O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




Download 2.06 Mb.
bet7/31
Sana30.01.2024
Hajmi2.06 Mb.
#148706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
geoaxborot (1)
Windowsda no simmetrik ko ggggggg, 271 -қарор йиғилиш баёни форма oc, 5 2 Комплекс бирикмаларнинг барқарорлиги, Past Simple Tense, Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019, «marketing asoslari» fanidan test savollari marketing maqsadlari, адсорбер хисоби, N5ddUBv2UsO9sr6F89q0lkXc8lm8y4g5vUNw3Dsp, 12-ma\'ruza, 12 bus, Mustaqil ish, Bozorov Javohir, Гидродинамика, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, Individual loyiha

Gorizontal datum


Datumning yana bir boshqa ta’rifi – bu referens-ellipsoidni mahalliy geografik koordinatalarga transformatsiyalash va koʻchirish uchun xizmat qiladigan parametrlar toʻplamidir.
Datum tushunchasi geodeziya va kartografiyada geoid shaklni berilgan yoki oʻrganilayotgan joyning geoid shakliga iloji boricha yaqinlashtirish uchun qoʻllaniladi. Bunda datum parametrlari referens-ellipsoidni X,Y,Z oʻqlar orqali koʻchirish hamda dekart koordinata sistemasi tekisligida oʻqlarni rX, rY, rZ
burchaklar ostida burib beriladi. Bunda albatta referens-ellipsoidning parametrlari hisoblangan а va f ni, ya’ni a – katta yarim oʻq va f – ellipsoid siqilishini bilish zarur. Datumga siz GPS priyomnik(qabul qilgich) yoki GNSS bilan ishlaganda va mahalliy koordinata sistemasida ishlamoqchi boʻlganingizda duch kelasiz.
Shuni nazarda tutish kerakki, datum aniqlanayotgan joyning yerdagi joylashuvini maksimum yaqinlashtirish uchun ishlatiladi. Agar siz WGS-84 da berilgan koordinata asosida joylashtirmoqchi boʻlsangiz, u holda mahalliy koordinata asosida yaratilgan kartalaringizga aniq ustma-ust tushmasligi mumkin, balki farqi bilan (bir necha metrdan bir necha yuz metrgacha) tushadi.
Oʻlchamlari aniqlangan va yer sirtida ma’lum holatda oriyentirlangan (joylashtirilgan) ellipsoidga referens-ellipsoid deyiladi. Bunday ellipsoidning sirti geoid sirti bilan faqat yerning qaysidir qismida mukammal darajada mos keladi, shuning uchun ham alohida davlat yoki hududlar uchun ishlab chiqilgan referens- ellipsoid shakli oʻsha joy uchun aynan mos keladigan sirt hisoblanadi. Mamlakat hududida yagona koordinatalar sistemasini joriy etish va geodezik oʻlchashlarni amalga oshirish uchun referens-ellipsoidlar qonun bilan rasmiylashtirilgan holda qabul qilinadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlarida va Oʻzbekistonda geodezik oʻlchashlarga asos sifatida Krasovskiy referens-ellipsoidi qabul qilingan.

2-rasm. Ellipsoid


Quyida xalqaro va ma’lum bir hududlar uchun qoʻllaniladigan datumlar toʻgʻrisida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
WGS-84 (World Geodetic System, 1984) umumjahon datumi boʻlib, u geomarkazlashgan ellipsoidga asoslangan va parametrlari sun’iy yoʻldoshlar orqali aniq hisoblangan. Ushbu datum GPS va GNSS tizimlarida hamda AQSH hududi uchun asos boʻlib qoʻllaniladi. Ushbu datum boshqa nom bilan geomarkazlashgan
datum deb ham yuritiladi va hozirgi kunda u geomarkazlashgan yagona datum hisoblanadi.
Pulkovo-42 (SK-42, Koordinata sistemasi, 1942) mahalliy datum turkumiga kiradi va Krasovskiy ellipsoidiga (1940) asoslangan boʻlib, MDH hududida, jumladan Oʻzbekistonda ham qoʻllaniladi.
PZ-90 (Yer parametrlari, 1990). Mazkur datum ham umumjahon yoki global datum turiga kiradi. Chunki hozirgi GNSS turkumida chiqarilayotgan tizimlar Rossiyaning GLONASS tizimida ham ishlaydi. Ushbu tizim asosan Rossiya Federatsiyasi hududida qoʻllaniladi.
NAD-27 (North American Datum, 1927) va NAD-83 (North American Datum, 1983) Shimoliy Amerika qit’asi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan mahalliy datumlar hisoblanadi.
Yuqoridagilardan tashqari, Hindiston, Yaponiya, Yevropa hududlari uchun moʻljallangan datum mavjud boʻlib, oʻz navbatida, ular ham turli referens- ellipsoidlarga asoslanadi.

3-rasm. Mahalliy va umumjahon datumlari orasidagi farq Yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, mahalliy datum Yerning shakliga


ma’lum bir joylarda mos keladi, lekin uning markazi Yerning markazi bilan mos kelmaydi. WGS-84 datumi markazi esa aynan Yerning haqiqiy shaklining markazi bilan mos keladi.
Geodezik tizim yoki geodezik ma’lumotlar geodeziya va kartografiyada hamda sun’iy yoʻldoshlar navigatsiya tizimida obyektlarning yerdagi haqiqiy
joylashuvini moslash uchun zarur boʻladi. Bunday tizimlarning zarurligi Yer shaklining nomukammal ellipsoid ekanligidan kelib chiqadi.
Mutaxassislar orasida Datum tushunchasi ma’lum geodezik tizimni aniqlash uchun qoʻllaniladigan qiymatlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Oʻz navbatida, turli hududlar uchun aniq bir moslashgan datumlar qoʻllaniladi. Datumlar orasida koordinatalarning bir-biridan farqlanishi, ya’ni berilgan nuqtaning yer yuzasida turli joylashishi farqi datum siljishi (Datum shift) deb ataladi. Quyidagi rasmda ma’lum bir obyektning turli datumlarda yer yuzasida joylashishi koʻrsatilgan.

4- rasm. Turli datumlarning markazlashgan datumga nisbatan siljishi Berilgan ikki datum orasidagi datum siljishi bir joydan boshqa bir joyga


nisbatan va bir mamlakat yoki hududga nisbatan oʻzgaradi va bu oʻzgarish Yerning markazi – 0 (nol) dan bir necha yuzlab metrgacha, ba’zida esa kilometrlargacha boʻlishi mumkin. Datumlar Yerning shakliga maksimal yaqinlashish uchun oʻz hududiga qarab turli birliklar va qiymatlarni qoʻllaydi. Quyidagi jadvalda geomarkazlashgan datumlar va ularning qiymatlari berilgan.
1-jadval

Demak, yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida datumni referens-ellipsoid emas, balki yerdagi obyektlarning joylashuvini hisoblash jamlanmasi yoki modeli sifatida qarashimiz zarur boʻladi. Bunday datum mutaxassislar tilida gorizontal datum deyiladi. Gorizontal datum turiga qarab yerdagi obyektning joylashuv koordinatasi turlicha boʻladi. Hozirda dunyoda bir necha yuzlab mahalliy datumlar mavjud va ular oʻsha joy uchun qulay boʻlgan tizimlarga referenslanadi.


Ma’lumki, dunyo boʻyicha xalqaro hisoblangan datum WGS-84 asosan GPS tizimi uchun ishlab chiqilgan boʻlib, undan olingan koordinatani mahalliy referens- ellipsoidga asoslangan koordinata sistemasiga moslashtirish zarur, aks holda bir necha metrdan hatto yuzlab metrgacha farq qilishi mumkin. Bunday farqni bartaraf etish uchun koordinata sistemalari transformatsiya qilib oʻzgartiriladi.

    1. Download 2.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Download 2.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

Download 2.06 Mb.