• FAZOVIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TURLARI
  • O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




    Download 2.06 Mb.
    bet8/31
    Sana30.01.2024
    Hajmi2.06 Mb.
    #148706
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
    Bog'liq
    geoaxborot (1)
    Windowsda no simmetrik ko ggggggg, 271 -қарор йиғилиш баёни форма oc, 5 2 Комплекс бирикмаларнинг барқарорлиги, Past Simple Tense, Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019, «marketing asoslari» fanidan test savollari marketing maqsadlari, адсорбер хисоби, N5ddUBv2UsO9sr6F89q0lkXc8lm8y4g5vUNw3Dsp, 12-ma\'ruza, 12 bus, Mustaqil ish, Bozorov Javohir, Гидродинамика, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, Individual loyiha

    Vertikal datum


    Vertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini dengiz sathiga nisbatan oʻlchashda qoʻllaniladi. Vertikal datumlar qoʻllanilish turiga qarab dengiz sathiga nisbatan qoʻllaniladigan suv sathi, geoidga asoslangan gravimetrik va gorizontal datumlarni hisoblashda qoʻllaniladigan ellipsoidlarga asoslangan geodezik datumlarga boʻlinadi.
    Umuman, balandliklar asosan dengiz sathlariga nisbatan olinadi, biroq “dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar jumlasiga dengizning toʻlqinlanib turishi, shamol va oqimlar, atmosfera bosimi, suvning quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi togʻlarning gravitatsiyasi kiradi. Shuning uchun ham yuqoridagi omillarning barchasini jamlab, yagona oʻlchamga kelish va hisoblashlarni amalga oshirish uchun datum tushunchasi qoʻllaniladi. Shunday datumlardan biri, ya’ni yerdagi obyektning balandligini hisoblashda dengiz oʻrta sathi – Mean Sea Level (MSL) qoʻllaniladi. MSL datumi parametlarini topishda suv sathining oxirgi 19 yildagi suv koʻtarilishi va oʻzgarish balandliklarining oʻrtacha
    arifmetigi olinadi. Ushbu hisoblashda yana Quyosh va Oyning gravitatsion ta’siri va boshqa ta’sirlarning oʻrtachasi olinadi.

    FAZOVIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TURLARI


    Geoaxborot tizimida ma’lumotlar tushunchasi
    Qadimdan kishilar geografik ma’lumotlarni turli xil usullar bilan koʻrsatib kelishgan va zamon oʻtishi bilan geografik ma’lumotlarni tasvrilash usullari ham takomillashib borgan. Geografik ma’lumotlarni tasvirlash usullaridan birinchilari bu joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kartada tasvirlash boʻlgan. Keyinchalik esa kartalarga shartli belgilar va koordinatalarni kirita boshlashgan. Agar dastlabki kartalar qoʻl yordamida chizilgan va kiritilgan hamda shartli belgilar oʻsha oʻzlari yashab turgan jamiyat miqyosida foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, keyinchalik qoʻlda emas, balki bosma uskunalarda va shartli belgilar ham oʻzaro kelishilgan holda umumjahon miqyosida qoʻllanila boshlangan.
    Shu oʻrinda ma’lumot va axborot tushunchalariga ham toʻxtalib oʻtishimiz zarur, chunki bu ikki tushuncha bir-biriga yaqin boʻlganligi va koʻpincha birga qoʻllanilganligi sababli chalkashlikka olib kelishi mumkin.
    Ma’lumot – bu qayta ishlanmagan, tizimlashtirilmagan xom faktlar yigʻindisidir. Ma’lumot sifat va son qiymatlarida boʻlishi mumkin hamda oʻlchov natijalari asosida hosil qilinadi. Geoaxborot tizimidagi dasturlarda ma’lumot jadvalda keltirilishi mumkin. Ma’lumot qayta ishlanib, tahlil etilganidan soʻng u axborotga aylanadi. Ma’lumotni oʻqiganda biz faqat sonlarni koʻrsak, axborotda ma’lumotlar tartibli koʻrinishga keltiriladi va aynan shu ma’lumotni koʻrmasak-da, ular asosida qayta ishlangan natijani koʻrishimiz mumkin boʻladi. Tushunarli boʻlishi uchun soddaroq misol sifatida talabalarning imtihon natijalarini keltirishimiz mumkin. Agar har bir talabaning imtihon natijasi ma’lumot hisoblansa, u holda auditoriyadagi yoki umuman institutdagi talabalarning oʻrtacha bahosi, oʻzlashtirish koʻrsatkichi axborot deb ataladi.
    Quyida ma’lumot va axborot oʻrtasidagi farqlar keltirilgan:

    • ma’lumotni kompyuter tizimiga kiritish uchun qoʻllaymiz, oʻsha ma’lumot qayta ishlangandan keyin axborotni natija sifatida undan olamiz;

    • ma’lumot qayta ishlanmagan faktlar, sonlardir, axborot esa qayta ishlangan ma’lumotlardir;

    • ma’lumot axborotga bogʻliq emas, ammo axborot unga bogʻliq;

    • ma’lumot oʻziga xos emas, axborot esa oʻziga xosdir;

    • ma’lumot hech qanday ma’no bildirmaydi, axborot esa mantiqiy ma’no bildirishi kerak;

    • ma’lumot xomaki material hisoblansa, axborot tayyor mahsulotdir.

    1-rasm. Qayta ishlanmagan ma’lumot − kosmik surat (a) va qayta ishlangan ma’lumot, ya’ni axborot (b)



    Download 2.06 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




    Download 2.06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

    Download 2.06 Mb.