Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish




Download 2.06 Mb.
bet14/31
Sana30.01.2024
Hajmi2.06 Mb.
#148706
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
geoaxborot (1)
Windowsda no simmetrik ko ggggggg, 271 -қарор йиғилиш баёни форма oc, 5 2 Комплекс бирикмаларнинг барқарорлиги, Past Simple Tense, Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019, «marketing asoslari» fanidan test savollari marketing maqsadlari, адсорбер хисоби, N5ddUBv2UsO9sr6F89q0lkXc8lm8y4g5vUNw3Dsp, 12-ma\'ruza, 12 bus, Mustaqil ish, Bozorov Javohir, Гидродинамика, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, Individual loyiha

Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish


Ma’lumki, fotogrammetriyada yer yuzasini samolyot yoki kosmik apparatlarga oʻrnatilgan fotoapparatlar yordamida olingan aerokosmik suratlardan


foydalanib plan, karta tuzishga e’tibor qaratilgan bo’lib, bunda yer modelini yaratishga katta ahamiyat beriladi. Hosil qilingan modeldan haqiqiy georeferenslangan yer koordinatalarini olish uchun nazorat nuqtalari yordamida suratlarni referenslash kerak (qoʻl yordamida raqamlashtirish jarayoni bilan bir xil). Nazorat nuqtalari yer syomkasi yoki GPS yordamida aniqlanadi.
Oʻlchovlar stereoplotter deb ataladigan qurilma yordamida bir-biriga qoplanib hosil qilingan juft suratlardan olinadi. Bu qurilma yordamida model yasaladi va uch oʻlchamli oʻlchovlar olinadi, tahrir qilinadi, yigʻiladi hamda ma’lumot va grafiklar kartaga chiqariladi. Stereoplotterlarning rivojlanish bosqichlari 3 turga: analog (optik), analitik va raqamli kabilarga boʻlinadi. Hozirgi kunda mexanik analog stereoplotterlar kam ishlatiladi.
Eng koʻp ishlatiladigan qurilma turi analitik (analog va raqamli stereoplotterlarning oʻzaro yigʻindisi) va raqamli (toʻlaligicha kompyuter tizimi orqali ishlaydi) stereoplotterlardir. Ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi kunda kompyuter texnologiyasi rivojlanishi bilan mexanik qurilmalar oʻrnini toʻlaligicha raqamli stereoplotterlar egallab oladi. Stereomodellarni koʻrishning turli yoʻllari mavjud va ulardan keng tarqalgani bu tekis ekranga ega boʻlgan oddiy stereoskop va kompyuter ekranidagi qizil/yashil tasvirlarni yoki qutb nurlarini maxsus koʻzoynaklar orqali koʻrishdir.
Uch oʻlchamli tekislikdagi tasvirlarni boshqarish uchun fotogrammetriya tizimidagi kompyuterlar uch oʻlchamli kursorga ega boʻlgan sichqoncha va qoʻl yordamida boshqariladigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, kursorlarning ham uch oʻlcham, ya’ni X, Y, Z boʻylab harakatlanish imkoniyatini beradi. Uch oʻlchamli modellardan vektor obyektlarni olish turlari qoʻl yordamida raqamlashtirish kabi avtomatik, yarim avtomatik va qoʻl yordamida turlariga boʻlinadi. Birgina farq mazkur turda Z balandlik qiymati ham hisobga olinishi lozim.

2-rasm. An’anaviy fotogrammetrik jarayon


2-rasm raqamli fotogrammetriyadagi an’anaviy ish jarayonini koʻrsatib beradi. Bu yerda koʻrinib turganidek (ya’ni 3 xil rangda), raqamli fotogrammetriya 3 ta muhim qismga ega. Bu qismlar ma’lumot kiritish, ma’lumotni qayta ishlash hamda karta va boshqa ma’lumotlarni nashr etishdir. Moʻljallash (oriyentatsiya) va triangulatsiya bu fotogrammetriyada ma’lumotni qayta ishlashning asosiy vazifalaridan biridir. Moʻljallash deganda biz aniq koʻrish uchun stereomodellarni yaratish va bu modellardan keyin geografik obyektlarni tasvirlash uchun uch oʻlchamli vektor koordinatalarni olish jarayonini tushunishimiz zarur. Triangulatsiya bu katta maydonlar haqida aniq va oʻzgarmas axborot olish uchun bir necha tasvirlarni umumiy bir modelga birlashtirish jarayonidir.


Raqamli fotogrammetriya ish jarayonining mahsuli turkumiga raqamli relyef modeli (DEM – Digital Elevation Model), konturlar, ortotasvirlar, vektor birliklar va albatta uch oʻlchamli koʻrinish (3D Scene) lar kiradi. Raqamli relyef modeli (DEM) bu balandlik qiymatlarining toʻgʻri oʻqlaridir. DEM juft stereotasvirlarni oʻzaro nazorat nuqtalari yordamida birlashtirishdan hosil qilinadi. DEM hosil qilinganda maxsus algoritmlar yordamida konturlarni olish aniq boʻladi. Ortotasvirlar bu DEM yordamida joyning past-balandliklaridagi oʻzgarishlarni
hisobga olib toʻgʻrilangan tasvirlardir. Bu tasvirlar hozirgi kunda kamxarajatliligi tufayli koʻp ishlatilmoqda. Bunday turdagi tasvirlarni qoʻl yordamida tasvirlash jarayonida aniq ma’lumot manbayi sifatida ham ishlatishimiz mumkin.
Vektor xususiyatlarni olish boʻlimi ustida uni rivojlantirish boʻyicha hozirgi kunga qadar ishlar olib borilmoqda, chunki haligacha bu boʻlim toʻlaligicha avtomatlashtirilmagan. Eng koʻp qoʻllaniladigan usul spektral tahlil va fazoviy qoidalarni birlashtirish orqali xususiyatlarni olishdir. Oxirgi boʻlim, ya’ni uch oʻlchamli (3D) koʻrinish esa hosil qilingan vektor xususiyatlar va DEM, ortotasvirlar bilan bogʻlab birlashtirishdan paydo boʻladi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, fotogrammetriya bu samarali ma’lumot olish texnikasidir. Ba’zida esa ma’lum obyektning topografik ma’lumotini olishning eng yagona amaliy usuli ham boʻlishi mumkin. Noqulaylik taraflaridan biri bu ishning qiyinligi va qurilmalarning qimmatligidir. Bu esa ulkan masshtabdagi joylarning ma’lumot olish ishlarini chegaralab qoʻyadi.

Download 2.06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Download 2.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish

Download 2.06 Mb.