22
termometrlari bilan muxitning uni sezuvchan elementlari bo‘lgan qatlamlarida ba’zi bir o‘rtacha
haroratlarini o‘lchanadi.
Keng qo‘llanilayotgan, sof metallardan yasalgan qarshilik termometrlari izolyasiya qiluvchi
maxsus karkasga yuqa simdan chulg‘am ko‘rinishida tayyorlanadi. Ushbu chulg‘amni qarshilik
termometrini sezuvchan elementi deb atash qabul qilingan. Qarshilik termometrlarini mexanik
urilishlardan va zararlanishidan saqlash maqsadida, uning sezuvchi elementini maxsus himoya
gilzasiga joylanadi.
Metall qarshilik termometrining afzalliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
haroratni o‘lchashda aniqlik darajasining yuqoriligi; ularga qarshilik termometrlarini yo‘l
qo‘yiladigan haroratlarda qo‘llashda istalgan harorat oraliqlariga standart darajlashtirish shkalasi
bo‘lgan o‘lchash asboblarini chiqarish imkoniyatlari; bitta o‘lchash asbobiga ulash orqali bir
qancha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qarshilik termometrlarini birlashtirish yo‘li bilan haroratni o‘lchash
imkoniyatlari; ularni axborot-hisoblagich mashinalari bilan birga foydalanish imkoniyatlari.
Sanoat sharoitlarida haroratni o‘lchashda qarshilik termometrlari logometrlar, avtomatik
muvozanatlashgan ko‘prikchalar va avtomatik kompensatsiyalovchi asboblar bilan birgalikda
qo‘llaniladi. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, ushbu asboblar Selsiy graduslarida
darajalashtirilgan shkala bilan ta’minlangan. Va u faqat qarshilik termometrini ma’lum bir
darajalashtirishlarida, hamda termometrni o‘lchash asbobi bilan birlashtiruvchi simlar qarshiligi
berilgan qiymatlaridagina haqiqiy amal qiladi.