14
kelvin (1K) xizmat qiladi, u SI
sistemasidagi etti asosiy birlikning biri bo‘lib sanaladi. Bu
birlik ushbu shkalani ishlab chiqqan va haroratni o‘lchash birligi kattaligi
Selsiyni xarorat shkalasi
kabi saqlab qolgan ingliz fizigi Uilyam Tomson (lord Kelvin) (1824 - 1907) sharafiga qo‘yilgan.
Ikkinchi tavsiya qilingan shkala- xalqaro amaliyotdagi shkala bo‘lib – bir qator sof maxsullarni
fazaga oid o‘tishlarida 11ta reper nuqtadagi haroratga ega, bunda ushbu nuqtalarning harorat
qiymatlari hamisha aniqlanib turadi. Xalqaro amaliyotdagi shkalada haroratni o‘lchash birligi bo‘lib
1 K xizmat qiladi.
Hozirgi paytda haroratga xos bo‘lgan, ham termodinamik
shkalani va ham halqaro
amaliyotdagi shkalani asosiy reperi bo‘lib, suvni uchyoqlama nuqtasi hisoblanadi. Bu nuqta bir
vaqtni o‘zida qattiq, suyuq va gazsimon holatda amal qiluvchi harorat va bosim qiymatlariga qat’iy
muvofiq keladi. Bunda, agar termodinamik tizimni holati faqatgina harorat va bosim qiymatlari
bilan aniqlansa, unda uch yoqlama nuqta bitta bo‘ladi. SI sistemasida
suvning uchyoqlama
harorati bosim 609 Pa bo‘lganda 273,16 K ga teng kabi olingan.
Haroratni etalon yordamida aniqlanadigan reper nuqtalarni berilishidan tashqari, jismning
belgilari haroratni o‘zgarishlarini bildiradigan yoki termometrik belgilarni o‘zgarishlarini fizik
kattaliklarini
bayon etuvchi, termodinamik xossalarini tanlash kerak. Bu xossalar oson barpo
qilinuvchi, fizik kattaliklari esa –oson o‘lchanuvchi bo‘lishi kerak. Ushbu fizik kattalikni o‘lchash -
reper nuqtalariga nisbatan oraliqdagi harorat nuqtalarining termasini ( va ularga xos bo‘lgan harorat
qiymatini) olishga imkon beradi.
Termometrik belgilarini o‘lchash yordamida haroratning o‘lchashni amalga oshiriladigan jism
termometrik jism deb ataladi.
Ishlash prinsipiga qarab, barcha termometrlar va ular yordamida o‘lchash usullari quyidagi
guruxlarga ajratiladi
2,3
:
1. Haroratni o‘zgarishlarida suyuqliklar yoki qattiq jismlarning hajmlarini o‘zgarishiga
asoslangan va -260 dan +700°S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan -