• Texnologik yondashuv
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali




    Download 0,71 Mb.
    bet7/19
    Sana28.06.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #266109
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
    Bog'liq
    MARUFJON KURS ISHI 2024 (1)

    Tizimli yondashuv – ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo‘nalishi sifatida universal tavsifga ega bo‘lib, pedagogikada keng qo‘llaniladi. «Tizimli yondashuv» tushunchasi ko‘pincha «tizimli metod», «tizimli tahlil usuli» tushunchalari bilan uzviy bog‘liq. Chunki tizimli tahlil usullari ham obyektni yaxlit tizim sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv tuzilish vazifasiga ko‘ra bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning obyekti yaxlit narsa yoki hodisa hisoblanadi, u obyektning turli qismlarini, qismlarning o‘zaro uzviyligini, tizim chegaralarini va tizimning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi. Bu tizimda bir qancha qoida va tamoyillar majmuidan foydalaniladiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.
    Texnologik yondashuv. Texnologiya tushunchasi – tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanadigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko‘rsatmali tuzilmada o‘z ifodasini topadi.
    Ta’limga texnologik yondashuv o‘quv jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq etaplar va amallarga ajratishni va bo‘lishni; ta’limdan ko‘zlangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, bosqichma-bosqich amalga oshirishni; loyihalashtirilgan ish va amallarning barchasini bir xil tarzda bajarishni nazarda tutadi.
    Qayta takrorlanish xususiyati tufayli ushbu tizim modul shakliga ega bo‘lib, mazmunlar bilan to‘ldirilgan va umumiy tarkibga bog‘langan birliklar, ya’ni ta’limning umumiy maqsadi va mazmuni, o‘quv maqsadi, o‘qitish va baholash jamlamalaridan tashkil topadi. Amalda bu pedagogning qayta-qayta takrorlanuvchan harakatining algoritmi hisoblanadi. Ushbu algoritmning yangi bo‘limlarda qo‘llanishi o‘quv jarayoni ko‘lamini qamrab oladi.
    Ta’lim jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirish bosqichida, yetakchi pedagoglar pedagogik texnologiyaning qonun-qoida va tamoyillari asosida uslubiy ashyolarni ishlab chiqish paytlarida yuqoriroq malaka talab etiladi. Loyiha tayyor bo‘lgach, pedagog asosan tashkiliy va maslahatchi vazifalarini bajaradi. Bu yondashuv asosan, reproduktiv ta’limga xosdir. Reproduktiv ta’lim tipik vaziyatlarda biror ish - harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir. Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida ta’lim – takror ishlab chiqiladigan konveyerli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O‘quv materiali aniq ifodalangan o‘quv maqsadiga mos qayta tuzilib, ishlab chiqiladi, ba’zi bo‘laklari qismlarga ajratilib, har bir bo‘lakni o‘rganish mustaqil nazorat qilinib, xato va kamchiliklari tuzatilib boriladi.
    O‘quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati – o‘quv jarayonining so‘nggi natijalari bo‘lgan o‘quv maqsadiga erishishga yo‘naltirilganligini ham kuzatish mumkin. Texnologik yondashuvni qo‘llash qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi.
    Keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari ta’lim jarayonining ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni taqozo qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, pedagoglardan ta’lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egalashni, hududimizning milliy, ma’naviy-madaniy xususiyatlarini va an’analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo‘llash hamda rivojlantirishni talab etadi.
    Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan didaktik loyihalash usullariga bo‘lgan munosabat o‘quv jarayonini samarali va ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini baholashga yordam beradi. Ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv - boshqaruvchi, ya’ni o‘qituvchining mavjud imkoniyatlari asosida tahsil oluvchilarga kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘yilgan maqsadga mos holda shakllantirish jarayonidir. Ta’limda boshqarish jarayoni turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishga turli texnologiyalar joriy etilmoqda. Ta’limning harakatchan modelini tuzish orqali boshqarish o‘zining samaradorligini ko‘rsatmoqda. Mo‘ljallangan texnologiya tizimli yondashuvga asoslangan bo‘lib, quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: o‘rganilayotgan fan bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlash; tayyorlangan ma’lumotlarni o‘qitish uslubi va maqsadini e’tiborga olgan holda ma’lum ketma-ketlikka keltirish; o‘rganilayotgan mazmunni qo‘llamoqchi bo‘lgan pedagogik usullar nuqtai nazaridan tahlil qilish; pedagogik texnologiyalarni yaratilishining dastlabki bosqichiga oid maqsadni aniqlash; pedagogik texnologiyalarni qo‘llash jarayoni ketma-ketligini ishlab chiqish; texnologiyalardan foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar tayyorlash; texnologiyalarni qo‘llash va erishilgan natijalarni bilim, ko‘nikma va malaka tizimlariga ajratish; olingan natijalar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash; ko‘zlangan maqsadga erishilganlik darajasini aniqlab, baholash; ta’limni boshqarish jarayoni to‘g‘risida tegishli xulosalar chiqarish va boshqalar.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ijodiy pedagogikaga, ijodkor o‘qituvchiga ehtiyoj nihoyatda ortib bormoqda. Bugun ta’lim muassasalarida ijodkor o‘qituvchilarning bo‘lishi davr talabidir.
    Pedagogik faoliyat – inson shaxsi, uning dunyoqarashi, ishonchi, ongi, xulqini shakllantirishga bo‘ysundirilgan cheksiz masalalarni yechish jarayonidir. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda pedagogik faoliyat turlari (ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, safarbarlik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik va boshqalar) qator olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Shu bilan birgalikda pedagogik faoliyat muntazam o‘zgaruvchan, yangilanuvchan, rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi, unga ijtimoiy buyurtma uzluksiz ta’sir ko‘rsatadi.
    Ta’lim-tarbiya jarayonini Pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash vazifasi pedagogdan bevosita ijodiy faoliyatni hamda ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan soha bilimlarini talab etadi. Demak, texnologiya mavjud, uni ta’lim-tarbiya jarayoniga singdirish shart ekan, bu jarayon qayerda kechishi mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu esa, shaksiz, pedagogik korxonada, ya’ni pedagogik ishlab chiqarish jarayonida ro‘y beradi.
    Tarbiyalash texnologiyasi nisbatan yangi atama bo‘lishiga qaramay rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi pedagogikada yangi yo‘nalish hisoblangan «ijtimoiy pedagogika» bilan birgalikda fuqarolik g‘ururi, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyat hissi va boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishda jiddiy ta’sir qilmoqda.
    Ta’kidlash joizki, tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g‘oyasi, mazmuni va tarkibini emas, balki bu sohadagi respublikamiz hukumati tomonidan ishlab chiqilgan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo‘ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko‘rib chiqadi.
    O‘qituvchi (pedagog)larning o‘zida muloqot, bahs olib borish madaniyatini shakllantirish maqsadida pedagogik ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablar, ayniqsa muhimdir. O‘zaro hamkorlik pedagogikasi – o‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchi-talabalar orasida hamfikrlilik, ishonch, o‘zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlar tomonidan haqiqiy insoniy qadriyatlarni anglash va e’tirof etilishini kafolatlaydi.
    Prezident I.A. Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Bizning oldimizda ozod fuqaro shaxsining ma’naviyatini, boshqacha aytganda, ozod, har tomonlama rivojlangan, o‘z huquqlarini yaxshi biladigan, kuchi va qobiliyatiga ishonib tayanadigan, atrofdagi hodisalarga o‘zining mustaqil fikr va munosabati mavjud, o‘z manfaatlarini vatan va xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradigan shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi», deb ta’kidlagan edi.
    Milliy o‘zlikni anglashni butun olam insonparvarlik g‘oyasi va madaniyati, umuminsoniy qadriyatlar, ko‘p millatli xalqimiz an’analaridan ajratib tiklab bo‘lmaydi. Yoshlarning iqtidori va bilimga chanqoqligi ma’naviyatga erishishi va rivojlanishiga yordam beradi.
    Milliy mafkura, psixologik va pedagogik fanlardan foydalanib, maqsadlar ketma - ketligini to‘g‘ri «texnologik» tanlay bilish o‘ta muhim. Nazariya nuqtai nazaridan tarbiya uslubiyatini ta’riflash yetarli. Lekin texnologik jihatdan barcha tarbiya maqsadlarining qismlarini aniqlash va ularni ro‘yobga chiqarish yo‘llarini belgilash zarur bo‘ladi.
    «Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bo‘lg‘usi mutaxassislarning umumiy va kasbiy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha jamlama tarbiyaviy ishlar rejasi» tarbiyaviy ishlarni dasturlashga misol bo‘la oladi. Ushbu dastur Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘quv yurtlari olimlari va pedagoglari guruhining mehnati mahsulidir. Uning asosi qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekistonning daxlsizligini mustahkamlash, uning buyuk kelajagini barpo etish, har bir talabani ko‘p qirrali barkamol va Vatanning yuksak g‘oyalariga sodiq shaxs sifatida tarbiyalash haqidagi ko‘rsatmalari olingan.
    Dasturda asosiy tarbiyaviy yo‘nalishlar va maqsadlar keltirilgan. Jumladan, fuqaro tarbiyasi, kasb egallash, shaxsiy mas’uliyat, yuqori malakali bo‘lish va kasbiy mahoratga intilishni tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, talabani shaxs sifatida rivojlantirish kabilarga alohida e’tibor berilgan. Mazkur dastur talaba va pedagogning faoliyatlarini ayrim-ayrim holda ta’riflaydi, bu esa quyida keltirilgan tarbiya texnologiyasi va D. Kratvolning ruhiyatli qadriyat sohasidagi o‘quv maqsadlari tasniflagichga mos keladi. U dunyoda tan olingan tarbiyaviy maqsadlarni va kutiladigan natijalarni rejalashtirishda keng qo‘llaniladi. Uning asosida tarbiyaviy texnologiya yotadi. Ta’lim texnologiyasi kabi tarbiya vazifalarini shakllantirishda ta’lim oluvchilar xatti-harakatini aks ettiruvchi fe’llardan foydalaniladi.
    O‘quv-tarbiya jarayoniga Pedagogik texnologiyar larni joriy qilish pedagogdan ijobiy ishlashni talab etadi. Pedagog o‘zida unga yordam beruvchi tashqi imkoniyatlar, ya’ni, nazariy-amaliy, o‘quv qurollari va vositalari mavjudligi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Pedagog o‘zidagi mavjud ma’lumot va imkoniyatlar asosida qaralayotgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlar hamda ilg‘or o‘qitish uslublarini ko‘zlagan maqsadga yo‘naltirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
    Pedagogda shakllangan bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish vositalari, Pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltira olish qobiliyatlari mavjud bo‘lib, u davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim oluvchiga aniq maqsadini belgilab beradi. Bu esa, o‘z navbatida, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash rejasini ishlab chiqishga, ya’ni vazifalarini belgilab olishga olib keladi. Belgilangan maqsad va vazifalarni e’tiborga olgan holda ta’limning harakatchan modeli yaratiladi. Modelni ishlab chiqish asosan tizimli yondashuv uslubi, maqsadlar tizimini yaratish va unga erishish ketma-ketligiga asoslangan holda olib boriladi. Ta’lim modelini yaratish zamonaviy ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biridir.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» pedagogga raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yuzasidan zamonaviy talablar majmuini belgilab beradi. Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan talablarning majmui, pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq asosiy talablar quyidagilardan iborat, ya’ni:
    - pedagogning ta’lim berish mahorati;
    - pedagogning tarbiyalay olish mahorati;
    - ta’lim-tarbiya jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxs fazilati;
    - ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati.
    Bugungi kunda O‘zbekistonda jahon ta’lim maydoniga kirishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim tizimi qaror topmoqda. Bu jarayon bilan bir vaqtda pedagogik o‘quv-tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ta’limdagi yondashuvlar tarkibi o‘zgarmoqda va boshqacha munosabatlar, pedagogik mentalitetlar o‘rnatilmoqda. Ta’lim tizimi yangi axborotlar bilan ishlash qobiliyati ijodiy yechimining ta’lim dasturini individuallashtirishga qaratilishi bilan boyitilmoqda.
    Ta’lim – pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo‘lib, o‘quvchi-talaba bilan o‘qituvchi (pedagog) ning shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng bo‘lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib bormoqda.
    Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab. Ta’lim samaradorligi pedagog va talaba-o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga, jamiyatda ilmli kishilarga bo‘lgan ehtiyojga va boshqa hali aniqlanmagan omillarga bog‘liq. Jamiyat o‘zining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ehtiyojlari asosida ta’lim samaradorligi yuqori bo‘lishini talab etadi.
    O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tuzilmalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo‘llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini topadi. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov «….shuni yaxshilab tushunib olishimiz zarurki, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuqarolik institutlarini shakllantirish, avvalo, aholi ijtimoiy, siyosiy va davlat hayotida nechog‘lik faol ishtirok etishi bilan uzviy bog‘liq» deb ko‘rsatdi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak.
    Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Ta’lim jarayonida talabada mustaqil bilim olish ehtiyoji shakllanib borishi hozirgi kunning talabidir. Pedagogik amaliyot va tadqiqotlarda qator ish usullari qo‘llab ko‘rildi. Ta’limni muammoli tashkil etish, ta’limda o‘quvchilarni faollashtirish, hamkorlik pedagogikasi, tayanch so‘zlariga asoslanish, ta’limni optimallashtirish va boshqalar tajribadan o‘tdi. Lekin bu pedagogik vositalar ayrim o‘qituvchilarda samarali natija bersa ham, uni ommaviy yo‘sinda ta’lim tizimiga kiritib bo‘lmadi. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati talabalarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni talabalarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
    Pedagogik texnologiya asosida dars o‘tishda eng asosiy talab talabaning hayotiy tajribasi avval o‘zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko‘zda tutadi. Pedagogik texnologiya o‘rganilayotgan soha bo‘yicha talabalarda bilim yetarlicha bo‘lmagan holda ham talabada salbiy kechinmaga o‘rin qoldirmaslikni, bu talabaning aybi emasligini tan olishni talab etadi. Faollik ko‘rsatilsa, bilimlarni o‘zlashtirib olishga talabalarda ishonch hosil qilish tavsiya etiladi.
    Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma’lumotlarda e’tibor ko‘proq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va natijasini hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda talabaning avvalgi bilimlari, hayotiy tajribasi yetarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida avval o‘tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog‘lash taklif etilgan. Lekin shu yangi o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha talabaning bilimini aniqlash, mavzuga xos bo‘ladigan dastlabki ma’lumotlarni berish yetarlicha amalga oshirilmagan.
    Pedagogik texnologiya talabalarning o‘rganilayotgan soha bo‘yicha bilimlarni esga tushirish, jonlantirish yangi bilimni o‘zlashtirishga asos bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Bilimlar va tayyorgarlikni aniqlash talabani faollashtirish va bilim o‘zlashtirishga ijobiy motivni keltirib chiqaradi. Mavzuni o‘rganishga kirishishda erkin suhbat, munozara, aqliy hujum va boshqa shakllarda jonlantirish mumkin.
    Pedagogik texnologiya ta’lim amaliyotida uchta darajada qo‘llaniladi:

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali

    Download 0,71 Mb.