• II BOB PEDAGOGIK AMALIYOTDA INOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH 35
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali




    Download 0,71 Mb.
    bet2/19
    Sana28.06.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #266109
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    MARUFJON KURS ISHI 2024 (1)




    MUNDARIJA

    KIRISH 9
    I BOB PEDAGOGIK AMALIYOTDA INOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH 10
    1.1. Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish tamoyillari, muommolar va yechimlari 10
    1.2. Pedagogik texnologiyalarni turlari va klassifikatsiyasi 23
    II BOB PEDAGOGIK AMALIYOTDA INOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH 35
    2.1 Kasb-hunar ta’limi tizimida pedagogning innovatsion faoliyati 35
    Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini о‘zgartirishga qaratilgan faoliyat. 35
    “О‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da kо‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1. texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2. ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qо‘llanishi”. 35
    A. Prigojinning fikriga kо‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boytib borish tushunilishi lozim. Bu о‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan iinovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida о‘ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi. Amerikalik psixolog E. Rodjers о‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bо‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bо‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari о‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini о‘rgangan. 35
    Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, о‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim Innovatsion ta’lim jarayonida qо‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. 35
    Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki о‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qо‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qо‘llanilgan. Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi (1-rasmga qarang). 35
    36
    1-rasm. Ta’lim innovatsiyalarining asosiy turlari 36
    Innovatsiyalar turli kо‘rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy kо‘rinishlari sanaladi: 36
    - yangi g‘oyalar; 36
    - tizim yoki faoliyat yо‘nalishini о‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar; 36
    - noan’anaviy yondoshuvlar; 36
    - odatiy bо‘lmagan tashabbuslar; 36
    - ilg‘or ish uslublari. 36
    Ta’lim tizimida yoki о‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qо‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi kо‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan о‘zgaruvchan mexanizmga ega bо‘lishi zarur. Barcha sohalarda bо‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bо‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni о‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondoshuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan о‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V. Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondoshuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bо‘lib, о‘zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g‘oyalarini о‘zida aks ettiradi. 36
    37
    Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va boshqa kо‘rinishida namoyon bо‘ladi. Mohiyatiga kо‘ra novatsiya va innovatsiya о‘rtasida muayyan farqlar mavjud. 37
    I. Podlasiyning fikriga kо‘ra, ta’lim innovatsionlari quyidagi о‘zgarishlarga olib keladi: 37
    - pedagogik tizimning tamomila о‘zgarishi; 37
    - о‘quv jarayonining о‘zgarishi; 37
    - pedagogik nazariyaning о‘zgarishi; 37
    - о‘qituvchi faoliyatining о‘zgarishi; 37
    - о‘quvchi (tinglovchi) faoliyatining yangilanishi; 37
    - pedagogik texnologiyaning о‘zgarishi; 37
    - ta’lim mazmunining yangilanishi; 37
    - о‘qitish shakl, metod va vositalarining о‘zgarishi; 37
    - ta’lim tizimi boshqaruvning о‘zgarishi; 37
    - ta’lim maqsadi va natijalarning о‘zgarishi. 37
    Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi о‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy о‘rganila boshlagan. Mohiyatiga kо‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. О‘z-о‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrofmuhitga kо‘rsatadigan о‘zaro ta’sirini ifodalaydi. 37
    V. Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq, yо‘naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning fikriga kо‘ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy sub’ektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag‘batlantirish maqsadini kо‘zlaydi. Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’ektiv, mahalliy va shartli g‘oyalar tarzida namoyon bо‘ladi. 38
    Xususiy yangilik munosabat, ob’ekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini о‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. 38
    Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ektning о‘zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi. 38
    Mahalliy yangilik alohida olingan ob’ekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi. 38
    Shartli yangilik esa munosabat, ob’ekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning yig‘indisini yoritishga xizmat qiladi. 38
    R. Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan kо‘rib chiqishga e’tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida avval ma’lum bо‘lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning о‘zgarib turishi mumkin bо‘lgan mazmuni ekanligi ta’kidlanadi. Rossiyalik olimlar A. Prigojin, B. Sazonov, V. Tolstoy, N. Stepanov va boshqalar esa innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini о‘rganishga e’tiborni qaratgan. Bu о‘rinda ular innovatsion jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki yondoshuv mavjud ekanligini e’tirof etadi: 1 - yangilikning individual mikro darajasi (unga kо‘ra qandayir yangi g‘oyaga amaliyotga joriy etiladi); 2 - alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning о‘zaro ta’sirini ifodalovchi mikro daraja (bu о‘rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning о‘zaro ta’sirlanishi, birligi, raqobati va birining о‘rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli sanaladi). A. Prigojin, B. Sazonov va V. Tolstoylar о‘z tadqiqotlarida yangilik kiritishning tizimli konsepsiyani asoslashga uringan. Bu о‘rinda mualliflar innovatsion jarayonlarning quyidagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib kо‘rsatishadi: 1. Yangilik sifatida namoyon bо‘ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish (m: korxona, tashkilot tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi). 2. Yangilik (muayyan mahsulot)ni keng kо‘lamda ishlab chiqish. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni echishga qaratilgan faoliyat. Mohiyatiga kо‘ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat. Shu о‘rinda trener-о‘qituvchining innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi: 38
    - о‘quv-trenerovka jarayoniga yangilikni qо‘llashga tayyorgarligi; 39
    - о‘quv-mashg‘ulotga oid yangiliklarni qabul qilishi; 39
    - novatorlik darajasi; 39
    - kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; 39
    - kreativligi. Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yо‘naltirish asosida nazariy bilim, amaliy kо‘nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan tо‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. 39
    M. Jumaniyozovaning e’tirof etishicha, pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bо‘ladi: 39
    - ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; 39
    - pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; 39
    - mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati; 39
    - tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish; 39
    - о‘zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qо‘llay olish; 39
    - hamkasblar bilan hamkorlik; 39
    - fikr almashish va metodik yordam kо‘rsata olishlik; 39
    - ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; 39
    - yangiliklarni izlab topish va ularni о‘z sharoitiga moslashtirib borish 39
    V. Slasteninning fikriga kо‘ra innovatsion yondoshuv quyidagilarga ega bо‘lishni ifodalaydi: 39
    - ijodiy faollik; 39
    - faoliyatga yangilik (о‘zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik jihatdan tayyorgarlik; 39
    - yangicha fikrlash; 39
    - yuksak muomala madaniyati 39
    R. Yusufbekova pedagogik nuqtai nazardan innovatsion jarayon tuzilmasi uch blokdan iborat deb hisoblaydi. Ya’ni: 1. Sohada namoyon bо‘layotgan yangilikni ajratib kо‘rsatuvchi blok (unda 40
    pedagogikadagi yangi g‘oyalar, pedagogik yangiliklarning tasnifi, ularni asoslashga xizmat qiladigan shart-sharoitlar, yangilik darajasini belgilovchi me’yorlar, pedagoglarning yangiliklarni о‘zlashtirish va unan amaliyotda samarali foydalanishga tayyorliklari, an’analar va novatorlik tashabbuslari, sohada yangiliklarni yaratish bosqichlari aks etadi). 2. Pedagoglar tomonidan yangilikning idrok qilinishi, о‘zlashtirilishi va baholanishi ifodalovchi blok (unda pedagogik jamoalar tomonidan yangiliklarning baholanishi va о‘zlashtirilishi – turli innovatsion jarayonlar, konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamoalarning yangilikni idrok etish va baholashga tayyorliklari aks etadi. 3. Yangilikdan foydalanish va uni joriy etish bloki (unda yangilikni amaliyotga tadbiq etish va ulardan samarali foydalanish hodisasi rо‘y beradi). Pedagogik innovatsiyalarning davriy takrorlanishi va qaytarilishi qonuniyati yangiliklarning yangi, yanada qulay sharoitlarda qayta tiklanishini ifodalaydi. Odatda trenerlik faoliyatidagi innovatsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi ikki xil kechadi: 1. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tadbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, innovatsion jarayonda pedagogik yangiliklarga bо‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, ularni amaliyotga tadbiq etishda mavjud shart-sharoitlar, metod va yо‘llariga ongli munosabat bildirilmaydi. 2. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tadbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, pedagogik yangiliklar innovatsion jarayonda ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsuli sifatida amaliyotga joriy etiladi Bugungi kunda trener-о‘qituvchilarning innovatsion faoliyati kо‘nikma, malakalariga ega bо‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Trener-о‘qituvchi tomonidan innofatsion faoliyat kо‘nikma, malakalarini о‘zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondoshuvga ega bо‘lishlari talab etiladi. О‘z mohiyatiga kо‘ra trenerо‘qituvchilar tomonidan innovatsion faoliyat kо‘nikma, malakalarining о‘zlashtirilishi ularda innovatsion yondoshuvni qaror topishi asosida kechadi. 40
    2.2. Neyron tarmoqlar 40

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali

    Download 0,71 Mb.