• Asosiy
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti sirtqi bo‘lim Telekommunikatsiyalar yo‘nalishi




    Download 144,77 Kb.
    bet3/3
    Sana10.01.2024
    Hajmi144,77 Kb.
    #133964
    1   2   3
    Bog'liq
    0130 guruh talabasi Buxarbayeva Dinara

    1.2. O‘tkinchi jarayonlarning kelib chiqish sabablar va ularning oqibatlari

    Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarni hosil bo‘lishiga asosiysababqisqa tutashuv hisoblanadi. O‘tkinchi jarayonlar asosan quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin: elektr qurilmalar izolyatsiyasining tashqi mexanik ta’srlardan avariyai yoki bozilishi, izolyatsiyasini eskirishi; himoyalovchi materiallar izolyatsiyasini eskirishi; o‘ta kuchlanishlar; elektr qurilmalarini reja bo‘yicha o‘z vaqtida tekshirib turilmasligi va h.k.


    Elektr tizimida hosil bo‘ladigan qisqa tutashuvlar, o‘ta yuklanishlar, uzilishlarning umumiy soninining 44,5 % qismi havo va kabel elektr uzatish liniyalari va 55,5 % qismi elektr stansiyalari va podstansiyalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Elektr iste’molchilarini elektrenergiyasibilan uzluksiz ta’minlash zarurligini ko‘zda tutib, elektr energetika sohasi mutaxassislari oldiga quyidagi talablarni bajarish vazifasi quyiladi:
    1. Elektr qurilmalarni ishlatishning meyoriy qoidalariga rioya qilish.
    2. Elektr qurilmalarning ishonchli va sifatli ishlashini ta’minlovchi apparatlar, yuqori sifatli elektr himoya qurilmalarini konstruktiv tuzilishlariga e’tibor berish va ularning meyor talablariga javob berishini nazorat qilish.
    Kuchlanishning keskin kamayishi asosan qisqa tutashuv nuqtasida va tarmoqning boshqa nuqtalariga ham sezilarli bo‘lib, u avtomatik qo‘zg‘atishni rostlash qurilmasini tez ta’siriga ko‘ra tezda normal holatiga tiklanadi.
    Qisqa tutashuv toki generatorning nominal tokidan kambo‘lsa ham avariya hosil bo‘lgan shoxobchada nominal tokning qiymatidan ortib ketishi kuzatiladi. SHu sababli qisqa tutashuv toklarni oqishi natijasida tok o‘tkazuvchi qismlarni qo‘shimcha qizishiga olib keladi. Bundan tashqari issiqlik ta’sirida qisqa tutashuv toklari o‘tkazgichlar orasida katta mexanik kuchlar hosil qiladi. Bu kuchlar o‘tkazgichlarni qancha mustahkam o‘rnatilishiga qaramay ularni buzilishiga sabab bo‘ladi. Kuchlanishning kamayishi natijasida simmetrik holat buziladi, bo‘ylama nosimmetriya hosil bo‘ladi va iste’molchilarni ish holatiga katta ta’sir ko‘rsatiladi. Kuchlanish 30-40 % ni foizgacha kamayishi natijasida sanoat korxonalardagi elektr motorlarning ish holatlari buzilib va ma’lum vaqt to‘xtab qolishi kuzatilib, bu xalq xo‘jaligiga katta miqdorda zarar yetkazishga sabab bo‘ladi.
    Bundan tashqari elektr motorlarning to‘xtab qolishi elektr tizimini statik turg‘unligini buzilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida elektr energiyasini uzatilishiga qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatib, boshqa iste’molchilarni elektr energiyasiz qolishiga olib keladi. Ba’zida yer bilan qisqa tutashuv hosil bo‘lishi natijasida tizimda balans yo‘qoladi. Toklarning qiymati turlicha bo‘lishi bilan bir qatorda mos magnit oqimlarining hosil bo‘lishi natijasida, E.Y.K. induksiyalanib, ishchi xizmatchilar hamda liniya elementlari uchun xavfli vaziyat tug‘iladi, elektr tizimining turg‘un holati buziladi.
    Elektr qurilma va tizim elementlarini loyihalashda hamda texnik masalalarni yechishda elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarini hisoblash asosiy o‘rinni egallaydi. Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarini tahlil qilish asosan tok va kuchlanishlarning qiymatlarini belgilangan tartibda aniqlash asosida amalga oshiriladi:
    a) Tanlangan elektr sxemasiga qo‘yilgan baho va uni tanlash.
    b) Avariya holatida iste’molchilarni ishlash shartlariga ta’sirini tekshirish va tahlil qilish.
    v) Qisqa tutashuv holatini hisoblash natijasida tanlagan apparatlarni ishchi holat uchun tekshirish.
    g) Rele himoya va avtomatika qurilmalarini loyixalash va o‘rnatish. d) Elektr uzatish liniyalarini aloqa simlariga ta’sirini aniqlash. e) Himoyaviy yerga ulash qurilmasini loyihalash va tekshirish.
    j) Kuchlanish oshishidan himoyalash maqsadida zaryadsizlantirgichlarni tavsifini tanlash.
    z) Sinxron mashinalarda magnit maydonini so‘ndirish qurilmasi parametrlarini aniqlash va baholash.
    i) Sinxron mashinani qo‘zg‘atish tizimini baholash. k) Turli xil tekshiruv ishlarini o‘tkazish.
    l) Bo‘lib o‘tgan avariyalarni tahlil qilish.
    O‘tkinchi jarayonlarini hisoblashda asosan haqiqiy shartlarni hisobga olgan holda hisoblash ishlarini aniq bajarish zarur. CHunki, qisqa tutashuv natijasida tanlangan apparatlar turg‘unlik holatini saqlashi lozim bo‘ladi.
    Yuqorida qayd qilingan bandlarni hisoblashlar natijasida qisqa tutashuvga taalluqli bo‘lgan quyidagi parametrlar aniqlanadi:
    Qisqa tutashuvning zarba toki.
    Qisqa tutashuvning eng katta oniy qiymati.
    Qisqa tutashuvning eng katta ta’sir etuvchi qiymati. Qisqa tutashuvning tokining karraligi.
    Qisqa tutashuv nisbati.
    Qisqa tutashuvning davomiyligi va boshqalar.

    Asosiy taxminlar
    Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash juda murakkab bo‘lib, amada uni katta aniqlikda amalga oshirish mumkin emas. SHu sbabli uni hisoblashda quyidagi asosiy taxminlarga yo‘l qo‘yiladi:
    a) Magnit tizimi mavjud emas deb qaraladi. Bu taxmin sxema qarshiliklarini chiziqli ko‘rinishga olib keladi, sxemadagi turg‘unlashgan va o‘tkinchi jarayonlarni kuzatishni osonlashtiradi.
    b) Transformator va avtotransformatorlarda magnitlash toki e’tiborga olinmaydi. (Chulg‘am Y/Y0 sxema bo‘yicha ulangan uch o‘zakli transformatorlar bundan mustasno).
    v) Uch fazali tizimning nosimmetriyaligi e’tiborga olinmaydi.
    Bu shart hamma elementlar uchun bajarilgan bo‘lib, faqatgina ayrim elementlarning shikastlanganligi natijasida nosimmetriya vujudga keladi.
    g) Elektr uzatish liniyalarining sig‘im o‘tkazuvchanligi hisobga olinmaydi.
    d) O‘tkinchi jarayon xarakteriga bog‘liq holda yuklamalar taqriban hisobga olinadi.
    e) Liniyalarning aktiv qarshiligi hisobga olinmaydi. Bu taxmin past kuchlanishli tarmoqlar va kabelli uzatish liniyalarga taalluqli emas. j) Sinxron mashinalarda tebranish yo‘qligida bu taxmin uncha xatolik keltirib chiqarmaydi. Bunday holat o‘tish jarayonning boshlang‘ich 0,1 – 0,2 sekundi davomida bo‘lishi mumkin.
    Qisqa tutashuv toklarini hisoblashning aniqlik darajasi hisoblash maqsadiga bog‘liq holda belgilanadi. Sxemalarni ulanishlari va qisqa tutashuv toklarini cheklovchi qurilmalarni tanlash, apparatura va tok o‘tkazuvchi qismlarni tekshirish maqsadida amalga oshiriluvchi hisoblashlarni taxminiy bajarish mumkin. SHiningdek, tanlangan qurilmalarini qisqa tutashuv vaqtida ishlash shartlarga tekshirish, ishchi holatni hisoblash asosida tanlangan o‘tkazgich va kabellarning ko‘ndalang kesim yuzalarini qisqa tutashuv vaqtida bardosh bera olishini tekshirish uchun ham taxminiy hisoblashlsrdan foydalanish mumkin.
    Qisqa tutashuv toklarining ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi chora–tadbirlar qo‘llanilishi mumkin: himoyalarning ta’sir vaqtini kamaytirish; ta’minlovchi liniyalar va bog‘lovchi liniyalarni imkoni boricha ko‘paytirish, reaktorlar va boshqa turdagi himoya vositalaridan imkoni boricha to‘la va unumli foydalanish. Bundan tashqari tanlanadigan barcha apparatlar va o‘tkazgichlarni tanlash qoidalariga to‘la rioya qilinish shart.
    Generatorlar va sinxron kompensatorlar kuchlanishni avtomatik rostlovchi uskunalar bilan ta’minlangan deb qabul qilinadi.


    Xulosa
    O‘tkinchi jarayonlar, asosan, elektr tizimlarda sodir bo‘layotgan qisqa tutashuvlar va ularning oqibatlari haqida umumiy tushunchalar haqida ma'lumot berilgan. Bu mustaqil ishimda elektr tizimi va uning ayrim elementlarining ishonchli ishlashi, o‘tkinchi jarayonlar haqida umumiy tushunchalar, ularning kelib chiqishi va oqibatlari, elektr qurilmalarining ish holatlarini ta’minlash uchun kutilayotgan vositalar va qo‘llanmalar, elektr tizimlardagi avariyalar va ularni oldini olish uchun talablar haqida tafsilotlar berildi.

    Bu mustaqil ish elektr energetika sohasida ishlovchi mutaxassislar, talabalari va bu sohaga quyidagi qiziqarli muammolarni o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir inson uchun foydali bo‘lishi maqsadida yozildiki,elektr energetika sohasidagi yangiliklarni, rivojlanishni, va taraqqiyotni o‘rganishda foydalanishingiz mumkin.


    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Allaev K.R. Elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar. -T.: TDTU, 2007. – 276 b.
    2. Avtomatizatsiya dispetcherskogo upravleniya v elektroenergetike. Pod red.Rudenko. Yu.N. -M.: MEI, 2000. – 646 s.
    3. Venikov V.A. Elektromexanicheskiye perexodniye prosessi. -M.: 1985.–536 s.
    4. Jdanov P.S. Voprosi ustoychivosti elektricheskix sistem. -M.: Energiya, 1979.– 456 s.
    Download 144,77 Kb.
    1   2   3




    Download 144,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti sirtqi bo‘lim Telekommunikatsiyalar yo‘nalishi

    Download 144,77 Kb.