|
Hayvonot dunyosi ob’ektlari quyidagilardan iborat
|
bet | 6/7 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 314,66 Kb. | | #238326 |
Bog'liq Asad 2-mavzuHayvonot dunyosi ob’ektlari quyidagilardan iborat:
-kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo’lgan organizmlar - sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari;
-yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to`dalari;
-yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turlari;
yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari.
•Yangi ijtimoiy tuzum, bozor munosabatlarini mustahkamlash va ekologik siyosatni barqarorlashtirish uchun yangi huquqiy ekologik zamin bo’lib, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ularni huquqiy tartibga solishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishi bilan;
•Mazkur sohani huquqiy tartibga solish bozor iqtisodiyotida qabul qilingan ekologik qonunlarni qo’llash va ular bilan birgalikda ekologik muhitni yaxshilashga, tabiat ob’ektlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga, ayniqsa, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlashga;
•Ushbu soha fuqarolarimizdan shu kungi hayot talabi asosida ekologik huquqiy ma’naviyatli bo’lishni, hamda ushbu yo’nalishda doim yuksalish bo’lishini taqozo qilishi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Insoniyat rivojlanishi bilan uning tabiatga bo`lgan munosabati ham o`zgarib bormoqda. Shuning uchun ham har bir davlat o`z mamlakatining tabiiy boyliklarini asrash maqsadida muhofaza qilinadigan hududlarini tashkil qilgan. Bu hududlarni esa Davlat qo`mitasining boshqarmalari boshqaradi.Bugungi kungacha yer yuzida turli noyob hayvonlar insonning noto`g`ri munosabati va tazyiqi oqibatida butunlay yo`qolib ketgan va yo`qolish havfi ostida turibdi. Buning misoli sifatida XX asrgacha yo`q bo`lib ketgan tur, stellerov sigiri, qalin junli karkidon, xaltali bo`ri, sayyor kaptar, dronit, gigant dinoris kabi hayvonlarini misol qilib keltirish mumkin. [1,177b] Bu ko`rsatkich faqat yer yuzida emas, balki mamlakatimizda ham mavjud. Jumladan: turon yo`lbarsi, gepard, turkman quloni, Orol sulaymon balig`i kabi hayvonlar umuman yo`q bo`lib ketdi, qoplon, sirtlon, to`xta tuvaloqlar esa yo`q bo`lib ketish havfi ostidagi hayvonlardir. [2,8b] Ana shunday ayanchli oqibatlarning oldini olish va bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun alohida muhofaza qilinadigan hududlar tashkil etilgan. Xususan, respublikamizda alohida muhofaza qilinadigan hududlarning quydagi asosiy guruhlari mavjud
Davlat qo`riqxonalari. Bugungi kunda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar» tizmida qo`riqxonalar markaziy o`rinni egallab, ularning umumiy maydoni 2164 kv.km.ni tashkil etadi. Davlat qo`riqxonalari qadimiy va eng kuchli tartibda muhofaza qilinadigan hududlardan bo`lib, doimiy harakatda bo`lgan muhofaza qilinadigan mintaqalarni nomoyon etadi. Bu hudud ayrim o`simlik va hayvon turlarini yoki ekotizmlarni himoya qilishga qaratigan. Ularda har qanday xo`jalik faoliyati man qilinadi (nazorat qilinadigan ilmiy tadqiqot ishlaridan tashqari). Respublikamizda qo`riqxonalar soni 9 ta bo`lib ular Zomin, Chotqol Surxon, Qizil-Qum, Baday-To`qay, Zarafshon, Nurota, Kitob, Hisor kabi davlat qo`riqxonalardir.
Milliy bog`lar. Hududlarni muhofaza qilishning bu turi 1976-yilda Zomin va 1990-yilda Ugam-Chotqol milliy bog`larining tuzilishi tufayli joriy etilgan. Milliy bog`lar muhofaza qilinadigan hududning 30% ni tashkil etib, 6061 kv.km. maydonni egallaydi. Milliy bog`larning asosiy maqsadi bioxilma-xillikni saqlash, tabiatdan oqilona foydalanish (turizm, aholi dam olishi, qishloq xo`jaligi, o`rmon mahsulotlarini tayyorlash) hududni kuchli himoya qilishdir. Respublikamizda milliy bog`lar soni 2 ta ular yuqoridagilardir.
|
| |