13
Ishlab chiqarish jarayonlarida biror bir mahsulot ishlab chiqarish uchun nazorat qilinishi yoki
o‘lchanishi kerak bo‘ladigan asosiy parametrlar (kattaliklar) bo‘lib turli muxitdagi harorat;
sarflanish, bosim, gaz va suyuqliklarni tarkibi; metallar tarkibi; prokatni geometrik o‘lchamlari
hisoblanadi. Avtomatik o‘lchash asboblari yordamida muhitning yoki ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning haroratini o‘lchash asosiy hisoblanadi.
Odatda, ishlab chiqarish jarayonlarida haroratni o‘lchash uchun ikkita asosiy o‘lchash
usullaridan foydalaniladi: – kontaktli va kontaktsiz. Kontaktli usullar bilan haroratni o‘lchash
o‘lchanayotgan ob’ektning harorati o‘lchash vositasini ob’ekt bilan bevosita tegib turishi asosida
amalga oshiriladi. Bu uslubni o‘ziga xos kamchiliklari mavjud. Ob’ektni xarorat maydoni unga
termopriemnik kiritilganda buziladi. Uzaytirgichni harorati ob’ektni haqiqiy haroratidan xamisha
farqlanib turadi. Haroratni o‘lchashning yuqori chegaralari xarorat ko‘rsatkichlari tayyorlangan
materiallarning xossalari bilan chagaralangan. Bundan tashqari, etib borishni imkoni bo‘lmagan
darajada aylanuvchi, katta tezliklar mavjud ob’ektlarda haroratni o‘lchashni bir qator masalalarini
kontakt uslida xal etib bo‘lmaydi.
Kontaktsiz usul esa ob’ektning haroratini ma’lum bir masofadan o‘lchash usuli hisoblanadi.
Kontaktsiz usul nurlanuvchi orqali beriladigan va tadqiq etilayotgan ob’ektdan bir qancha
masofadan qabul qilinadigan issiqlik energiyasini qabul qilishga asoslangan. Bu usul kontakt
usulga qaraganda sezuvchanligi kamroq hisoblanadi. Haroratni o‘lchash muhim darajada
foydalanishdagi darajalashtirish sharoitlarini barpo etish bilan bog‘liq, aks holda axamiyatga molik
xatoliklar paydo bo‘ladi. Haroratni uning biror bir parametrini o‘zgarishi asosida (hajm, bosim,
elektr yurituvchi kuch, qarshilik yoki solishtirma qarshilik va hokazolar) yoki uzatilayotgan signalni
o‘lchashga xizmat qiluvchi qurilma termometr deb ataladi (GOST 13417-76). Quyida biz ishlab
chiqarish jarayonlarida asosiy qo‘llaniladigan haroratni o‘lchash usullari bilan tanishtiramiz.