|
Ishlab chiqarishdagi yoritilganlikni hisoblash
|
bet | 4/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #244905 |
Bog'liq xfxIshlab chiqarishdagi yoritilganlikni hisoblash
2.1. Mashg’ulot maqsadi.
Uchta usul yordamida E-yerning umumiy bir tekis yoritilshini taminlovchi yorituvchanlikli yoritilish qurilmasining S1 - shiftdan, S2 - devordan, S3 - yerdan akslanish koffitsientlari va H - balandlikdan, L - uzunlikli, b - kenglikli o’lchamli ishlab chiqarish binosi uchun yorug’ chiziq va solishtirma quvvat, yorug’lik oqimini qo’llash koffitsienti bo’yicha xisoblang. Qo’llaniladigan chiroqlar: turi – SOL (sanoatdagi osma lyuminesentli) 01-2·40. Chiroqlar shiftdan 0.3m masofada osilgan.
Insonga ko’rinadigan yorug’lik tabiatiga ko’ra - 380 dan 770 nm gacha uzunlikdagi elektromagnit to’lqinlar.Asosiy yorug’lik texnikaviy kattaliklarga yorug’lik oqimi, yorug’lik kuchi, ravshanlik, yoritilganlik , akslanish koeffitsienti taaluqli bo’ladi.
Sifat ko’rsatkichlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
Tusi;
Kontrast (foto yoki televizorda yorugh’lik yoki ranglarning keskin o’zgarishi);
Ko’rinish;
Ko’zni oladigan;
Diskomfort.
Ish joylarining yoritilganligi quydagi shartlarni qanoatlantirishi shart:
Ishlash joylarining yoritilganlik sathi,berilgan ish turning gigienik me’yorlarga mos bo’lishi kerak.Yoritish kattalik bo’yicha eng yaxshi bo’lishi zarur;
Binoda yoritilganlik satxining bir tekisligi va barqarorligi, shiddatli (tez) kontrastlarning mavjud emasligi, yorug’lik maydon bo’ylab bir tekis taqsimlangan bo’lishi kerak;
Ko’rish doirasida yorug’lik manbalardan yarqirash yuz bermasligi kerak, yoritish kattaligining vaqt bo’yicha pulsasiyasimaqsadga muvofiq emas;
Spektral tashkil etuvchilar bo’yicha suniy yorug’lik tabiiy yorug’likka yaqinlashishi kerak.
Su’niy yoritishning kamchiligi:
Yorug’likning sariqligi;
Spektral qizg’ishligi;
Ishlab chiqarish shartlarida yoritishning 3-turi qo’llaniladi: tabiiy, yani quyosh, su’niy, elektr yoki lyuminessent lampalar xosil qiladigan va almashlab ishlatish (kombinatsiyalar).
Suniy yoritishni me’yorlashtirishda hisobga olinadigan omillar:
Ko’rishga oid ishlar tavsifi;
Tuslanishni farqlash obyektining minimal o’lchami;
Ko’rishga oid ishlarni razryadlash;
Tuslanish obyektining kontrasti;
Tuslanishning och rangligi;
Yoritish tizimi;
Yorug’lik manba’sining turi;
Yorug’lik tarqatishga bog’liq holdachiroqlar 3 ta sinfga bo’linadi:
To’gri nur - jami yorug’lik oqimining 90% gacha pastgi yarim muhitda nurlanadi;
Akslangan nur - jami yorug’lik oqimining 90% gachasi yuqori yarim muhitga nurlanadi;
Yoyilgan nur - yorug’lik ikkala yarim muhit bo’yicha tarqaladi, shunda ularning birida 10% dan ortiq, boshqasida 90%gacha nurlanadi.
Eng yaxshi namunadagi chiroqlarning FIK. 0.8 dan yuqorini tashkil qiladi.Chiroqning himoya burchagi ko’zni lampaning yorug’ qismlarning ta’siridan ximoya darajasini aniqlaydi.
Ko’zni qamashtiruvchi ta’sirni cheklash talabidan kelib chiqib, ximoya burchagi kattaligiga bog’liq holda chiroqni osish balandligi me’yorlashtiriladi. Ximoya burchagi qanchalik katta bo’lsa, chiroq ko’zni qamashtirish ta’siri shunchalik kichik bo’ladi.
|
| |