• Masalan: enum Ranglar{oq, qora, qizil, yashil};
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi




    Download 1,69 Mb.
    bet5/8
    Sana12.01.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #135378
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Igamberdiyeva Sohiba

    Bir qancha qiymatlardan birini qabul qila oladigan o‘zgaruvchiga sanaladigan toifadagi o‘zgaruvchilar deyiladi va bunday o‘zgaruvchilarni e’lon qilishda enum kalit so‘zi va undan keyin toifa nomi hamda figurali qavs ichida vergullar bilan ajratilgan o‘zgarmas qiymatlar ro‘yhati ishlatiladi.

    Masalan: enum Ranglar{oq, qora, qizil, yashil};

    Bu yerda Ranglar nomli sanoqli toifa yaratildi. Ushbu toifaning 4 ta o‘zgarmas elementlari mavjud va ular dastlab 0 dan boshlab sanaladigan butun sonli qiymatga ega bo‘ladilar. Ayrim hollarda foydalanuvchi tomonidan o‘zgarmaslarga ixtiyoriy sonli qiymat ham o‘zlashtirilishi mumkin. O‘zgarmaslarga qiymatlar o‘sish tartibida berilishi kerak. Masalan, enum Ranglar{oq=100,qora=200,qizil,yashil=400};

    Bu yerda qizil o‘zgarmasning qiymati 201 ga teng bo‘ladi. Endi shu toifadagi 8 birorta o‘zgaruvchini e’lon qilish mumkin. Ranglar r=qizil; Endi r o‘zgaruvchi ranglar toifasida aniqlangan o‘zgarmaslardan ixtiyoriy birini qiymat sifatida qabul qila oladi.


    Masalan:



    Ko‘rsatkichli toifa

    Ko‘rsatkichlar ma’lumotlarni emas, balki bu ma’lumotlar joylashgan

    xotiradagi manzilni o‘zida saqlaydi. Ko‘rsatkichlar xotirada bor yo‘g‘i 4 bayt joyni egallab, u ko‘rsatayotgan ma’lumotlar ancha katta joyni egallagan bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatkichlar qanday ishlashini bilish uchun mashina xotirasi tashkil etilishining tayanch prinsiplarini bilish lozim. Mashina xotirasi 16 lik sanoq sistemasida raqamlangan yacheykalar ketma-ketligidan iboratdir. Har bir o‘zgaruvchining qiymati uning adresi deb ataluvchi alohida xotira yacheykasida saqlanadi. Ko‘rsatkichli toifadagi o‘zgaruvchilar o‘zida ana shu kabi o‘zgaruvchilar yoki boshqa ma’lumotlarning xotiradagi adresini saqlaydilar. C++ da o‘zgaruvchini ko‘rsatkichli toifada e’lon qilish uchun o‘zgaruvchi nomidan oldin * belgisi qo‘yiladi. Har bir o‘zgaruvchining toifasi bilan e’lon qilingani kabi ko‘rsatkichli o‘zgaruvchilar ham ma’lum bir toifa bilan e’lon qilinadi. Bunda ko‘rsatkichli o‘zgaruvchining toifasi – shu ko‘rsatkich ko‘rsatayotgan xotira yacheykasidagi ma’lumotning toifasi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Masalan, int a=1 bo‘lsin. Ushbu o‘zgaruvchining adresini o‘zida saqlovchi b ko‘rsatkichli o‘zgaruvchini e’lon qilishda ham int toifasi ishlatiladi, ya’ni int *b. Endi bunday toifadagi o‘zgaruvchiga a o‘zgaruvchining adresini o‘zlashtirish uchun a ning oldiga & - adres operatorini qo‘yish zarur, ya’ni b=&a.


    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi

    Download 1,69 Mb.