• 11-Ma’ruza Mavzu: Kompyuter tarmoqlaridagi masofaviy hujumlar
  • O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/167
    Sana25.05.2024
    Hajmi12,7 Mb.
    #253984
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   167
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikàsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm (1)

    Nazorat savollari 
    1.
    Frame Relay texnologiyasining qanday zaiflik tomonlarini bilasiz? 
    2.
    Frame Relay tarmog‘i qanday komponentlardan tashkil topgan? 
    3.
    Frame Relay texnologiyasining funksional imkoniyatlari? 
    4.
    Frame Relay texnologiyasining zaifliklari qanday oqibatlarga olib keladi? 
    5.
    Ma’lumotlarni muhofaza qilish protokollari haqida tushuntiring? 


    74 
    11-Ma’ruza 
    Mavzu: Kompyuter tarmoqlaridagi masofaviy hujumlar 
    Tahdid bu natijasi tashkilotning amallariga va funksional harakatlariga zarar keltiruvchi va 
    ularni uzib qo‘yuvchi oshkor bo‘lmagan hodisalarning potensial paydo bo‘lishidir. Tahdidlar 
    tashkilotning butunlik va foydalanuvchanlik faktorlariga ta’sir qilishi mumkin. Tahdidning ta’siri juda 
    yuqori va u tashkilotdagi fizik AT aktivlarining mavjudligiga ta’sir qila oladi. Tahdidlarning paydo 
    bo‘lishi tasodifiy, qasddan yoki boshqa harakatning ta’sirida bo‘lishi mumkin. 
    Zaiflik bu “portlaganida” tizim xavfsizligini buzuvchi kutilmagan va oshkor bo‘lmagan 
    hodisalarga olib keluvchi kamchilik, loyihalashdagi yoki amalga oshirishdagi xatolik. Oddiy so‘z 
    bilan aytganda, zaiflik xavfsizlik bo‘shlig‘i bo‘lib, turli foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash 
    usullarini aylanib o‘tib hujumchiga tizimga kirish imkoniyatini taqdim etadi. 
    Hujum bu zaiflik orqali AT tizimi xavfsizligini buzish tomon amalga oshirilgan harakat. 
    Bunda shuningdek zararli dasturlarni va buyruqlarni yuborish orqali qonuniy dasturiy va apparat 
    vositadan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishga harakat qilinadi. 
    Tarmoq xavfsizligi muammolari 
    Tarmoqdan foydalanib amalga oshiriluvchi hujumlar soni va ko‘rinishlari juda ham jadallik 
    bilan ortib bormoqda. Doimiy hujumlar butun hisoblash qurilmalari dunyosi uchun asosiy 
    muammodir. Shuning uchun tashkilotlar tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun katta xarajatlarni 
    sarflashmoqda. 
    Tarmoq 
    xavfsizligi 
    muammolari 
    tashkilotdagi 
    mavjud 
    axborotning 
    foydalanuvchanligi, konfidensialligi va butunligini ta’sir qiladi. Hujumchilar texnologiyaga tegishli 
    xavfsizlikda mavjud bo‘shliqlarni aniqlashga harakat qilishmoqda. O‘z navbatida bu tizim 
    administratorida tarmoqda paydo bo‘luvchi yangi hujumlar haqida ma’lumotga ega bo‘lib borishi 
    talab etiladi. 
    Tarmoqni qurish oson vazifa hisoblanib, uning xavfsizligini ta’minlash murakkab vazifa 
    hisoblanadi. Sababi, hujumchi turli vositalardan foydalangan holda tizimdagi zaifliklarni aniqlashga 
    harakat qiladi. 
    Tashkilot tarmog‘i ichkaridan amalga oshiriluvchi turli hujumlarga ham uchrashi mumkin. 
    Ichkaridan turib amalga oshirilgan hujum odatda tashqi hujumdan xavfliroq bo‘ladi. 
    Shuning uchun tashkilot kunlik tarmoqdagi hujumlarni monitoring qilib borishi va aniqlab 
    borishi kabi muhim vazifani amalga oshirishga majbur. 
    Nima uchun tarmoq xavfsizligi muammolari ortib bormoqda 
    Hozirda tarmoq orqali ammalga oshiriluvchi muammolarning ortishiga quyidagi omillar ta’sir 
    qilmoqda: 
    Qurilma 
    yoki dasturiy 
    vositani 
    noto‘g‘ri 
    sozlanishi. 
    Xavfsizlik 
    bo‘shliqlari odatda tarmoqdagi qurilma yoki dasturiy vositalarning noto‘g‘ri sozlangani bois 
    vujudga keladi. Masalan, noto‘g‘ri sozlangan yoki shifrlash mavjud bo‘lmagan protokoldan 
    foydalanish tarmoq orqali yuboriluvchi maxfiy ma’lumotni oshkor bo‘lishi sababchi bo‘ladi. 
    Noto‘g‘ri sozlangan qurilma hujumchiga tizim yoki tarmoqdan foydalanish imkoniyatini taqdim 
    etishi mumkin. Noto‘g‘ri sozlangan dasturiy vosita esa ilova yoki dasturiy ta’mindan ruxsatsiz 
    foydaldanish imkonini berishi mumkin. 


    75 
    расм. Турли тармоққа қаратилган таҳдидлар 

    Download 12,7 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   167




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish