O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




Download 2.06 Mb.
bet3/31
Sana30.01.2024
Hajmi2.06 Mb.
#148706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
geoaxborot (1)
Windowsda no simmetrik ko ggggggg, 271 -қарор йиғилиш баёни форма oc, 5 2 Комплекс бирикмаларнинг барқарорлиги, Past Simple Tense, Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019, «marketing asoslari» fanidan test savollari marketing maqsadlari, адсорбер хисоби, N5ddUBv2UsO9sr6F89q0lkXc8lm8y4g5vUNw3Dsp, 12-ma\'ruza, 12 bus, Mustaqil ish, Bozorov Javohir, Гидродинамика, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, Individual loyiha
ArcView dasturiy tizimi. ArcView ESRI kompaniyasining dasturi boʻlib, bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcView dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qoʻshimcha sifatida yaratildi va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun moʻljallangan. ArcView kartografik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun juda qulay dastur hisoblanadi. ArcView ning birinchi va ikkinchi versiyalari ma’lum hudud boʻyicha tarqalgan geografik ma’lumotlar (obyekt va hodisalar) ni koʻrish va tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab chiqilgan. Bu dasturni qoʻllash sohalari turlicha, ya’ni biznes va fan, ta’lim va boshqaruv, ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat, ishlab chiqarish va ekologiya, transport va neft-gaz sanoati, yerdan foydalanish va kadastr hamda boshqa sohalardir.
Ushbu dasturning keyingi avlodlari chiqishi bilan undagi funksiyalar ham tobora oshib boradi. Masalan, ikkinchi avlod vakilida geografik elektron jadvallar bilan ishlash, qaror qabul qilish va statistik ma’lumotlarni jadval koʻrinishida kiritish imkoniyatlari mavjud boʻlsa, uchinchi avlodida fazoviy tahlil va modellashtirish kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va ishlab chiqarish sohasida ArcView dasturining toʻqqizinchi avlodi ishlatib kelinmoqda va u yuqoridagilardan koʻra koʻproq funksiyalar bilan toʻldirilgan hamda ishlash tezligi ham oshirilgan.
ArcView dasturi quyidagi vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan:

  • kartalarni yaratish va tahrir qilish;

  • kartalarni vizuallashtirish va loyihalash;

  • mavzuli kartalar yaratish;

  • geografik va semantik ma’lumotlarni fazoviy hamda statistik tahlil qilish;

  • geokodlash;

  • ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;

  • karta hisoboti va xulosalarini printer, plotter yoki grafik fayllarga oʻtkazish.

ArcView dasturidan fazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanish mumkin. Dasturning asosiy xususiyati – jadval koʻrinishida oddiylik bilan ishga tushishi, dBASE tipidagi fayllar va server ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni tasvirlashda, qayta ishlashda ularni yaxshi tushunish va tahlil etishdir.
ArcView dasturi quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Oʻzlashtirilishi oddiy. ArcView dasturida foydalanuvchi uchun tushunarli va qulay interfeys yaratilgan hamda kartografik qayta oʻzgartirish berilgan boʻlsa ham u berkitilgan. Operatsiyalar tushunarli va oddiy boʻlib, bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. Kartografik ish stolini oʻzlashtirish uchun bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash ish tajribasiga ega boʻlish lozim.

  2. Ma’lumotlar oynasini 3 xil koʻrinishda va xohlagan miqdorda koʻrish mumkin: karta oynasi, roʻyxatlar va grafiklar.

  3. Ma’lumotlarni sinxron texnologiyada tasvirlash, bir vaqtning oʻzida tarkibida bir xil ma’lumotlarga ega bir nechta oynalarni ochish imkoniyati mavjud, hatto bir oynada ma’lumotlarni oʻzgartirish natijasida avtomatik ravishda boshqa oynalarda ham oʻzgarish kuzatiladi.

  4. Rastr ma’lumoti bilan ishlash. Koʻrilayotgan dasturda rastr ma’lumotlarini ishga tushirish va geografik proyeksiyalarga bogʻlash yetarli darajada sodda keltirilgan. Muhim jihati shundaki, foydalanuvchi kamida 3 ta koordinata nuqtalarini bilishi lozim. Hozircha bu dasturda rastr ma’lumotlarini burish va choʻzish imkoniyati mavjud emas, ammo bu masalalar ushbu dastur foydalanuvchilari tomonidan yozilgan ilovalarda mavjud.

  5. Ma’lumotlarni vizuallashtirish. Bu tartib foydalanuvchiga jadval koʻrinishidagi ma’lumotlarni har xil koʻrinishda koʻrsatish imkoniyatini beradi. Misol uchun, belgilar, diagramma, rang berilgan maydon va chiziqli obyekt va boshqalarni masshtablangan usulda koʻrish mumkin. Kartada ma’lumotlarni tasvirlashda foydalanuvchi raqam koʻrinishidagi ma’lumotlarni emas, balki uning orqasida turgan kartani koʻradi.

  6. Geoaxborot tahlil vositalari. ArcView dasturida bufer (loyihalashtirilayotgan) chegarani hosil qilish, ishlab chiqarish obyektlarini shakllantirish, obyektlarni hosil qilish va oʻzgartirish, grafik tahrirlash va boshqa imkoniyatlarni beradi. Foydalanuvchi mavzuli kartalarni hosil qilish, yaratish va saqlash, rang berish va parametrlarga bogʻliq holda geografik obyektlarni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega.

  7. Geografik obyektlarni guruhlashtirish. Bu vositalar turli vaziyatlarni tezkor tahlil va prognoz qilish imkoniyatiga ega.

  8. Hisobotlar va nashrlar hosil qilish. ArcView dasturida turli koʻrinishdagi printer qurilmalaridan karta boʻlagi, jadval, grafik va yozuv koʻrinishidagi hisobotlar hosil qilish va nashrga berish mumkin. Standart drayverlari orqali xulosa nashrga beriladi.

  9. ArcView dasturi shaxsiy kompyuterlarning (Windows 95, 98, NT, XP va Vista), Macintosh, HP UNIX va boshqa tizimlari bilan ham ishlaydi. Barcha tizimlarda foydalanuvchi interfeysi bir xil koʻrinishda boʻlib, CD-ROMga uzatiladigan ArcView formatidagi ma’lumotlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tizimlar orqali ham qabul qilinadi.

  10. Ma’lumotlardan foydalanish. Masofaviy baza ma’lumotlaridan biriktirilgan jadvallar yordamida foydalanish mumkin. ArcView dasturidan chiqmasdan turib, biriktirilgan jadvallarni tahrirlash va oʻzgartirishlarni saqlash mumkin. Menyular yordamida Access va Excel jadvallarini toʻgʻridan toʻgʻri ochish mumkin.


Download 2.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 2.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

Download 2.06 Mb.