• GEOFAZOVIY TAHLIL
  • O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




    Download 2,06 Mb.
    bet12/31
    Sana30.01.2024
    Hajmi2,06 Mb.
    #148706
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
    Bog'liq
    geoaxborot (1)
    Windowsda no simmetrik ko ggggggg, 271 -қарор йиғилиш баёни форма oc, 5 2 Комплекс бирикмаларнинг барқарорлиги, Past Simple Tense, Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019, «marketing asoslari» fanidan test savollari marketing maqsadlari, адсорбер хисоби, N5ddUBv2UsO9sr6F89q0lkXc8lm8y4g5vUNw3Dsp, 12-ma\'ruza, 12 bus, Mustaqil ish, Bozorov Javohir, Гидродинамика, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, Individual loyiha
    Vektorlash. Vektor model koordinatali geometriya yordamida aniqlanadigan alohida nuqtalar, chiziqlar va maydonlardan tashkil topgan. Vektorlar bu grafik obyektlar hisoblanadi va aniq yoʻnalish, uzunlik hamda shakl boʻladi. Vektor formatdagi shakllarning eng sodda koʻrinishi sifatida koordinataga ega boʻlgan ikki (boshi va oxirgi) nuqtadan tashkil topgan chiziqni olishimiz mumkin. Agar ushbu chiziqlar bir nechta boʻlib, ketma-ket joylashgan uzilmas chiziqlar toʻplamidan iborat boʻlsa, unda bu shakl barchamizga ma’lum boʻlgan poligon koʻrinishda boʻladi. Bunda shaklni tashkil qiluvchi birinchi va oxirgi nuqtalar bir-biriga tengdir, ya’ni bu ikki nuqta bir-biriga oʻzaro ustma-ust tushadi.

    GEOFAZOVIY TAHLIL




    Geofazoviy ma’lumotlar tahlili

    GATda ma’lumotni geofazoviy ma’lumot deb atasak, birmuncha toʻgʻri boʻladi. Chunki bu tizimda asosan har bir nuqta va har bir chiziq oʻzining joylashuviga qarab turli koordinatalarga ega boʻladi hamda bu koordinatalar jamlanib, joy toʻgʻrisida umumiy tushuncha hosil qilinadi. Kelgusida esa u fazoviy tahlil va boshqa turdagi tahliliy ishlarga asos boʻlib xizmat qiladi. Geofazoviy ma’lumotlarning manbayi bu raqamlangan kartalar, aerofotosuratlar, kosmik suratlar, statistik jadvallar va GATga bogʻliq boʻlgan boshqa ma’lumotlar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, geofazoviy ma’lumotlar bevosita syomka (GPS syomka, geodezik asboblar yordamidagi syomka) natijalaridan ham atribut ma’lumot sifatida olinishi mumkin. Oldingi boblarda aytilganidek, ma’lumot olishning yana bir qulay yoʻli bu ma’lumotni sotib olishdir. Geografik ma’lumotlarni olgandan soʻng bu ma’lumotlar oʻzaro bir-biriga ma’lumotlar bazasi orqali bogʻlanishi kerak. Bu esa, oʻz navbatida, kartadagi va bazadagi ma’lumotlarni bir-biriga bogʻlab, yagona va umumiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi.


    Fazoviy yoki geofazoviy tahlil bu modellashtirish, aniqlash va model natijalarini oʻzgartirish jarayonidir. Model tasvirlash va boshqarish mumkin boʻlgan raqamli formatning joy toʻgʻrisidagi haqiqiy tushunchasini namoyon qiladi. Fazoviy tahlil jarayoni moslikni aniqlash, baholash va prognozlash, oʻzgartirish va tushunish kabi ishlarda muhim sanaladi. GATning eng muhim vazifalaridan biri ham geofazoviy ma’lumotlar va ularning atributlarini qaror qabul qilish uchun tahlil qilishdir. Geofazoviy ma’lumotlar joy toʻgʻrisidagi haqiqiy axborotlarga ega boʻlish va ma’lumotlarni tahlil qilish hamda oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Shuning uchun ham geofazoviy tahlil oddiy arifmetik amallardan mantiqiy model tahlillariga boʻlinadi.
    Tahliliy imkoniyat GATning yutugʻi hisoblanadi. Fazoviy tahlil ishlarining mavjudligi GATni boshqa axborot tizimlaridan farqlovchi muhim omillardan biridir. Boshqa axborot tizimlaridagidek ma’lumot olish yoʻllari bir xil boʻlsa-da, tahliliy
    ishlar va unga ketadigan vaqt eng katta farqlovchi omil hisoblanadi. Geotahlil natijalari keyinchalik karta, hisobot, diagramma orqali tasvirlanib, foydalanuvchiga yetkaziladi.

    Download 2,06 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

    Download 2,06 Mb.