O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti




Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/280
Sana22.05.2022
Hajmi5.37 Mb.
#21646
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   280
Bog'liq
qarshiliklar
kimyo prezintatsiya 5, O\'lchash usullari va vositalari. MamajonovA.A. Sattorov M.O., 1 savol, InformatikavaATMaruzalarmatni1-qism2008, Test uchun shablon, blank lesson plan(1) 310522165825, topshiriqlar, 4180584f2181795450dd1516cd9d680f O’QUV – USLUBIY MAJMUA , 4-amaliy topshiriq, 1685971116, 5-qism методичка(Optika) (2), 500 tests for summer school, Shaxsni o’rganish metodlari Reja Shaxs haqida tushuncha Jahon p, Yakka tartibdagi tadbirkorlik-WPS Office
Termometrlar – tadqiq etilayotgan muhitni yoki havoning haroratini o‘lchash uchun o‘lchash 
asbobi hisoblanadi. Haroratni o‘lchash qurilmasini birinchi bo‘lib 1598 yilda italyan olimi ixtiro 
qilgan (masalan, Galileyni termoskopi, 1597), «termometrlar» atamasini o‘zi - 1636 yilda 
shakllangan, va shundan keyin M.V.Lomonosov, Farengeytlar termometrlarni har xil turlarini 
ishlab chiqdilar.
Termometrlarni harakatlari haroratga bir turdagi ma’noda bog‘liq bo‘lgan, hamda jismni 
turlicha bo‘lgan fizik xossalarini aniqlashga oson beriluvchan o‘zgarishlarga asoslangan 
(geometrik o‘lchamlar, yopiq hajmdagi bosim, elektrik qarishilik, termoelektr yurituvchi kuch, 
magnit qabul qiluvchanlik va boshqalar).
Harorat – texnologik jarayonning asosiy parametri bo‘lib hisoblanadi va amaliyotda turli 
mahsulotlar tayyorlash uchun ham yuqori va ham past haroratlarda ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. 
Biror bir moddaning harorati asosan modda molekulalalarini harakat tezliklari bilan 
aniqlanadi, issiqlik holatlari negizida modda molekulasini ichki kinetik energiyasi bilan 
tavsiflanadi, modda molekulasi tezligiga bilan to‘g‘ri proporsional bog‘langan bo‘lib, moddaning 
qizdirilganlik darajasini ko‘rsatadi
1
.
Molekulalarni o‘rta kinetik energiyasi va ideal gaz harorati bilan o‘zaro bog‘liqligi quyidagi 
formula orqali ifodalanadi:
Bunda, - Bolsman doimiyligi,
K=1,380*10
-23
J/K; 
T- absolyut harorat, K. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida yuqori samaradorlikga erishish, tejamkor bo‘lgan va xavfsiz 
ishlash sharoitlarida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish uchun - ishlab chiqarish 
jarayonlaridagi parametrlarni o‘lchashni zamonaviy usullari va o‘lchash vositlarini qo‘llashni talab 
etadi.
1
T
heraja B. L. , Theraja А. К. A textbook of electrical technology.
 volume II. - 
R
am nagar, New Delhi. -110 055. 
S. 
Chand & Company LTD. -
2005. - 709 p.
кT
E
2
3



13 
Ishlab chiqarish jarayonlarida biror bir mahsulot ishlab chiqarish uchun nazorat qilinishi yoki 
o‘lchanishi kerak bo‘ladigan asosiy parametrlar (kattaliklar) bo‘lib turli muxitdagi harorat; 
sarflanish, bosim, gaz va suyuqliklarni tarkibi; metallar tarkibi; prokatni geometrik o‘lchamlari 
hisoblanadi. Avtomatik o‘lchash asboblari yordamida muhitning yoki ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning haroratini o‘lchash asosiy hisoblanadi.
Odatda, ishlab chiqarish jarayonlarida haroratni o‘lchash uchun ikkita asosiy o‘lchash 
usullaridan foydalaniladi: – kontaktli va kontaktsiz. Kontaktli usullar bilan haroratni o‘lchash
o‘lchanayotgan ob’ektning harorati o‘lchash vositasini ob’ekt bilan bevosita tegib turishi asosida 
amalga oshiriladi. Bu uslubni o‘ziga xos kamchiliklari mavjud. Ob’ektni xarorat maydoni unga 
termopriemnik kiritilganda buziladi. Uzaytirgichni harorati ob’ektni haqiqiy haroratidan xamisha 
farqlanib turadi. Haroratni o‘lchashning yuqori chegaralari xarorat ko‘rsatkichlari tayyorlangan
materiallarning xossalari bilan chagaralangan. Bundan tashqari, etib borishni imkoni bo‘lmagan
darajada aylanuvchi, katta tezliklar mavjud ob’ektlarda haroratni o‘lchashni bir qator masalalarini
kontakt uslida xal etib bo‘lmaydi.
Kontaktsiz usul esa ob’ektning haroratini ma’lum bir masofadan o‘lchash usuli hisoblanadi.
Kontaktsiz usul nurlanuvchi orqali beriladigan va tadqiq etilayotgan ob’ektdan bir qancha 
masofadan qabul qilinadigan issiqlik energiyasini qabul qilishga asoslangan. Bu usul kontakt 
usulga qaraganda sezuvchanligi kamroq hisoblanadi. Haroratni o‘lchash muhim darajada
foydalanishdagi darajalashtirish sharoitlarini barpo etish bilan bog‘liq, aks holda axamiyatga molik 
xatoliklar paydo bo‘ladi. Haroratni uning biror bir parametrini o‘zgarishi asosida (hajm, bosim, 
elektr yurituvchi kuch, qarshilik yoki solishtirma qarshilik va hokazolar) yoki uzatilayotgan signalni 
o‘lchashga xizmat qiluvchi qurilma termometr deb ataladi (GOST 13417-76). Quyida biz ishlab 
chiqarish jarayonlarida asosiy qo‘llaniladigan haroratni o‘lchash usullari bilan tanishtiramiz. 

Download 5.37 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   280




Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti

Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish