• TIBBIY TAMINOTI RUYXATIDAGI VOSITALARNI HIMOYALASh ZARARSIZLANTIRISh ChORALARINI BAJARISh.
  • Mavzuni organish jarayonida talabalar qolidan kelishi zarur
  • TIBBIY VOSITALAR BILAN TA'MINLASh TARTIBI VA ULARNI HIMOYALASh ChORALARI




    Download 2,55 Mb.
    bet113/123
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #246168
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
    TIBBIY VOSITALAR BILAN TA'MINLASh TARTIBI VA ULARNI HIMOYALASh ChORALARI.
    Fuqarolar muhofazaasining tibbiy xizmat ko’rsatish bo’limlarini tibbiy ta'minotibir qancha o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bular quyidagilar:
    - Hozirgi zamonda harbiy tеxnik o`zgarishlar qisqa muddatda Yangi hali ma'lum bo`lmagan antidodlar va dori-darmonlarni talab etishi mumkin.
    - Tibbiy ta'minot normalari bir qancha miqdorda o`zgarishi mumkin, chunki yangi yoppasiga qiruvchi qurollar hayotga kirib kеlishi bilan bu ko’rsatgich yangi talab bilan bajarilishi mumkin.
    - Tibbiy vositalar zahirada kismga doimo yangilanib doimo shay bo’lib turishi lozim.
    - Yoppasiga qiruvchi qurollardan doimo himoyalash, zahiralarni imqoniyati bor holatida bir-biridan o`zokrok joylashtirish ta'minot jarayonida extiyojlarini ko`rish, dеzinfеktsiyalash, qayta qo`llash choralarini ko`rish.
    - Zahiralarni shahardan chеtga chikishi natijasida ta'minot ishlarining murakkablashish kabilar.
    Tibbiy vositalar bilan ta'minlash asosan davolash shaxobchalarini evakuatsiya yo’nalishi asosida bajariladi. Bunda SP, SO, SDO, OPM ni dorixonasi va transporti bilan ta'minlovchi vositalarni ularga еtkazib byeriladi.
    Ayniqsa sodir bo’lgan o`choqlarda avtoaptеkalar ko`plab ajratish lozim. Bunda dori-darmonlar, anjomlarini barcha ruyxati komplеkt sifatida tayorlab aloxida-aloxida saklanmogi lozim. Chunki har komplеkt ma'lum miqdordagi jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatishga muljallangan bo`lishi kyerak. Barcha talablar bo`yicha aptеka komplеktlari ma'lum son kishilarga brinchi vrachlik va birlamchi tibbiy yordam ko’rsatishga muljallangan bo`lmog`i lozim.

    TIBBIY TA'MINOTI RUYXATIDAGI VOSITALARNI HIMOYALASh ZARARSIZLANTIRISh ChORALARINI BAJARISh.
    Dushman tomonidan yoppasiga qiruvchi qurol ishlatilganda zahiralardagi tibbiy ta'minot anjomlari zaharli moddalar, radioaktiv zarrachalar va baktyeriyalar hamda ular toksinlari bilan zararlanishi mumkin. Shu sababli ishlarini barcha bosqichlarida bosqichlarda o`zluksiz bajarish lozim. Barcha zahira xonalari bir-biridan imqoni bor darajada evakuatsiyalash bosqichlari yo`nalishida bir-biridan o`zoqroq bеkitish zarur. Bunda yoppasiga qiruvchi qurollar qo`llanmaydigan atrof tanlanadi. Barcha dori-darmonlarni gyermеtik byerkitilishi kuchirgan jarayonda brеzеnt himoyasida amalga oshirish hamda zaharli moddalar bilan radiaktiv va baktyerial moddalar bilan tozaligini o`zluksiz nazorat qilib turishi shart. Ochik kolgan hamda, zararlangan dori-darmonlarni qo`llashdan oldin ularni ma'lum tartibda zararsizlantirish undan sung qo`llash zarur.
    Barcha tibbiy vositalarni qo`llaganda tibbiyot xodimlari extiyotkorlik tadbirlarini kurib ularni qayta qo`llash choralariga amal qilmoglari kyerak bulsa, ularni tozalab ishga yaroqli etib turishlari zarur.


    Zamonaviy urush sharoitlarida, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tuzilmalari va muassasalarini talabgor mol-mulklar bilan o'z vaqtida ta'minlash katta ahamiyatga ega.


    Dushman tomonidan ommaviy qirg'in qurollari qo'llanishining ehtimoli mavjudligi tufayli, o'ta qisqa soniyalar va daqiqalar ichida aholi orasida keng ko'lamdagi talafotlarni keltirib chiqarishi natijasida tibbiy yordam ko'rsatish masalalarining dolzarbligi nihoyat darajada ko'tarilib ketadi. Mazkur sharoitlarda, ko'pchilikka tibbiy yordam ko'rsatish uchun turli-tuman mol-mulklar, ayniqsa tibbiy anjomlarga bo'lgan talablar ortadi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarining aholiga ko'rsatadigan umumiy, ayniqsa tibbiy yordami, cheklanib qolishi mumkin. Chunki zarar topgan o'choqdagi ishlab chiqarish quvvati imqoniyatlari keskin pasayib, mol-mulkning bir qismi (balki hammasi) yo'q bo'lib ketadi. Mana shunday noxush sharoitlarda, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati faoliyatini me'yor darajada olib borish maqsadida, uni tibbiy jihatdan ta'minlash katta ahamiyat kasb etiladi.


    TIBBIY JIHATDAN TA'MINLANISHNING VAZIFALARI VA UNI TASHKIL ETISH ASOSLARI
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatini tibbiy jihatdan ta'minlash masalalarini hal qilish va ularni amalda bajarish jarayoni, quyidagi asosiy negizlar asosida o'z ifodasini topadi:

    1. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatini tibbiy jihatdan ta'minlanishini uyushtirish uning tarkibiy tuzilishi va amalga oshiradigan vazifalari bilan uyg'unlashgan bo'lishi lozim;

    2. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining rrtol-mulk zahirasini yaratish maqsadida, zarar topgan o'choqda, yo`zaga chiqadigan ehtimolan sanitar yo'qotishlari va o'tqaziladigan davolash-muhofaza jarayonlari hamda epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlarni hisobga olish kerak;

    3) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatini tibbiy jihatdan ta'minlanishni tashkil etish jarayoni sog'liqni saqlash tizimidagi tibbiy jihatdan mavjud bo'lgan talablarni qondira oladigan ta'minotga monand bo'Iishi shart.
    Yuqorida keltirilgan shart-sharoitlar, negizlar asosida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatini tibbiy jihatdan ta'minlash boshqarmasi yaratilib, uning tarkibiga ular oldiga quyiladigan vazifalarni bajarish uchun belgilangan dorixonalar, tibbiy jihatdan ta'minot va «tibbiy-texnika» boshqarmalari kiradi. Ushbu boshqaruv tashkilotlarining qoshida dorixonalar, omborxonalar, saroylar, do'qonlar, firmalar, aksionerlik jamiyatlari va boshqa tarkibiy qismlar bo'Iishi mumkin.
    Tuzilmalar va muassasalarni qon va uning o'rnini bosuvchi vositalar bilan ta'minlash maqsadida, oliy o'quv yurtlari, oliy-ilmiy amaliy muassasalar, qon quyish muassasasi va bo'limlari, ularning biologik vositalariga bo'lgan talablarini qondirish uchun sanitar-epidemiologik muassasalari va zardob hamda vaksinalar ustida ilmiy-amaliy faoliyatlarni olib boruvchi institutlar jalb qilinadi.
    Dorixona boshqarmasi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tuzilmalari va muassasalarini dori-darmonlar, buyumlar-asboblar, bog'lov vositalari va boshqa zarur bo'lgan narsalar bilan ta'minlash bo'yicha mas'uliyatni amalga oshiradi.
    Tibbiyot texnika boshqarmasi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining muassasalarini, tibbiy jihozlar, asboblar, uskunalar va ularni ish joylariga monand holda o'rnatish hamda ta'mirlash masalalari bo'yicha, javobgar deb hisoblanadi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy tuzilmalari va muassasalarini aloqa, radiatsiyaviy va kimyoviy nazorat, shuningdek boshqa maxsus mol-mulk bilan ta'minlash masalalari fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining rahbariyati (shtabi) talabnomalariga binoan, fuqarolar muhofazasi rahbariyati (shtabi) tomonidan hal qilinadi. Jumladan, davlat miqyosida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tuzilmalari va muassasalari tibbiy jihatdan ta'minlash masalalarini amalga oshiruvchilar qatoriga quyidagi rahbarlar uyushmasi kiradi:
    1) mamlakat miqyosida bosh dorixona va tibbiy-texnika boshqarmalari boshliqlari;

    1. viloyatlarda ushbu boshqarmaga qaraydigan tashkilotlar boshqaruvchilari;

    2. shaharlar va tumanlarda joylashgan ushbu tizimdagi muassasalar mudirlari;

    3. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalariga qarashli dorixona sarboni, sarbonlar ko'zda tutilmagan dorixonalarning tuzilmalari boshliqlar, buyruqlar yoki ko'rsatmalar asosida tayinlangan sardorlar.

    Tibbiyot ta'minot boshqarmasining asosiy vazifalari kamida 8 ta banddan iborat bo'lib, ular quyidagilarni o'z ichiga oladi:

    1. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini tibbiy jihatdan, urush yoki unga o'xshash sharoitlarda ta'minlashni rejalashtirish;

    2. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini davolash-ko'chirish, sanitariya-gigiyenik, epidemiyaga qarshi tadbirlarni o'tqazishni samarador bo'lishini ta'minlovchi mol-mulklarga bo'lgan talablarni aniqlash;

    3. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini davlat tomonidan qat'iy belgilangan, ro'yxat bo'yicha belgilangan (tabel) mol-mulklarni jamg'arish, avaylab-asrash, saqlash va o'z vaqtida yangilab turish zarur deb topilgan sharoitlarda ta'mirlash hamda shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish jarayonida sarf etilgan qismini qoplash;

    4. tibbiy mol-mulklarni (anjomlarni) ommaviy qirg'in qurollarining salbiy ta'siridan himoya qilish;



    1. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati ehtiyojlarini zamona va mavjud kelib chiqqan sharoitlar talablariga monand holda qondirish niyatida, atrof-muhitdagi mahalliy imqoniyatlarini aniqlash, ularga oydinlik kiritish, jamg'arish va samarali darajada foydalanish;

    2. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish jarayonida, kerakli tibbiy anjomlar bilan ta'minlash;

    3. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati xodimlarini tibbiy mol-mulk bilan to'g'ri muomalada bo'lish va ularni avaylab-asrash qoidalariga amal qilishga o'rgatish;

    8) belgilangan qoidalarga binoan, hisob va hisobot ishlarini olib borish.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining to`zgan rejalari asosida
    tinchlik davrida zarur bo'lgan mol-mulklar, ular turrari, xillari, soni va sanog'i masalalari hal etiladi.
    Qilingan xatti-harakatlar natijalari ijobiy bo'lishi uchun quyidagi omillarni inobatga olish lozim:

    1. shikast topgan o'choqlarda bo'lish ehtimoli bo'lgan sanitar yo'qotishlar soni;

    2. vujudga keladigan sanitar yo'qotishlar sanog'i (turlari, darajasi, kechishi, ehtimoliy oqibatlari va boshqalar);

    3. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tashkil etiladigan tuzilmalari va muassasalarining soni va ular oldiga qo'yiladigan vazifalar mohiyati va ko'lamlari;

    4. shikast topgan o'choqlarda faoliyat yurgizayotgan fuqarolar muhofazasi tuzilmalari va muassasalarini qat'iy belgilangan ro'yxat asosida, kerakli mol-mulk bilan ta'minlash imqoniyatlari;

    5. bozor iqtisodiyoti qoidalari va amallari;

    6. ayrim mulkdorlar tomonidan ko'rsatilishi mumkin bo'lgan homiylik amallari;

    7. aholidan, og'ir sharoitlardan chiqib ketishga yo'naltirilgan ehsonlar va ular darajasi;

    8. Qizil Yarim Oy va Qizil Xoch jamiyatlaridan keladigan yordamlar, jumladan tibbiy mol-mulklar;

    9. Xorijiy mamlakatlardan tushishi mumkin bo'lgan insonparvarlik yordafnidagi tibbiy mol-mulklar.

    Qat'iy ro'yxat bo'yicha ta'minlash deganda, ma'Ium sondagi shikastlanganlarga u yoki bu tuzilmalar (muassasalar) tomonidan ma'Ium vaqt ichida, ma'Ium hajmda tibbiy yordam ko'rsatish imqoniyatlarini yaratadigan mol-mulklar tartib soni tushuniladi. Har bir tayin etilgan mol-mulk ro'yxatida, mol-mulklar nomlari (nomenklatura) va beriladigan miqdori - soni ,albatta o'z ifodasini topadi. Mol-mulklar mo'ljaldagi vazifalariga binoan, turli guruhlarga ajratiladi. Masalan, antibiotiklar, qon o'rnini bosuvchilar, garmonlar, og'riqni qoldiruvchilar, isitmani tushuruvchilar, qayt qildiruvchilar, qusishga barham beruvchilar, bakterial vositalarga qarshi zardoblar, vaksinalar, kimyoviy zaharlovchi moddalarga qarshi muolaja vositalari, tana quvvatini ko'tarib, radiatsiyaning salbiy ta'sirini pasaytiruvchilar va boshqalar.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini ro'yxat asosida ta'minlash masalalarini hal etish chog'ida ularning qanday yumushlarni bajarishlari, xodimlar soni va qo'yilgan vazifalar tavsifi inobatga olinadi. Fuqarolar muhofazasi tuzilmalari va muassasalariga tegishli mol-mulklar asosiy vositalar bilan ta'minlashni ma'Ium vaqt oralig'ida amalga oshirilishi va ushbu jarayon davomida, sarflangan mol-mulklarning miqdori va kerak bo'lsa, sanog'ini qoplash maqsadida beriladi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalari uchun lozim deb topilgan mol-mulklar (8-chizma) amalga oshiriladigan vazifalarga ko'ra, dastavval 3 ta katta guruhga bo'linadi:
    1) tibbiy; 2) sanitar-xo'jalik; 3) maxsus.
    Tibbiy mol-mulklarni quyidagi narsalar tashkil qiladi:
    1) dori-darmonlar; 2) bog'lov vositalari; 3) biologik vositalar; 4) dezinfeksiyalovchi vositalar; 5) dezinseksiyalovchi vositalar; 6) deratizatsiyalovchi vositalar; -7) buyumlar, anjomlar; 8) tibbiy uskunalar; 9) tibbiy asboblar; 10) parvarish anjomlari; 11) tahlil mollari; 12) dorixona mollari; 13) taxlamli (komplekt) mollar; 14) tibbiy texnika; 15) sanitar texnikasi (zambil tasmalari, dori haltachalari).
    Sanitar-xo'jalik mol-mulklari. 1) o'rin-ko'rpa; 2) kiyim-kechaklar; 3) shifoxona yaktak-choponi, qalpoqcha, poyabzallar, qo'lqoplar; 4) jihozlar; 5) oshxona idish-tovoqlari; 6) oshxona uskunalari (kartoshka tozalagichi, manti qasqon, somsa yopgich, sut qaynatkich va h.k.); 7) xontaxtalar, o'tirgichlar; 8) oshxona buyumlari (pichoqlar, cho'michlar, qoshiqlar, panshaxachalar, choynak-piyolalar, sabzi to'g'ragichlar, boltalar, go'sht to'nkasi, go'sht chopqisi, chovlilar, turli hajmli vannalar va boshqalar taalluqli deb hisoblanadi.
    Maxsus mol-mulklarni quyidagilar tashkil qilishi mumkin: 1) radiatsiyaviy va kimyoviy nazorat asboblari (dozimetrlar); 2) teri va nafas yo'llarini himoyalash vositalari (havotozalagichlar - niqob, paxta-dokali niqob, respiratorlar, rezinka qalpoq va so`zg'ichli niqoblar, yaktak-choponlar, qo'lqoplar, etiklar, baxillalar, kombinezonlar va boshqalar); 3) aloqa vositalari (ratsiya, uyali telefon, odatdagi telefonlar, radio, faks, internet va boshqalar); 4) muhandislik mollari (buldozerlar, ekskavatorlar, yig'ma ko'priklar, fontonli ko'priklar, ko'targichlar va h.k.); 5) o't o'chirish mollari (ko'pikli o't o'chirgichlar, bosim ostida ishlaydigan suv naylari - brandspoytlar, ilgaklar, suv idishlari, suv quvurlari (egiluvchan, pishiq brezentlardan tayyorlangan, qum, bolta, belkurak va boshqalar); 6) tartib saqlash mollari (yaltiroq tasmali kiyimlar, yarqirab yonuvchi, avtotransportlarning tartibli harakatini boshqaruv tayoqlari, zirhli yengsiz nimchalar); 7) boshqa lat yeyishdan asraydigan, temirli yoki plastmassali qalpoqlar; 8) rezinkali etiklar, aluminiy varaqlaridan ishlanadigan kiyim-kechaklar, dala oshxonasi va boshqalar.
    Tibbiy mol-mulklar hisobda turishiga ko'ra 2 ta guruhga ajratiladi:
    1) kundalik ish faoliyatlari jarayonida ishlatiladiganlar (dori-darmonlar, biologik vositalar, qon va ularning o'rniga qo'llaniladigan vositalar), bog'lov maqsadida sarflanadigan vositalar (doka, bint, tiqin - qopqoq, tampon), salfetka, suyuqliklar - qon, yiring, essudat va transudatlarni shimgich «bo'g'irsoqlari» (шарики), yiring so'rg'ichlari (турундум), tikuv vositalari - iplari (ketgutlar, turli qiyshiqlikdagi ignalar va h.k.), ular ishlatilgandan so'ng, dalolatnomalar to'ldirilib, yo'qqa chiqariladi;
    2) o`zoq muddat davomida qo'llaniladiganlari (asboblar, uskunalar. xonalar, jihozlar, jarrohlik buyumlari (skalpel - pichoq), qaychilar, qisqichlar (зажим, корисанг va boshqalar), ishlatish muddatlari tugagach, yota'mirlashga, yoki umuman yo'q qilishga tavsiya etiladi.
    Tibbiy mol-mulklarni, boshqa mol-mulklar kabi ayrim jihatlariga ko'ra, guruhlashni davom ettirish mumkin. Shunday xatti-harakat vujudga kelib chiqqan sharoit va boshqa sabablarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
    Mol-mulklarni guruhlarga ajratishga imqon beruvchi ayrim jihatlar:
    1) sifat; 2) soni; 3) saqlash muddati; 4) kafolat muddati; 5) qo'llash muddati; 6) ishlab chiqarilgan vaqti; 7) ishga yaroqliligi; 8) narxi; 9) ko'tarib yurishga qulayligi; 10) bir joyda muqim turishi; ll)taxlash yoki yig'ish imqoniyati borligi; 12) pishiqliligi; 13) chidamliligi; 14) zichliligi (герметичность); 15) qaysi quvvat manbayidan ishlashiga ko'ra; 16) kunda talabgorliligi; 17) nimalardan yasalgani; 18) o'lchamlari; 19) mazkur mamlakat mahsulotimi yoki xorijiy mamlakatlardan keltirilganligi; 20) mazkur korxonalar orqali ta'mirlanishi mumkin; 21) zahiraviy qismlarining mavjudligi va boshqalar.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga zarur bo'lgan mol-mulklarga bo'ladigan dastlabki talab, bu sifat jihatlaridir. Sifat nuqtayi nazaridan mol-mulklarni (9-chizma) quyidagi toifalarga ajratish (hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib) ko'proq qo'llaniladi:
    1) yangi, hali ishlatilmagan; 2) yangi, ishlab chiqarish kamchiligi mavjud; 3) yangi, kafolat muddati ketyapti, ammo hali-beri ishlatilgani yo'q; 4) yangi, ishlatilmagan, ammo kafolat muddati tugagan; 5) yangi, kafolat muddati tugasa ham, ishlayapti; 6) kafolat muddati tugab, ta'mirlashga muhtoj; 7) ta'mirlashdan chiqib, yaxshi ishlayapti; 8) kafolat muddati tugab, ishlamay qoldi; 9) ta'mirlashga ketadigan sarf-harajat miqdori, yangisini olganga nisbatan qimmatga tushadigani; 10) ishlatish muddati bir necha ta'mirlash jarayonlaridan o'tib, «qarichilik» (морально устаревший) muddatiga yetib keldi; 11) qaytadan ta'mirlashga mutlaqo yaramaydi.
    1) tibbiy; 2) sanitar-xo'jalik; 3) maxsus.
    Tibbiy mol-mulklarni quyidagi narsalar tashkil qiladi:
    1) dori-darmonlar; 2) bog'lov vositalari; 3) biologik vositalar; 4) dezinfeksiyalovchi vositalar; 5) dezinseksiyalovchi vositalar; 6) deratizatsiyalovchi vositalar; -7) buyumlar, anjomlar; 8) tibbiy uskunalar; 9) tibbiy asboblar; 10) parvarish anjomlari; 11) tahlil mollari; 12) dorixona mollari; 13) taxlamli (komplekt) mollar; 14) tibbiy texnika; 15) sanitar texnikasi (zambil tasmalari, dori haltachalari).Sanitar-xo'jalik mol-mulklari. 1) o'rin-ko'rpa; 2) kiyim-kechaklar; 3) shifoxona yaktak-choponi, qalpoqcha, poyabzallar, qo'lqoplar; 4) jihozlar; 5) oshxona idish-tovoqlari; 6) oshxona uskunalari (kartoshka tozalagichi, manti qasqon, somsa yopgich, sut qaynatkich va h.k.); 7) xontaxtalar, o'tirgichlar; 8) oshxona buyumlari (pichoqlar, cho'michlar, qoshiqlar, panshaxachalar, choynak-piyolalar, sabzi to'g'ragichlar, boltalar, go'sht to'nkasi, go'sht chopqisi, chovlilar, turli hajmli vannalar va boshqalar taalluqli deb hisoblanadi.
    Maxsus mol-mulklarni quyidagilar tashkil qilishi mumkin: 1) radiatsiyaviy va kimyoviy nazorat asboblari (dozimetrlar); 2) teri va nafas yo'llarini himoyalash vositalari (havotozalagichlar - niqob, paxta-dokali niqob, respiratorlar, rezinka qalpoq va so`zg'ichli niqoblar, yaktak-choponlar, qo'lqoplar, etiklar, baxillalar, kombinezonlar va boshqalar); 3) aloqa vositalari (ratsiya, uyali telefon, odatdagi telefonlar, radio, faks, internet va boshqalar); 4) muhandislik mollari (buldozerlar, ekskavatorlar, yig'ma ko'priklar, fontonli ko'priklar, ko'targichlar va h.k.); 5) o't o'chirish mollari (ko'pikli o't o'chirgichlar, bosim ostida ishlaydigan suv naylari - brandspoytlar, ilgaklar, suv idishlari, suv quvurlari (egiluvchan, pishiq brezentlardan tayyorlangan, qum, bolta, belkurak va boshqalar); 6) tartib saqlash mollari (yaltiroq tasmali kiyimlar, yarqirab yonuvchi, avtotransportlarning tartibli harakatini boshqaruv tayoqlari, zirhli yengsiz nimchalar); 7) boshqa lat yeyishdan asraydigan, temirli yoki plastmassali qalpoqlar; 8) rezinkali etiklar, aluminiy varaqlaridan ishlanadigan kiyim-kechaklar, dala oshxonasi va boshqalar.
    Tibbiy mol-mulklar hisobda turishiga ko'ra 2 ta guruhga ajratiladi:
    1) kundalik ish faoliyatlari jarayonida ishlatiladiganlar (dori-darmonlar, biologik vositalar, qon va ularning o'rniga qo'llaniladigan vositalar), bog'lov maqsadida sarflanadigan vositalar (doka, bint, tiqin - qopqoq, tampon), salfetka, suyuqliklar - qon, yiring, essudat va transudatlarni shimgich «bo'g'irsoqlari» (шарики), yiring so'rg'ichlari (турундум), tikuv vositalari - iplari (ketgutlar, turli qiyshiqlikdagi ignalar va h.k.), ular ishlatilgandan so'ng, dalolatnomalar to'ldirilib, yo'qqa chiqariladi;2) o`zoq muddat davomida qo'llaniladiganlari (asboblar, uskunalar. xonalar, jihozlar, jarrohlik buyumlari (skalpel - pichoq), qaychilar, qisqichlar (зажим, корисанг va boshqalar), ishlatish muddatlari tugagach, yota'mirlashga, yoki umuman yo'q qilishga tavsiya etiladi.
    Tibbiy mol-mulklarni, boshqa mol-mulklar kabi ayrim jihatlariga ko'ra, guruhlashni davom ettirish mumkin. Shunday xatti-harakat vujudga kelib chiqqan sharoit va boshqa sabablarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
    Mol-mulklarni guruhlarga ajratishga imqon beruvchi ayrim jihatlar:
    1) sifat; 2) soni; 3) saqlash muddati; 4) kafolat muddati; 5) qo'llash muddati; 6) ishlab chiqarilgan vaqti; 7) ishga yaroqliligi; 8) narxi; 9) ko'tarib yurishga qulayligi; 10) bir joyda muqim turishi; ll)taxlash yoki yig'ish imqoniyati borligi; 12) pishiqliligi; 13) chidamliligi; 14) zichliligi (герметичность); 15) qaysi quvvat manbayidan ishlashiga ko'ra; 16) kunda talabgorliligi; 17) nimalardan yasalgani; 18) o'lchamlari; 19) mazkur mamlakat mahsulotimi yoki xorijiy mamlakatlardan keltirilganligi; 20) mazkur korxonalar orqali ta'mirlanishi mumkin; 21) zahiraviy qismlarining mavjudligi va boshqalar.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga zarur bo'lgan mol-mulklarga bo'ladigan dastlabki talab, bu sifat jihatlaridir. Sifat nuqtayi nazaridan mol-mulklarni (9-chizma) quyidagi toifalarga ajratish (hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib) ko'proq qo'llaniladi:
    1) yangi, hali ishlatilmagan; 2) yangi, ishlab chiqarish kamchiligi mavjud; 3) yangi, kafolat muddati ketyapti, ammo hali-beri ishlatilgani yo'q; 4) yangi, ishlatilmagan, ammo kafolat muddati tugagan; 5) yangi, kafolat muddati tugasa ham, ishlayapti; 6) kafolat muddati tugab, ta'mirlashga muhtoj; 7) ta'mirlashdan chiqib, yaxshi ishlayapti; 8) kafolat muddati tugab, ishlamay qoldi; 9) ta'mirlashga ketadigan sarf-harajat miqdori, yangisini olganga nisbatan qimmatga tushadigani; 10) ishlatish muddati bir necha ta'mirlash jarayonlaridan o'tib, «qarichilik» (морально устаревший) muddatiga yetib keldi; 11) qaytadan ta'mirlashga mutlaqo yaramaydi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati mol-mulklariga qo'yiladigan talablar quyidagilar: 1) ularning qismlari jihatidan mutlaqo butliligi (bunday mol-mulklar, ma'lum tibbiy yordam vazifalarini amalga oshirishga mo'ljallanadi va bo'limlarga tarqatiladi, ular yordamida ma'lum miqdordagi shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatiladi); 2) ular bilan ishlash aytarli darajada qulay, hajmlari ham katta emas, tuzilishi oddiygina; 3) turli-tuman silsilalarga bardoshligi yuqori darajada bo'lib, bekam-ko'st ishlaydi; 4) ob-havo omillarining (havo
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati mol-mulklariga qo'yiladigan talablar quyidagilar: 1) ularning qismlari jihatidan mutlaqo butliligi (bunday mol-mulklar, ma'lum tibbiy yordam vazifalarini amalga oshirishga mo'ljallanadi va bo'limlarga tarqatiladi, ular yordamida ma'lum miqdordagi shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatiladi); 2) ular bilan ishlash aytarli darajada qulay, hajmlari ham katta emas, tuzilishi oddiygina; 3) turli-tuman silsilalarga bardoshligi yuqori darajada bo'lib, bekam-ko'st ishlaydi; 4) ob-havo omillarining (havo harorati, namliligi, bosimi, shamol yo'nalishi tezligi) o'zgarishlariga chidamliligi; 5) o'ramlari (упаковка) qog'ozli vositalar
    uchun zich (герметичность) bo'lib, sanitar ishlovlariga (degazatsiya, dezinfeksiya, dezaktivatsiya) yuqori darajadagi bardoshliligi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga zarur bo'lgan mol-mulklar rejalarga ko'ra. tinchlik davridayoq jamg'ariladi va kafolat muddatlari o'tganlari yangilanib turiladi. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalari qat'iy ro'yxat asosida kerakli mol-mulklar bilan ta'minlanib, ushbu xizmat omborxonalarida ma'lum qoidalarga rioya etgan holda saqlanadi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining mol-mulklari manbalarini quyidagilar tashkil qilishi mumkin:

    1. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati omborxonalarida saqlanayotganlar;

    2. shifo muassasalarida, mabodo urush yoki unga yaqin holat ro'y berib qolsa, degan ehtimol nuqtayi nazaridan oldindan, tinchlik davridajamg' ari lgan 1 ari;

    3) joriy ta'minot mol-mulklari;
    4) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati uchun hokimiyat tomonidan
    ajratilgan mol-mulklar (jumladan, sanitar-xo'jalik maqsadlarida);

    1. fuqarolar muhofazasi rahbariyati (shtabi) orqali keladiganlari;

    2. prezident jamg'armasi hisobidan ajratilganlari;

    3. ayrim boylar - mulkdorlar hisobiga olinadiganlari;

    4. aholi tomonidan muruvvat tarzidagi yordam orqali keladiganlari;

    5. Qizil Yarim Oy va Qizil Xoch tashkilotlari tomonidan olinganlari;



    1. tashqi mamlakatlardan, gumanitar (insonparvarlik tuyg'ulari asosidagi) yordamlari;

    2. ushbu sohada ko'p yillar mobaynida xizmat qilgan va hech kimi yo'q odamlarning vasiyatnomalariga asoslangan mablag'lar hisobiga olinadiganlari yoki ular qo'lidagi shaxsiy mol-mulklar.

    Kundalik yoki joriy vaqtda qo'llaniladigan mol-mulklarga, tibbiy muassasalarga kundalik ehtiyojni qondirish maqsadida berilgan mol-mulklar hamda dorixonalardagi aholiga sotish uchun mo'ljallangan dori-darmonlar kiradi. Ushbu mollar, agar rejalarda o'z ifodasini topgan bo'lsa, fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati, ulardan foydalanishi mumkin. Urush jarayonlari boshlangan va kechayotgan vaqtlarda, mahalliy jamg'armalardan ham foydalanish man etilmaydi.
    Tibbiy mol-mulklar bilan shug'ullanadigan tashkilotlar tinchlik davridayoq kerakli bo'ladigan barcha mol-mulklarni, mahalliy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish imqoniyatlarini o'rganish va urush paytlarida, ushbu korxonalar mahsulotidan foydalanish masalalalrini hal qilib qo'yishlari maqsadga muvofiq bo'ladi.


    TINCHLIK DAVRIDA FUQAROLAR MUHOFAZASI TIBBIY
    XIZMATI TUZILMALARI VA MUASSASALARINI MOL-MULK BILAN TA'MINLANISHINI TASHKIL QILISH
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tashkil etilganidan boshlab, qat'iy ro'yxatda ko'rsatilganidek, mol-mulk bilan ta'min etilishi kerak. Ularni mol-mulk bilan ta'minlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    1. sanitar kichik guruhlari va sanitar guruhlari, korxona saroyi hisobidan mahalliy sog'liqni saqlash tizimiga qarashli dorixonalar orqali ta'minlanadi;

    2. dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining shaxsiy tarkibi, o'quv mol-mulklari hamda urush yo`zaga kelgan vaqtlarda qo'llanishi mumkin bo'lgan mol-mulklar bilan tinchlik davrida ta'minlanishi zarur;

    3. dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi urush sharoitlari paytida joriy mol-mulklarni oladi. Buning uchun tinchlik davridayoq, qayerdan, qanday, qancha miqdorda va qaysi muddatlarda mol-mulklarni dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish guruhiga berilishi, oldindan tayyorlanib qo'yiladigan talabnomalar va boshqa hujjatlarda o'z ifodasini topishi lozim. Mazkur hujjatlarda, ta'minlash tartibi ham ko'rsatilishi kerak. Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining bir qismi, shahardan tashqarida joylashgan omborxonalardan kerakli mol-mulklarni, talabnomalar orqali oladi.

    Maxsuslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish guruhlari, maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruhlar, qat'iy ro'yxatga asosan, ularni tashkil etgan tibbiy muassasalar hisobidan ta'minlanadi. Bunday tuzilmalarga ajratilgan mol-mulklar, qutili taxlamalarda saqlanishi zarur. Mol-mulk bilan to'ldirilgan bunday qutilar vazni, odatda 50 kg dan ortmaydi. Uning ichidagi mol-mulk nomlari, soni, miqdori haqidagi ma'lumotlar 2 nusxada rasmiylashtiriladi. Uning lta nusxasi mol-mulkni bergan muassasa ixtiyorida qolib, 2-nusxasi quti ichiga, mol-mulklar bilan solib qo'yiladi. Har ikkala oldi-berdi hujjatlarida bergan va olgan tomonlar vaqillarining imzolari, jarayon sodir etilgan sana va vaqt belgilanishi kerak. Tuzilmalarni kerakli mol-mulk bilan ta'minlash masalasi mazkur tuzilmalarni tashkil etgan muassasa rahbarining bo'yniga yuklatiladi. Tayyor taxlamalar tugab qolgan taqdirda, muassasa rahbari kerakli mol-mulklar taxlamasini yangitdan tayyorlab berish huquqiga ega. Undan tashqari, muassasa rahbari, tuzilmalar tomonidan qo'yilgan vazifalarni bajarishda tayyorligi darajasiga ziyon yetkazmaydigan shartlar asosida, mavjud mol-mulklar va mutaxassislar maslahatiga ko'ra, qutidagi taxlamalar tarkibiga kiradigan mol-mulklar nomini va miqdorini o'zgartirish huquqiga ham ega. Unutmaslik kerakki. maxsuslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish guruhiga beriladigan mol-mulklar, eng talabgor va tor yo'nalishlar bo'yicha qo'llaniladiganlarni nazarda tutadi. Qolgan mol-mulklarni esa, maxsuslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish guruhlari urush vaqtlarida qaysi muassasalar qoshida xizmat qilsa, ana shu muassasalardan olishi kerak bo'ladi.
    Yuqumli kasalliklar shifoxonalari urush vaqtlarida mol-mulklar bilan fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga qarashli omborxonalardan ta'minlanib, tinchlik davrida o'quv mashqlarini olib borish jarayonlari uchun kerakli barcha mol-mulklarni uni tashkil qilgan muassasa hisobidan joriy ta'minot bo'yicha oladi.
    Harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh, urush sharoitlarida zarur mol-mulklarni sanitar-epidemiologik muassasalari va qisman fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati omborxonalari, tinchlik paytlarida esa, uni tashkil qilgan muassasa hisobidan ta'minlanishi ko'zda tutiladi.
    Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, fuqarolar muhofazasi tibbiy tuzilmalari tinchlik davrida, o'quv mashqlarini amalga oshirish jarayonlarida, kerakli mol-mulklar bilan ularni tashkil etgan muassasalar hisobidan ta'minlanadi, urush paytlarida esa, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati omborxonalari orqali kerakli mol-mulklarni qat'iy ro'yxat asosida oladi. Mol-mulklar bilan fuqarolar muhofazasi tuzilmalarining ushbu tarzda tinchlik davrida ta'minlanishi ularni tashkil etgan muassasalar mas'uliyatini oshirish imqonini beradi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati shifoxonalarining mol-mulk bilan ta'minlanishi qat'iy ro'yxatga ko'ra amalga oshiriladi. Ayni maqsadlarda, sog'liqni saqlash muassasalari va tashkilotlari hamda mahalliy hokimiyatlar qarori asosida, belgilangan boshqa muassasalar va tashkilotlar hisobidagi barcha imqoniyatlardan foydalaniladi. Shifoxonalarni tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlash mas'uliyati ular tashkil qilinadigan shahar va qishloq tumanlaridagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshliqlariga yuklatiladi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini tibbiy jihatdan ta'minlanish jarayonining vazifalaridan bittasi bo'lib.
    ajratilgan mol-mulklarning o'zini dushmanning ommaviy qirg'in qurollari ta'siridan himoya qilishdir. Bunday muhim, ahamiyatli vazifani amalga oshirishda barcha tibbiy muassasalar va tibbiy ta'minot muassasalari hamda tashkilotlari boshliqlari qatnashishi nazarda tutiladi. Asosiy maqsad, ommaviy qirg'in qurollari qo'llanilgan sharoitlarda, tibbiy mol-mulklarning zarar ko'rishini imqoniyat doirasida kamaytirishga erishishdir.
    Tibbiy mol-mulklarni himoya qilish jarayoni quyidagi tadbirlar orqali amalga oshirilishi mumkin:

    1. radiofaol va kimyoviy zaharlovchi moddalar hamda bakteriologik vositalar qo'llanilgan sharoitlarda tibbiy mol-mulklarni turli ta'sirlardan himoya qila oladigan o'ramlarga o'rash va idishlarga joylashtirish hamda bu idishlarning zararsizlantirish choralariga qarshilik ko'rsata olish qobiliyatining yuqori darajada bo'Iishi lozim:

    2. yirik shaharlarda chuqurliklarda joylashgan xonalardagi tibbiy mol-mulklarning ozgina zahiralarini saqlashni tashkil qilish;

    3. tibbiy ta'minot muassasalarini - dorixonalar, omborxonalar, saroyni shahardan tashqari hududlarga ko'chirish va ular faoliyatini yangi vujudga kelgan sharoitlarda uyushtirish.

    Yirik shaharlardan tibbiy mol-mulklarni shahardan tashqariga olib chiqish jarayoni ko'chirish va tarqoqlashtirish haqida e'lon qilinganda amalga oshiriladi.
    Tibbiy ta'minotga aloqasi bor barcha muassasalarni ko'chirish jarayoniga tayyorlash chog'ida, quyidagilarga e'tiborni qaratish kerak:
    1) ko'chiriladigan mol-mulkning miqdori; 2) ularni ko'chirish uchun kerak bo'ladigan transportlar turi va soni; 3) tibbiy mol-mulklarni ko'chirish tartibi (navbati); 4) shahardan tashqariga chiqarilgan taqdirda, joylashuv yeri, joylashish tartibi va muddati; 5) yangi sharoitlarda ko'chirilgan ta'minot manbalari oldida turgan vazifalar va ularni amalga oshirish tartibi.
    Ta'minot manbalari, ko'chirilish jarayoni boshlangunicha fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalariga berilishi mo'ljallangan barcha mol-mulklarni tarqatib ulgurishlari kerak; ta'minot masalasi rejaga ko'ra bajariladi. Shunday qilingan taqdirda, ta'minot manbayi mol-mulklarini ko'chirish uchun zarur bo'lgan transportlar soni kamayadi va ko'chish jarayoni ancha osonlashadi.
    Radiofaol moddalar ta'siridagi hududlarga tushib qolgan hamda radiofaol yog'inlar bilan ifloslangan mol-mulklar dezaktivatsiya ishlov jarayonidan o'tqazilib, keyinchalik ulardan bemalol foydalanish uchun tarqatila boshlaydi. Turli idishlarda (shisha, qog'oz qutilar, yog'och, metall qutilar va boshqalar) bo'lib, nurlanish ta'siriga uchragan dori-darmonlarning fizikaviy-kimyoviy va farmakologik xususiyatlari o'zgarmasligi tufayli, ularni ishlatishga tavsiya qilish mumkin. Ammo, bunday xatti-harakatlarni o'ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak, chunki ayrim dori-darmonlar tarkibiga kiradigan kalsiy, stronsiy, tellur va boshqa kimyoviy zarrachalar ikqilamchi nurlanish qobiliyatiga ega bo'lib qolishlari mumkin. Albatta, bunday dori-darmonlar tanasiga kirgan odamlar, ayniqsa silqovlanib yurishlari, ahvoli og'irlashib qolishi mumkin. Ustlari radiofaol moddalar bilan ifloslangan idishlar, ho'llangan latta yoki cho'tka bilan obdan artiladi.
    Tibbiy uskunalarni dezaksivatsiya qilish uchun ularni xo'llangan latta bilan yaxshilab artiladi. Jarrohlik va boshqa maqsad yo'lida ishlatiladigan buyumlar yaxshilab artilib, yuvilgach, mikrojonzotlarning hayotiy va ayniqsa, sporali shakllarini nobud qiladigan yuqori haroratli bosim ostida tozalanadi.
    Dorixonalar, omborxonalar, jarrohlik-bog'lov uyushmalarining dezaktivatsiya jarayonini olib borayotgan xodimlar, kundalik kiyimlarida bo'lib, oldilariga yopinchoq (fartuk) taqib, qo'llariga rezinkali qo'lqoplarni kiygan holda, faoliyatlarini davom ettiraveradilar. Zich bo'lmagan idishlarga joylashtirilgan va kimyoviy moddalar ta'siriga uchragan dori-darmonlardan foydalanib bo'lmasligi tufayli, ular yo'qotiladi. Kimyoviy moddalar ta'sirida bo'lgan va zich idishlarga joylashtirilgan mol-mulklar (uskunalar, kiyimlar va boshqa narsalar: buyumlar, himoya qilish vositalari) dezaktivatsiya jarayonidan o'tqaziladi. Dezaktivatsiya, degazatsiya, dezinfeksiya amallarini bajarish jarayonini olib boradigan shaxsiy tarkib, shaxsiy himoya vositalaridan albatta foydalanishlari zarur, aks holda ular ham shikastlanishlar! mumkin.
    Qoidalarga binoan, shahardan tashqariga ko'chirilgan dorixonalar, dorixona muassasalari, omborxonalari va «tibbiy-texnika» boshqarmalari, o'zlarining rahbar tashkilotlari qo'li ostida vazifalarini bajarishni davom ettiradilar. Ammo, ularning bir qismi vaqtinchalik tumanlararo tashkilotlar yoki markaziy tuman dorixonalar ixtiyoriga berilishi va ularning boshchiligi ostida o'z faoliyatlarini bajarishlari mumkin. Mazkur tashkilotlar rahbarlari shahardan tashqarida ishlash sharoitlari va tartibini belgilab berishadi.


    URUSH PAYTLARIDA FUQAROLAR MUHOFAZASI TUZILMALARI VA MUASSASALARINI TIBBIY MOL-MULKLAR BILAN TA'MINLASH


    Dushman hujumi boshlangach, shikastlanganlarga tibbiy yordamini ko'rsatish jarayonida, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlash darajasi ma'Ium chegarada ortadi. (8,9-chizmalarga qarang).
    Zararlangan o'choqda faoliyat ko'rsatayotgan sanitar guruhini tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlash masalasi bo'yicha dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi boshlig'i javob beradi. Buning uchun unga quyidagi ma'lumotlar ma'Ium bo'lishi zarur: 1) sanitar guruhlari soni; 2) ularning faoliyat ko'rsatish joylari; 3) ularoldiga borish yo'llari; 4) dushman hujumi boshlanganidan beri o'tgan vaqt; 5) zararlangan o'choqdagi sanitar yo'qotishlar, ayniqsa qaytadiganlari soni; 6) tibbiy yordam zarur bo'lgan shikastlanganlarning soni; 7) o'tgan vaqt ichida sanitar guruhi hisob-kitoblariga ko'ra beriladigan tibbiy yordam oqibatida, ular qo'llarida qancha miqdorda va nomlarda tibbiy yordam ko'rsatish vositalari qolgan; 8) yana qancha tibbiy vositalar bilan ta'minlash zarur.
    Bunchalik keng ko'lamli ma'lumotlarni urush paytida qisqa muddatlar ichida olish, aytarli darajada qiyinchiliklarni yengib o'tishga majbur qiladi. Natijada, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish jarayoni ma'Ium darajada ko'pchilikka o'z vaqtida yetib borishi uchun qimmatli bo'lgan damlar, qo'ldan boy berilishi mumkin. Bunday kamchiliklarga barham berish maqsadida, urush boshlanishi bilanoq, birinchi navbatda aloqa vositalarini doimiy bekam-ko'st ishlashini ta'minlash lozim. Aloqalar yaxshi bo'lmagan hollarda, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish niyatida, sanitar guruhlari tomoniga ta'minotchilarni yo'llash yoki imqon bo'lsa, sanitar guruh vaqillarini ta'minot joyiga chaqirish va ularga kerakli mol-mulklarni qat'iy ro'yxat asosida, olishlariga imqon yaratish zarur.
    Doimo shuni esda tutish kerak: 1) sanitar guruhi vaqilining haltasida (1 tasida) joylashtirilgan mol-mulklarni yordam berish doirasi 10-12 shikastlangan odam bilan chegaralanadi; 2) sanitar guruhi vaqili haltasidagi mol-mulklar 10 soat faoliyat ko'rsatish mobaynida, kamida 2-3 marta to'ldirilishi zarur. Sanitar guruhini mol-mulklar bilan ta'minlash masalasini ijobiy hal bo'lishi uchun uning sardori dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi dorixonasiga yuborilayotgan shikastlangan odam olib ketadigan transportlar orqali o'z talabnomasini yuboradi. Talabnoma olgan dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhidagi dorixona boshlig'i shikastlanganlarni o'choqdan olib chiqish uchun qaytayotgan transportlar orqali talabnomadagi mol-mulklarni sanitar guruhi sardoriga yuboradi. Zararlangan o'choqqa yetib kelgan mol-mulklar sanitar guruhi sardori ko'rsatmasiga binoan, aloqachi orqali sanitar guruh vaqillariga olib borib topshiriladi.
    Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhini mol-mulk bilan ta'minlash masalasi shahar tumanidagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'iga topshirilgan bo'lib, u tinchlik davrida oldindan to`zilgan o'zining rejalarida ko'rsatilgan tartibda. dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhini ma'Ium manbaga biriktirib qo'yishi ko'zda tutiladi. Biriktirilgan manbalardan, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi, tegishli mol-mulklarni (tibbiy jihatdan) talabnoma asosida oladi. Ayrim turdagi mol-mulklar ushbu guruh ixtiyoriga talabnomasiz ham topshirilishi mumkin. Bunday amallarni bajarish maqsadida, imqoniyatlari mavjud bo'lgan transportlarning turli-tuman guruhi va xilidan foydalaniladi. Ayni maqsadda quruqlikda, suvda. havoda va kerak bo'lsa yer osti yo'llarida harakatlanuvchi transportlar ishga solinadi. Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhiga olib borib beriladigan mol-mulklar, dorixona samolyotlari orqali 300 ta shikastlanganlarga yetishi mumkin bo'lgan miqdorda yetkaziladi. Birga, qo'shimcha qismi (pritsep) bo'lgan transportlarda shunday «dorixona samolyotlari» ning 5 ta majmuasini olib borish ko'zda tutiladi. Ushbu mol-mulk, endi 1500 ta shikastlanganlarga yordam ko'rsatish uchun yetarli bo'ladi. Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhidan mablag', sarf-harajatlari qilinmaydi. Kerakli barcha mol-mulklar bepul beriladi. Shunga qaramay, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi boshlig'i shaharda qolgan va saqlanayotgan mol-mulklardan iloji boricha, ko'proq foydalanish imqoniyatlarini izlab topishi zarur. Buning uchun albatta, mavjud har qanday ma'lumot manbalaridan unumli foydalanish kerak.
    Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi qon va uning mahsulotlari bilan qon quyish muassasalari va bo'limlari orqali faoliyat ko'rsatayotgan barcha qismlarni dori-darmonlar va bog'lov mollari bilan o'z vaqtida ta'minlanishi uchun o'zining dorixonasini ochadi.
    Maxsuslashtirilgan kichik guruhlar mol-mulk bilan xizmat qilayotgan fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati dorixonalari va shifo muassasalari orqali ta'minlansa, harakatdagi va maxsuslashtirilgan, epidemiyaga qarshi guruh va kichik guruhlar, ularni tashkil qilgan muassasalar bakterial vositalarni esa, sanitar epidemiologiya muassasasi hisobidan oladi.
    Yuqumli kasalliklar shifoxonalari kerakli mol-mulklarni, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatini mol-mulklar bilan ta'minlaydigan, sog'liqni saqlash tizimiga qarashli omborxonalardan oladi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati shifoxonalari mol-mulklarni, ayni maqsadlar uchun mo'ljallangan kerakli mol-mulklarga tegishli talabnomalarni shifoxonalar uyushmalari boshqarmasiga yo'llaydi. Shifoxonalar boshqarmasi uyushmasi talabnomalarni ko'rib chiqqach, asoslilarini tasdiqlab, ularni talabnoma bergan shifoxonaning mol-mulklari bilan ta'minlab turadigan shifo muassasasiga jo'natadi. Mol beruvchilar talabnoma yo'llagan shifoxonalarga transport, idishlar va ishchilarni bermaydi. Demak, beriladigan mollarni olib ketish vazifasi talabnoma bergan shifoxona bo'yniga yuklatiladi.
    Shifoxonalar bakterial vositalarni sanitar-epidemiologik muassasalar yoki harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhlardan olishi kerak. Ular uchun zarur bo'lgan qon va uning mahsulotlarini qon quyish institutlari, muassasalari hamda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati qoshida faoliyat ko'rsatayotgan qon quyish bo'limlari va xonalaridan olinadi. Omborxonalar mol-mulklarini to'ldirish masalasi, yuqorida turgan dorixonalar boshqarmasining omborxonalari va saroyidan hamda tibbiyot texnikasi tashkilotlari yoki to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaradigan korxonalar orqali yechiladi.
    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini tibbiy jihatdan ta'minlash uchun dastavval, zararlangan o'choqqa yaqin joylashgan tibbiy ta'minot omborxonalari imqoniyatlaridan foydalanish lozim. Mabodo, bu maskanlarda kerakli mol-mulklar bo'lmay qolsa, u holda tumanlararo, viloyatlararo yoki respublika miqyosidagi harakatdagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati imqoniyatlaridan bahramand bo'lish kerak.
    Kam samaralar berishi ma'lum bo'lsa hamki, ishlatilgan mol-mulklarni imqoni boricha, qayta qo'llash usullaridan ham foydalanish kerak bo'ladi, chunki vujudga kelgan vaziyat shunday xatti-harakatlar qilishga majbur qilishi mumkin. Bunday mollarga bog'lov, ro'molchalar, qo'lqoplar va boshqalar kirishi ko'zda tutiladi.
    Karantin tadbiri e'lon qilingan sharoitlarda, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini tibbiy jihatdan ta'minlash masalasi ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi.

    1. sanitar guruhlari poliklinikalar shifokori qo'li ostida faoliyat ko'rsatadilar;

    2. sanitar guruhlari faoliyati uchun mahallarning ma'lum qismi ajratiladi;

    3. sanitar guruhlari sarflagan barcha mol-mulklar bilan ta'minlanishi, sarflanganlarni to'ldirish, ushbu poliklinika hisobidan amalga oshiriladi;

    4. mazkur vujudga kelgan shiroitlarda poliklinika faoliyati amalga oshishi uchun ma'lum dorixona biriktiriladi va ular tomonidan kerakli mol-mulklar bilan ta'minlanadi;

    5. ushbu dorixonalar karantin hududida tashkil etiladigan observatorlarni ham tibbiy jihatidan ta'minlashi lozim;

    6. bakterial vositalar bilan sanitar-epidemiologik muassasalar yoki harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh tomonidan ta'minlanishi shart.

    Karantin e'lon qilingan hududda, mabodo, tibbiy mol-mulk ta'minoti omborxonasi joylashgan bo'lsa, u holda shu yerda joylashgan dorixona va shifo maskanini tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlaydi. Bunday sharoitlarda, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i bakterial vositalar bilan zararlangan o'choqni uyalash va unga barham berish maqsadida, karantin hududida mavjud bo'lgan barcha imqoniyatlardan to'la-to'kis ravishda foydalanishi va bunday imqoniyatlar bo'lmasa, u holda karantin e'lon qilingan hudud tashqarisidagi manbalardan yordam so'rashi ko'zda tutiladi.


    MUSTAQIL ISHLASH UCHUN USLUBIY KO'RSATMALAR
    Mavzuni o'rganish jarayonida talabalar qo'lidan kelishi zarur:

    1. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tizimida tibbiy ta'minotni to'g'ri amalga oshirish jarayonini anglashni bilish;

    2. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalari uchun zarur bo'lgan mol-mulklar turlari, miqdorini aniqlash va talabnomalarni to'g'ri to'ldirishni o'rganishi lozim;

    3. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari \a muassasalarini o'z vaqtida mol-mulklar bilan ta'minlash mas'uliyatini o'zida tarbiyalash.




    Download 2,55 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




    Download 2,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TIBBIY VOSITALAR BILAN TA'MINLASh TARTIBI VA ULARNI HIMOYALASh ChORALARI

    Download 2,55 Mb.