• Tavsifiy ma’lumotlar.
  • O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




    Download 2.06 Mb.
    bet9/31
    Sana30.01.2024
    Hajmi2.06 Mb.
    #148706
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
    Bog'liq
    geoaxborot (1)
    Windowsda no simmetrik ko ggggggg, 271 -қарор йиғилиш баёни форма oc, 5 2 Комплекс бирикмаларнинг барқарорлиги, Past Simple Tense, Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019, «marketing asoslari» fanidan test savollari marketing maqsadlari, адсорбер хисоби, N5ddUBv2UsO9sr6F89q0lkXc8lm8y4g5vUNw3Dsp, 12-ma\'ruza, 12 bus, Mustaqil ish, Bozorov Javohir, Гидродинамика, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, Individual loyiha
    Geografik ma’lumotlar. Geoaxborot tizimida geografik ma’lumotlar qisqartirilib, geoma’lumot yoki inglizchasiga “geodata” deb nomlanadi. Geoma’lumot bu geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan formatga joylashtirilgan joyning geografik ma’lumotlaridir, ya’ni bunda ma’lumot oʻzida koordinatani mujassamlashtiradi va tizim ma’lumotni oʻqiyotgan paytida koordinatasini (joylashgan manzilini) ham oʻqiy oladi. Aniqroq aytadigan boʻlsak, geografik ma’lumotni fazoga nisbatan tavsiflovchi obyekt yoki jismlarning axborotlari yigʻindisi deb tushunishimiz mumkin. Bu X, Y, Z koordinatalar yoki kenglik va uzoqlik bilan tavsiflanadi. Geoaxborot tizimida geoma’lumotlar har qanday ishning yuragi hisoblanadi va usiz tasvirlash va tahliliy ishlarni amalga oshirish imkonsizdir.
    Hozirgi an’anaviy qogʻoz koʻrinishidagi kartalarda joyning relyefi, joylashgan oʻrni va yuzasi kabi ma’lumotlar bilan birga qoʻshimcha diagrammalar, jadvallar ham kiritilgan. Lekin qogʻoz kartaga koʻp miqdor va oʻlchamda jadval, diagramma va boshqa ma’lumotlarni kiritib boʻlmaydi, chunki bunday ulkan miqyosdagi ma’lumotlar tushunmovchilikka olib kelishi mumkin.
    Tavsifiy ma’lumotlar. GAT paydo boʻlganidan keyin geografik ma’lumotlar bilan bir qatorda jadval, diagramma va boshqa iqtisodiy, huquqiy ma’lumotlar kiritish imkoniyati paydo boʻldi. Bunda asosiy e’tibor ma’lumotlar bazasida qaysi turdagi ma’lumotlarni qaysi usul bilan tasvirlashga qaratilgan. Bunday ma’lumot turi esa tavsifiy ma’lumotlar (descriptive data) deb ataladi (2-rasm).

    2-rasm. Geofazoviy (a) va tavsifiy (b) ma’lumotlar


    Fazoviy va geofazoviy ma’lumotlar. Geofazoviy ma’lumotlar oʻzida koordinatani mujassamlashtiradi va tizim ma’lumotni oʻqiyotgan paytida koordinatasini, ya’ni joylashgan manzilini ham oʻqiy oladi. Fazoviy ma’lumotlar inglizcha adabiyotlarda “spatial data” deb yuritiladi va u lotincha “spatium” soʻzidan olingan boʻlib, fazo, makon degan ma’noni anglatadi. Fazoviy deganda obyektning fazoga oid ma’lum bir joydagi holatiga, oʻlchamiga va shakliga bogʻliqligi tushuniladi. Ma’lum bir hodisaning uch oʻlchamli makonda tarqalishi va oʻlchash imkoniyatini ham fazoviy tushunchasiga kiritishimiz mumkin. Geoaxborot tizimida fazoviy tushunchasi kartadagi joyga nisbatan qoʻllaniladi.
    Geofazoviy ma’lumotlar esa “geospatial data” deb yuritiladi va u geografik va fazoviy ma’lumotlar tushunchalarining yigʻindisidan tashkil topgan boʻlib, fazoviy ma’lumotlar bilan bir xil tushuniladi. AQSH ning Geologik tadqiqot agentligi bergan ta’rifga koʻra, bu ikkala tushunchani bir xil ma’noda tushunish ma’qul hisoblanadi va ular bir-birining oʻrnida qoʻllaniladi.
    Geofazoviy ma’lumotlar odatda koordinatalar, topologiyalar koʻrinishida saqlanadi va ular asosida kartalar ishlab chiqiladi. Bu tushuncha asosan geoaxborot tizimida qoʻllaniladi va olishga, boshqarishga hamda tahlil etishga moʻljallangan boʻladi. Geofazoviy ma’lumotlar geoaxborot tizimini boshqa axborot tizimlaridan ajratib turadi.
    Geofazoviy ma’lumotlar, oʻz navbatida, tizimda ikki turga boʻlinadi, ya’ni vektor va rastr ma’lumotlar.
    Geofazoviy ma’lumotlarni tushunishimiz uchun yoʻlni misol qilib olish mumkin. Yoʻlni tasvirlash uchun uning joylashuvini (qayerda) va tavsifi (uzunligi, nomi, tezligi, cheklovi, yoʻnalishi)ni koʻrsatamiz. Yoʻlning joylashuvi, shakli yoki geometriyasi fazoviy ma’lumot deb atalsa, uning tavsifi tavsifiy ma’lumot yoki atribut ma’lumot deyiladi. Demak, ushbu yoʻl boshqa geofazoviy ma’lumotlarga oʻxshab oʻzining fazoviy va atribut ma’lumotlariga ega.

    Download 2.06 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




    Download 2.06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

    Download 2.06 Mb.