• Marshrutlash protokollari.
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar




    Download 484,32 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana26.11.2023
    Hajmi484,32 Kb.
    #105632
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word

    5. Asosiy protokollar. 
    Tarmoq sathida 2 xil protokol ishlaydi: 


    1. Tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarni harakatini yo’lga qo’yadi. 
    2. Marshrutlash protokollari – marshrutizator tarmoqlararo bog’lanishlar 
    topologiyasi to’g’risida axborot to’playdi. 
    Tarmoq protokoli vazifalariga quyidagilar kiradi: 
    - Murakkab tarmoqlarning qurilmalari o’rtasidagi paketlar uzatilishi; 
    - Biron bir me’zon asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil marshrutni 
    aniqlash; 
    - Kanal pog’onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqiyosida). 
    Tarmoq protokollariga IPv4 va IPv6 protokollari kiradi. 
    Marshrutlash protokollari. TCP/IP protokollari stekining yo’nalish 
    axborotlari bilan almshishning hamma protokollari adaptiv protokollar sinfiga 
    kiradi. Ular o’z navbatida ikki guruhga bo’lingan, ularning har biri quyidagi 
    algoritmlar turi bilan bog’langan: 
    - Masofa-vektor algoritmi (Distance Vector Algorithms, DVA); 
    - Aloqa holati algoritmi (Link State Algorithms, LSA). 
    Masofa-vektor algoritmida eng ko’p qo’llaniladigan protokol – bu RIP. 
    Aloqa holati algoritmi protokoli bu – OSPF. 
    Tarmoq sathi protokollari: 
     IP (Internet Protocol) asosiy protokol – murakkab tarmoqlarda uzellar orasida 
    paketlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlab beradi (RFC 791); 
     Marshrutlash protokollari – marshrutizatorlarning o’zaro tarmoq 
    konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni almashinishi va marshrutlash 
    jadvalini tuzish uchun mo’ljallangan. Marshrutlash protokollariga misollar: 
    BGP (RFC 4271), OSPF (RFC 2328), RIP (RFC 1058); 
     IGMP (Internet Group Management Protocol) guruhini boshqarish protokoli 
    –IP-protokoliga asoslangan tarmoqlarda ma’lumotlarni guruhli (multicast) 
    uzatishni boshqarish uchun mo’ljallangan. IGMP ma’lumotlarni bir vaqtning 
    o’zida tarmoqning bir nechta tugunlariga uzatish uchun foydalaniladi, 
    masalan, tele va radioeshittirishni tashkillashtirish uchun (RFC 3376). 
     Tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet Control 
    Message Protocol) tarmoqda yordamchi vazifani o’ynaydi va u IP protokolni 
    to’ldirishga xizmat qiladi. U paketni uzatishda yuzaga keladigan 
    muammolarni to’g’rilash uchun mo’ljallanmagan: agar paket yo’qolsa, ICMP 
    uni qayta jo’nata olmaydi. ICMP protokolining vazifasi boshqacha bo’lib, u 


    foydalanuvchiga uning paketi bilan yuz bergan nostandart holatlarda xabar 
    berish vositasi hisoblanadi. Bu vaqtda IP protokol paketni uzatadi va u haqida 
    unutadi. ICMP protokol esa tarmoq bo’yicha paket harakatini «kuzatadi» va, 
    agar marshrutizator tomonidan paket tashlab yuborilsa, bu xabar manba-
    bog’lamaga yetkaziladi. Bu orqali jo’natilgan paket va jo’natuvchi o’rtasida 
    teskari aloqa o’rnatiladi. 
    Hozirgi vaqtda tarmoqlararo birgalikda harakatlanishni amalga oshiruvchi 
    eng keng tarqalgan protokol IP protokolining 4-versiyasi (IPv4) hisoblanadi. IP-
    protikolining 6-versiyasi (IPv6) bosqichma-bosqicha joriy etilmoqda. 
    Transport pog’onasining asosiy protokollari: 
     TCP (Transmission Control Protocol) ulanishni boshqarish protokoli – amaliy 
    jarayonlar o’rtasida xabarlarni ishonchli uzatishni ta’minlab beradi. Ishonchli 
    yetkazib berishni amalga oshirish uchun mantiqiy bog’lanish, uzatilayotgan 
    ma’lumotlarning to’liqligini nazorat qilish, ma’lumotlarni yetkazib berishni 
    nazorat qilish va uzatilayotgan axborot oqimlarini boshqarishdan foydalanadi; 
     UDP (User Datagram Protocol) foydalanuvchi diagrammalari protokoli – 
    ma’lumotlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlaydi, tarmoq pog’onasi 
    va amaliy jarayonlar o’rtasida aloqa vazifasini bajaradi. 
    Amaliy pog’ona protokollari: masofadagi tizimlar o’rtasida fayllarni uzatish 
    protokoli (FTP), masofadagi terminalni emulyasiyalash protokoli (Telnet), elektron 
    pochta protokoli, nomlarga ruxsat etish protokoli (DNS), gipermatnni uzatish 
    protokoli (HTTP), IMAP, POP3, SNMP, SMTP, SSH, LDAP. Amaliy dasturlar 
    pog’onasidagi protokollar foydalanuvchining kompyuterlarida joylashadi. 

    Download 484,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 484,32 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar

    Download 484,32 Kb.
    Pdf ko'rish