|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi
|
bet | 1/8 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #135378 |
Bog'liq Igamberdiyeva Sohiba
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" KAFEDRASI
“MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR”
fanidan
№ 1 - МUSTAQIL TA’LIM
HISOBOTI
Bajardi: TTS021-01(A) guruh talabasi:
Igamberdiyeva Sohiba
Tekshirdi: Xo’jayorov I.S
SAMARQAND – 2024 .
1-mustaqil ish. Mavzu: Ma’lumotlar tuzilmasining umumiy ko‘rinishlari. Ma’lumotlarning sozlangan turlari.
Ishdan maqsad: Ma’lumotlar tuzilmasi va ular ustida amallar
bajarish. Ma’lumotlarning sozlangan turlari va keltirilgan toifalar
Ishni bajarish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma'lumotlarini o'rganish;
Berilgan topshiriqni algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish;
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ma'lumotlar tuzilmasi - bu ma'lumotlar to'plamini saqlash va tahlil qilish uchun ishlatiladigan tuzilma yoki ma’lumotlar jamlanmasi. Ma'lumotlar tuzilmasi umumiy ko'rinishlar va turlari, algoritmlar va ma'lumotlar ifodalash bosqichlarini o'z ichiga oladi.
Ma’lumotlar toifalari
Ko‘plab dasturlash tillarida ma’lumotlar bazaviy va keltirilgan toifalarga ajratiladi. Ma’lumotlarning toifalarini
klassifikatsiyalash mumkin.
Toifalar klassifikatsiyasi
Ma’lumotlarning ixtiyoriy toifasi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan amallar orqali tavsiflanadi. void kalit so‘zi hech qanday toifaga ega emaslikni anglatadi. Bunday toifadagi funksiyalar hech qanday qiymatni qaytarmaydi. Lekin asosiy dastur tanasi, ya’ni main() funksiyasi void toifasiga ega bo‘lolmaydi, u int toifasida bo‘lishi kerak
|
| |