190
9.3 –rasm. «RFM-300» tipidagi
laboratoriya refraktometri.
Yorug‘likning to‘la ichki qaytishi yorug‘likning optik zichligi katta muhitdan optik zichligi
kichik muhitga o‘tishida sodir bo‘ladi. Masalan, bu hodisa yorug‘lik suvdan havoga yoki shishadan
havoga o‘tishida ro‘y beradi. Biror S yorug‘lik manbaidan tarqalayotgan nurlar ikki muhit
chegarasiga turlicha burchak ostida tushayotgan bo‘lsin (9.4 –rasm).
9.4 - rasm. To‘la ichki qaytish xodisasi.
9.4-rasmda a, b, c, d, e, f, g nurlar optik zichligi katta bo‘lgan muhitdan optik zichligi kichik
muhitga o‘tayotgan bo‘lsin. Nurning tushish burchagini orttirib borish bilan va uning biror bir