• 10. Sanitar-oqartuv ishlari.
  • Oziq-ovqatlarni va suvni zararsizlantirish




    Download 2,55 Mb.
    bet152/179
    Sana15.03.2017
    Hajmi2,55 Mb.
    #82
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   179
    9. Oziq-ovqatlarni va suvni zararsizlantirish.

    Oziq ovqatlarni va suvni zararsiz holga keltirish masalalari bilan savdo qilish ovqatlanish va muhandislik xizmatlari shug'ullanadi. Oziq-ovqatlar va suvni beziyon ko'rinishga olib kelish va sanitar tekshiruvlarini (ekspertiza) fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati amalga oshiradi.



    10. Sanitar-oqartuv ishlari.

    Keng ko'lamdagi sanitar-oqartuv yumushlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot vositalarining barcha turlaridan (radio.

    televideniya, ro'znomalar, ilmiy-ommaviy adabiyotlar, internet tizimlari va h.k.) unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

    Ayni maqsadda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati mahalliy hokimiyat tizimi bilan o`zviy aloqada bo'lib, sanitar-oqartuv ishlari rejalarini to`zishi kerak. Buning uchun «Salomatlik» instituti imqoniyatlaridan foydalanishning nafi katta bo'ladi. Ushbu jarayonga hamma aloqador (sanitar-epidemiologik va h.k. matbuot aksionerlik jamiyati, o'quv muassasalari jalb qilinishi mumkin. Maqola va ma'ro`zalar, byulleten, varaqalar, videofilm tushirilgan kassetalar, slaydlar orqali tarqatilishi mumkin. Bu ma'lumotlarda beriladigan tavsiyalar aholi tomonidan bajarilishi kerak. Masalan, «Gripp» mavzusiga bag'ishlangan varaqdagi tavsiyalar: grippning oldini olish va davolash masalalarini qisqa va lo'nda qilib borishi lozim.

    Tavsiyalar orasida aholining u yoki bu yuqumli kasalliklar paydo bo'lgan vaqtdagi xatti-harakati, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bandlari aniq ko'rsatilishi zarur. Undan tashqari, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati yuqumli kasalliklardan o'lgan odamlar jasadlarini yuvish va ko'mish jarayonlarini nazorat qilishi kerak.

    Dushman tomonidan ommaviy qirg'in bakteriologik (biologik) qurolni ishlatilganini, yuqumli dardlarning vujudga kelishiga qarab ham bilish mumkin. Buning uchun bitta o'ta yuqumli xastalik bilan og'rigan kishi aniqlanadi. Ayrim hollarda, shuning o'zi ham tegishli epidemiyaga qarshi, chora-tadbirlarni ko'rishga asos bo'ladi. Yana bir narsaga e'tiborni qaratish lozim: u ham bo'lsa, «Kimyoviy trevoga»ning kechiqib e'lon qilinishidir. Bunday voqealarning yo`z berishi, yuqumli kasalliklarni nomaxsus oldini olish va odamlarga to'liq sanitar ishlovini ko'rsatish vaqt jihatidan orqaga suriladi. Natijada, kutilgandan ham bisyor miqdordagi odamlar yuqumli dardlarga duchor bo'ladi.

    Bakteriologik nazoratning asosiy vazifasi vujudga kelgan o'choq sarhadlarini aniqlashdan iborat bo'ladi. Qolgan tadbirlar ro'yxati va amalga oshirilish tartibi xuddi dushman bakteriologik (biologik) vositalarni ishlatganidagi kabi amalga oshiriladi.

    Yuqorida aytilgan barcha tadbirlar, bakteriologik zararlangan o'choqni uyalash va unga barham berishga qaratilgan bo'lib, kompleks holda bajarilishi lozim. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun faqat fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati kuchlari yetarli bo'lmaydi. Shu boisdan, jarayonga fuqarolar muhofazasiga qarashli, barcha boshqa yo'nalishda amallarni bajaruvchi kuchlar ham jalb qilinishi zarur. Bularga quyidagi xizmatchilar kiradi:

    1) jamoat tartibini saqlash; 2) o't o'chiruvchilik; 3) muhandislik; 4) savdo qilish va ovqatlanish; 5) uy-joy (kommunal)-texnik; 6) transportlar; 7) aloqa; 8) hayvonlar va o'simliklarni himoyalash.


    1. Jamoat tartibini saqlash xizmati zararlangan o'choqni uyalaydi, nazorat o'tqazish joyini tashkil etib, to'siq va tartibga solish guruhlarini ishga solib, karantin e'lon qilingan hududda komendantlik xizmatiga oid bo'lgan navbatchilik va oziq-ovqat inshootlarini, yuqumli kasalliklar shifoxonasini, karantin e'lon qilingan hudud chegaralarini qo'riqlaydi. Bu joyni uyalash maqsadida, fuqarolar muhofazasining harbiy qismlarining quruqlik va suvdagi qo'shinlarini jalb qilish mumkin.

    2. O't o'chirish va uy-joy-texnik xizmatlarining vazifalari bir xil bo'lib, ular quyidagilardan iborat bo'ladi: texnikani ajratib. bakteriologik (biologik) o'choqda dezinfeksiya ishlarida va bu yerdagi odamlarga to'la-to'kis sanitar ishlovini berish amallarida ishtirok etishadi.

    3. Muhandislik xizmati nazorat o'tqazish joyidagi qo'riqlash (o'rov) va tartibga solish, qabul-o'tqazish joylari, ushbu nazorat joyi va karantin e'lon qilingan hudud joyini aylanib o'tuvchi yo'llarni jihozlab, qo'shimcha suv manbalarini izlab, jihozlar bilan ta'minlab. suvni zararsizlantiradi.

    4. Savdo qilish va ovqatlanish xizmati, odamlar va fuqarolar muhofazasi tuzilmalarini suv, oziq-ovqat hamda dastlabki zarur mahsulotlar bilan ta'minlaydi. Buning uchun nazorat o'tqazish joyida qabul-o'tqazish joyini tashkil qilib, uning ishini yo'lga soladi. Tibbiy xizmat nazoratida, u oziq-ovqat mahsulotlarini (xomashyolarni) va oziq-ovqatlarni zararsizlantiradi. Bo`zilgan, ya'ni tanovul uchun ishlatib bo'lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini kerakli joylarga tarqatadi yoki yo'q qilib yuboradi. Bunday amallarni bajarish uchun asos tariqasida, sanitar tekshirish (ekspertiza) xulosasi olinadi.

    O'zining omborxonalari va xonalarini zararsizlantiradi.

    1. Turar joylarni texnik nuqtayi nazardan ta'minlaydi va nazorat qilib boradi.

    2. Transport xizmati fuqarolar muhofazasiga tegishli kuchlar va vositalarni bakteriologik zararlangan o'choqqa olib keladi. Keltirilgan kuchlar va vositalar zarar topgan o'choqni uyalaydi va unga barham beradi. Karantin tartibidagi hudud ichkarisida, yuklarni tashish amallarini bajaradi.

    3. Aloqa xizmati aholini bakteriologik (biologik) hujum haqida ogohlantiradi, fuqarolar muhofazasi boshlig'i va uning rahbariyati

    (shtabi)ni qo'li ostidagi xizmatlar boshlig'i va yuqorida o'tirgan rahbariyat bilan bog'lanishini tashkil qiladi. Undan tashqari, fuqarolar muhofazasi rahbariyati bilan birgalikda nazorat o'tqazish joyi hamda zararlangan o'choqda faoliyat ko'rsatayotgan muassasalar va tuzilmalar orasidagi aloqani ham uyushtiradi.

    8. Hayvonlar va o'simliklarni himoya qilish xizmati.

    Fuqarolar muhofazasi tizimida aholini himoya qilishni tashkil etish bilan birga, qishloq xo'jalik hayvonlari, chorvachilik mahsulotlari va o'simliklarni ham himoyalash chora-tadbirlari ko'riladi. Bu vazifani ular tibbiy xizmatning shaxsiy tarkibi bilan hamjihatlikda amalga oshiradi. Ayni maqsadda, u o'z kuchi va vositalarini ishga solib, quyidagi vazifalarni bajaradi:

    1) bakteriologik (biologik) nazorat-ko`zatuvini amalga oshiradi. Ish


    jarayonida bakteriologik (biologik) vositalarni aniqlaydi;

    2) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga zarur hollarda,


    dezinfeksiyalovchi va tezkor muhofaza vositalarini ajratadi;

    3) kasal bo'lgan hayvonlarni aniqlaydi;



    1. kasal bo'lgan hayvonlarni alohidalaydi va ularga sanitar ishlovini beradi hamda davolash ishlarini olib boradi;

    2. hayvonot va o'simlik olamidan olinadigan mahsulotlarni, yem va suvning zararlanganligi ustidan nazorat tahlillarini o'tkazadi;

    3. hayvonlar orasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan, epidemiyaga qarshi yo'naltirilgan tadbirlarni tashkil qiladi va agrotexnik chora-tadbirlarni o'tqazadi. Buning uchun o'simliklar, yomg'ir hosil qiluvchi uskunalardan foydalanib, obdan yuviladi - cho'miltiriladi, zararlangan ekinzorlarchuqurligi 50-70 sm qilib qayta haydaladi.

    Fuqarolar muhofazasining barcha xizmatlari bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi tufayli bakteriologik (biologik) zararlangan o'choqda mo'ljallangan yumushlarning tezda bajarilishi va samarali bo'lishiga erishish mumkin.

    BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) ZARARLANGAN O'CHOQDA EPIDEMIYAGA QARSHI TUZILMALAR FAOLIYATINI TASHKIL QILISH

    Shahar va tuman fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshliqlari tomonidan zararlangan o'zi xizmat qilayotgan o'choqda harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhlar (HEQG) va maxsus, epidemiyaga qarshi kichik guruhlar (MEQKG) bajaradigan faoliyatlar boshqariladi. Bu tuzilmalar quyidagi amallarni bajarishlari haqida ko*rsatmalar oladilar:

    1) qaysi hududlar va miqdori qancha bo'lgan aholi orasida


    epidemiyaga qarshi faoliyatni tashkil etish;

    1. qaysi inshootlar yoki aholi manzilgohlarini alohida nazorat ostiga olish zarur;

    2. qaysi tuzilmalar va shifo muassasalari bilan hamjihatlik qilish va qaysi masalalar bo'yicha, ular bilan muloqotda bo'lish;

    3. faoliyatini amalga oshirish joyi va muddati;

    4. bildirgichlarni berish tartibi va muddati.

    Epidemiyaga qarshi tuzilmalarni boshqarish jarayonida zamonaviy aloqa vositalari (ratsiya, telefon, uyali telefon, harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhlar bilan radio) yordamida amalga oshiriladi.

    Harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh va maxsus epidemiyaga qarshi kichik guruh, aytilgan joylarga yetib borishlari bilanoq, fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati boshlig'i bilan aloqani o'rnatadi va ushbu rahbar qo'li ostida kerakli amallarni ado etadi. Undan tashqari, ular boshqa hamjihatlik bilan ishlaydigan tuzilmalar yoki muassasalar bilan aloqani yo'lga qo'yib, joylashuvga hozirlik ko'radilar. O'rnashish jarayonida, asosiy e'tiborni, bakteriologik tahlilxonani tezlikda ishga tushirishga shaylash, keyinchalik esa, harakatdagi va maxsus epidemiyaga qarshi guruh va kichik guruhlarning boshqa bo'limlarini ochishga qaratiladi.

    Mazkur tuzilmalarning mutaxassislari shifo muassasalariga va dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhiga barcha zarur deb topilgan, epidemiyaga qarshi masalalarni aniqlash va to'g'ri amalga oshirish masalalari bo'yicha maslahat beradilar.

    Harakatdagi va maxsus, epidemiyaga qarshi guruh va kichik guruh quyidagi faoliyatlarni bajaradi:



    1. tahlilxona uchun atrof-muhitdagi inshootlardan olinadigan tekshiruv natijalarini olish va ularni yetkazib kelish tartibini belgilash;

    2. hudud, imoratlar, kiyimlar, oziq-ovqatlar va ichimlik suvini zararsizlantirishni nazorat qilish;

    3) aholiga to'la-to'kis sanitar ishlovini berishni nazorat qilish;

    1. epidemiyaga qarshi tartibli sharoitda yuqumli dardlar, vaqtinchalik yuqumli kasallik shifoxonalarining faoliyatlarini to'g'ri amalga oshirilishini tekshirish;

    2. zararlangan oziq-ovqat va suvning sanitar nazoratini o'tqazish (ekspertiza).

    Bakteriologik ko`zatuv, dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish guruhi va shifo muassasalariga kelayotgan zararlangan odamlar soni, ularning tashxisi, shifo muassasalari amalga oshirilayotgan, epidemiyaga qarshi yuqumli kasalliklarning oldini olish haqidagi ma'lumotlar zudlik bilan harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhga (maxsus, epidemiyaga qarshi kichik guruh) yetib borishi kerak. Amalga oshirilayotgan faoliyatlar bo'yicha, harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsus epidemiyaga qarshi kichik guruh) boshlig'i fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati rahbariga axborot beradi, chunki u ushbu rahbar qo'li ostida ishlaydi. Barcha mo'ljallangan faoliyatlar nihoyasiga borib taqalgach. ularni tashkil etgan muassasalar boshliqlariga ma'lumot beriladi.

    Mustaqil joyda (poliklinikaviy muassasa huquqidagi) faoliyat ko'rsatilayotganda, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining majburiyatlari:



    1. harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh)ga o'choqda olib boriladigan epidemiologik tekshirishni amalga oshirishda ko'makdosh bo'lishi zarur;

    2. harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) talablariga binoan, atrof-muhitdagi inshootlardan namunalar olish lozim;

    3. bemorlar va ular bilan aloqada bo'lgan shaxslarni aniqlash jarayonida, faol qatnashish va bemorlarni alohidalash hamda shifoxonaga yotqizish;

    4. uy-joy o'choqlarini dezinfeksiya qilishni amalga oshirish;

    5. sanitar-oqartuv ishlarini tashkil qilish va zarur bo'lgan amallarni bajarish.

    Vaqtinchalik yuqumli kasallikka chalingan bemorlar uchun shifoxonani ochish paytida, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi yuqorida keltirilgan 5 banddan iborat amallar qatoriga 6-sini qo'shadi: yuqumli kasalligi mavjud bemorlarni hisobga olish va ularni davolash.

    Maxsus deb hisoblanadigan tuzilmalarga (harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh va maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) quyidagi vazifalar yuklatiladi:



    1. dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhiga uslubiy yordamni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida ko'maklashish;

    2. dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhini dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya vositalari bilan ta'minlash;

    1. dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhiga kelib tushayotgan bemorlarga to'la-to'kis sanitar ishlovini o'tqazish;

    2. o'zining bakteriologik tahlilxonasida bemorlarning ajratuv va boshqa mahsulotlarini tekshirish;

    3. dastlabki yordam ko'rsatish guruhini maxsus emlash vositalari (zardoblar, vaksinalar, anatoksinlar, bakteriofaglar) bilan ta'minlash;

    Shunday qilib, bakteriologik zararlangan o'choqda tibbiy tuzilmalar faoliyati, tuman fuqarolar tibbiy xizmati va uning rahbariyati (shtabi) bilan o`zviy hamkorlikda amalga oshiriladi. Undan tashqari, harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) savdo qilish va ovqatlanish xizmatiga katta yordamni, zararlanganlikka shubha ostiga olingan oziq-ovqatlarni zararsizlantirilgandan keyin tekshirib berish va aholi tomonidan oziq-ovqatlarni tanovul qilinishi mumkinligi haqidagi tekshiruv natijalarini berib, amalga oshiradi.

    Harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) mutlaqo tanovul qilib bo'lmaydigan oziq-ovqatlarni tashish, yo'qotilishini va aholi hamda fuqarolar muhofazasi tuzilmalarini ovqatlanishi va suv bilan ta'minlanishiga tegishli omborxonalar, do'qonlar, jamoa ovqatlanish korxonalari faoliyatini nazorat qiladi.

    Bakteriologik (biologik) vositalar bilan zararlangan o'choqda harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhni (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) hayvonlar va o'simliklarni himoyalash xizmatini, ayniqsa, patofitologik va veterinariya tahlilxonalari bilan o'zaro hamjihatligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday hamjihatlik negizida hayvonlar va o'simliklar himoyasi xizmati faoliyati qo'llaniladigan narsalar va usullar, atrof-muhit inshootlaridan namunalarni olish, ularni tahlilxonalarga yetkazish, tekshirish, qo'llaniladigan asboblar, kimyoviy vositalar (reaktiv va h.k.), harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) va sanitar epidemiologik muassasasidagi kabi omillar yotadi. Bunday sharoitda amallar ikki qayta bajarilmasdan, ular atrof-muhitdan, ayniqsa, dalalar, fermalar, parrandachilik fermasi va qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlovchi va qaytadan ishlovchi korxonalardan olinadigan namunalarning bir qismi (harakatdagi epidemiyaga qarshi kichik guruh) sanitar epidemiologik muassasalarida emas, balki hayvonlar va o'simliklarni himoya qilish xizmati tahlilxonasida tekshirish imqoniyatlarini beradi.

    Tibbiy xizmat rahbari va har bir tuzilmalar, muassasalar boshlig'i qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishi bo'yicha shaxsan javob beradi lar.


    OZIQ-OVQATLAR VA ICHIMLIK SUVINI HIMOYALASH VA SANITAR TEKSHIRUVDAN (EKSPERTIZA) O'TQAZISHNI TASHKIL QILISH
    Dushman tomonidan yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollarning qo'llanilishi tufayli oziq-ovqatlar va ichimlik suvining zararlanishi odamlarni shikastlovchi sabablarga aylanishi mumkin.

    Oziq-ovqat va suv ichiga radiofaol moddalarning kirish chuqurligi, ularni saqlash usuli, idishlarning ahvoli va mahsulotlar turiga bog'liq. Masalan, radiofaol moddalar, ochiq, berkitilmagan holatda yotgan donlar ichiga 3 sm gacha, un, maydalangan don mahsuloti - yormalar, shakar ichiga 0,5-1,0 sm atrofida kiradi.

    Himoyalanmagan suyuq mahsulotlar (sut, o'simlik moylari) va ichimlik suvi ichiga radiofaol moddalar tagigacha kiradi. Hududlarning katta ko'lamdagi qismlarining yuqori darajadagi, chidamli zaharlovchi moddalar bilan zararlanishi oziq-ovqatlar va suv manbalarining zararlanishiga olib keladi, natijada odamlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo'ladi.

    Zaharlovchi moddalar ichimlik suvini va oziq-ovqatlarni tomchi-suyuq, aerozol va bug' ko'rinishlarida zararlashi mumkin. Oziq-ovqatlar mahsulotlari zahirasi va ichimlik suvining zararlanishi, qora niyat bilan (диверсия) qilingan bo'Iishi ham mumkin. Oziq-ovqatlar zaharlovchi moddalarning bug'i va aerozollarini o'tqazib yuboradigan idishlarda saqlansa, u holda bunday oziq-ovqatlar bilan zaharlanish ehtimoli yuqori darajada bo'ladi.

    Zaharlovchi moddalar oziq-ovqatlar tomonidan yaxshigina so'riladi va oziq-ovqatlar tarkibida o`zoq vaqt saqlanishi mumkin. Ayniqsa, katta xavf tug'diruvchi, zaharlovchi moddalar (VX, iprit) alohida e'tiborga ega, chunki ular oziq-ovqatlarda bir necha kecha-kundo`z va hatto haftalar mobaynida saqlanib, oziq-ovqatlarning xavfli zararlanishiga olib keladi. Zaharlovchi moddalar turli mahsulot ichiga, turli chuqurlikkacha kiradi. Masalan, zaharlovchi mqddalar, tomchi-suyuq holida oziq-ovqat mahsulotlari ichiga 2 sm dan tortib, idishning tagigacha so'rilishi, singishi mumkin. Zaharlovchi moddalar eng kam miqdorda kiradigan mahsulotlarga sabzavotlar (2 sm) kirsa, eng ko'p kirishi mumkin bo'lganlarga esa, shakar va to`zlar kiradi (35-jadval)


    Download 2,55 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   179




    Download 2,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqatlarni va suvni zararsizlantirish

    Download 2,55 Mb.