• Dasturiy Injiniring.
  • Kiberxavsizlik.
  • “TATU” fakultetlari haqida ma’lumot




    Download 1.6 Mb.
    bet3/6
    Sana24.02.2024
    Hajmi1.6 Mb.
    #161740
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Individual ss
    Документ Microsoft Word (7), Зафтрак, Sanjar KG, Mustaqil ish, Mustaqil ish, WiFi, SMENA, Housekeeping, Qodirov\'S ss, Oper s77, Mavzu operatsion tizimlarda hisoblash jarayoni va resurs tushun, Ovozli tasvir, O\'zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar vazirligi Muhamm, O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm
    1.2. “TATU” fakultetlari haqida ma’lumot

    Kompyuter Injiniringi.

    Kompyuter injiniringi fakulteti 2013 yil 26 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Axborot texnologiyalari” fakulteti negizida tashkil topgan. Xozirgi kunda fakultetda 80 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.
    Fakultetda 5330500 – “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura va 5A33501 – “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi, kriptografiya va kriptoanaliz”)” xamda 5A330502 – “Elektron xukumat tizimini boshqarish” mutaxasisliklari bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

    Dasturiy Injiniring.

    “Dasturiy injiniring” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini kelgusida takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar haqida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan.
    Fakultetda bakalavriatura va magistratura bo‘yicha kompyuter va mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minotlarni boshqarish va ularni yaratish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va uzatish, kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturlarini yaratuvchi mutaxassislar tayyorlanadi.
    Kiberxavsizlik.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 25 yanvardagi yig‘ilishining 5-son bayoni bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil I yarim yilligi ish rejasining 10-bandiga muvofiq belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda vazirlik tomonidan TATUda “Axborot xavfsizligi” fakulteti va fakultet qoshidagi mutaxassislik kafedralarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish yuzasidan, shuningdek, TATUda “Axborot xavfsizligi” fakultetini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyasi xavfsizligi masalalari bo‘yicha Texnik kengashning majlisining 2016 yil 18 iyuldagi 3-son bayonini va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2016 yil 29 avgustdagi 1(661)-son Kengashining universitet tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘yicha Qarori asosida “Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibidagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi “Axborot xavfsizligi” fakulteti tarkibiga o‘tkazildi, hamda uning negizida “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Kriptologiya va diskret matematika” kafedralari tashkil etildi.


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4751-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4851-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 24 – sentabrdagi 33-8/6733 – son xati va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 30 sentabr 2021 yildagi №995 sonli buyrug‘i bilan “Axborot xavfsizligi” fakulteti “Kiberxvfsizlik” fakultetiga o‘zgartirildi.

    Download 1.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “TATU” fakultetlari haqida ma’lumot

    Download 1.6 Mb.