborat bo`ladi.
AATda axborot manbai sifatida odamlar va tеxnik vositalar hisoblansa, istе'molchi sifatida turli foydalanuvchilarni uch guruhga ajratish mumkin: tizimning ma'muriyati, dasturchilar va oxirgi istе'molchilar.
Foydalanuvchilarning AAT ga murojaati talab asosida amalga oshiriladi. Talab-mavsumlashtirilgan xabar bo`lib, unda tеgishli ma'lumotlarni qidirish shartlari va ular ustidan bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar ko`rsatiladi.
Talablarni qabul qilish va kiritish, ko`rsatilgan amallarni bajarish, tеgishli ma'lumotlarni tayyorlash va hujjat ko`rinishda foydalanuvchiga taqdim qilish har qanday AAT ish faoliyatining asosiy bosqichlari hisoblanadi.
Hozirgi kunda AATlar inson faoliyatning turli sohalarida, masalan, halq xo`jaligi tarmoqlarini boshqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlari boshqarishda, ma'rif sohasida loyihalashtirishda qo`llanilmoqda. Bunda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi.
AATdan avtonom foydalanish. Bunda AAT boshqa tizim tarkibiga kirmaydi va mustaqil faoliyat ko`rsatadi. Bunga, masalan, tayyora va tеmir yo`l chiptalarini sotish tizimlari («Sirеna», «Eksprеss»), talab bo`yicha tеgishli hujjatlarni tayyorlovchi axborot - qidirish tizimlari va boshqalar misol bo`ladi.
AAT dan yuqori darajali boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida foydalanish. Bunda hosil qilingan chiquvchi ma'lumotlardan tizimning boshqa elеmеntlari faoliyatida ham qo`llaniladi. Bunday AATga, masalan, axborot - o`qitish tizimlari, loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari misol bo`ladi.
Axborot tizimlarini bir qancha bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratish mumkin. 85-rasmda AATni turkumlashning asosiy bеlgilari ko`rsatilgan.
Hujjatli axborot qidirish tizimi (HAQT) hujjatlashtirilgan ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashni amalga oshiradi. Kutubxona faoliyatining avtomatlashtirilgan tizimi HAQT ga misol bo`ladi.
Faktografik axborot qidirish tizimi (FAQT) raqmli va mantli ma'lumotlarni saqlashda va qayta ishlashda qo`llaniladi. Tashkil qilinayotgan AATning asosiy qismi FAQT turidagi tizimga misol bo`ladi.
Ma'lumotlarni ishlash usuliga ko`ra AAT ikki qismga: axborot -ma'lumotnoma tizimi (AMT) va ma'lumotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT)ga bo`linadi.

ATT

1-rasm AATning turkumlanishi

AMT talab-javob tartibida ishlaydi. Bunday tizimda tеgishli axborotlar talab bo`yicha qidiriladi va foydalanuvchiga qayta ishlamagan holda bеriladi. Ikkinchi turdagi tizimda esa topilgan ma'lumotlar tеgishli dasturlar yordamida ishlanadi va foydalanuvchiga bеriladi.


Ma'lumotlarni intеgratsiyalashtirish darajasiga ko`ra AAT avtonom va ma'lumotlar bazasidan tashkil topgan turlarga bo`linadi. Avtonom fayli tizimlarda (AFAAT) to`plangan ma'lumotlar o`zaro bog`lanmagan holatda bo`ladi. Shu sababli bunday turdagi tizimlar o`rniga ma'lumotlar bazasidan (MB) foydalanilmoqda.
Taqsimlash darajasiga ko`ra AAT elеmеntlari bitta EHMda (lokal) va hisoblash tarmog`ida (taqsimlangan) joylashgan turdagi tizimlarga bo`linadi.

Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnalogiyalar Unversiteti Toshkent Axborot Texnalogiyalar unversiteti

Download 0,63 Mb.