• 2.2 O’quv modulining vazifalari
  • 2. 3. Modul bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar. O‘quvchi bilishi kerak
  • O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi




    Download 0.58 Mb.
    bet1/4
    Sana18.05.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #61388
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1 kurs Tibbiy kimyo davolash o`zb1 — копия






    1. Oquv moduli o’qitilishi bo’yicha ko’rsatmalar
    Tibbiy kimyo moduli talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirib borish vazifalarini bajaradi.
    2. Modulni o’qitish davomida rejalashtirilgan natijalar
    2.1. O’quv modulining maqsadi:

    • Umumiy, analitik, fizik, kolloid kimyo asoslari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan, fizik-kimyoviy jarayonlar mohiyatini bilgan holda fizik-kimyoviy kattaliklarni xisoblashni bajara oladigan, organik kimyo asoslari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan xolda, biokimyoning kirish qismi xisoblanadigan “Statik biokimyo”ni, biokimyoviy jarayonlarda qatnashuvchi biopolimerlar va bioboshqaruvchi moddalar tuzilishi, hossalari va funksiyalarini tushinadigan, ular ishtirokida boradigan jarayonlarni modellashtirib bajara oladigan, tirik organizmda kechuvchi kimyoviy jarayonlarning ilmiy asoslarini xujayra va molekulyar darajada tushinib yeta oladigan, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan mutahassislarni tayyorlash.

    2.2 O’quv modulining vazifalari:

    • Modulning asosiy vazifasi talabalarni kimyoviy laboratoriyada ishlash qoidalari bilan tanishtirish; fizik-kimyoviy kattaliklarni aniqlash, o‘lchash, qo‘llashni o‘rgatish; biologik faol organik moddalar tuzilishi, xossalari va organizmdagi funksiyalarini o‘rgatish; talabalarda ilmiy kimyoviy adabiyot bilan ishlash, muammoli va vaziyatli masalalarni yechish va eksperiment bajara oladigan ko‘nikmalarni yaratish.

    2. 3. Modul bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar.


    O‘quvchi bilishi kerak:

    • boshqa fundamental va klinik modullarni o‘zlashtirishi uchun tibbiy kimyo modulining zarurligi;

    • kimyoning asosiy tushunchalari, qonunlari, qoidalari, kimyoviy formulalar va reaksiyalar, anorganik va organik moddalar tuzilishi va xossalari;

    • fizik-kimyoviy kattaliklar, moddalarni tahlil qilish usullarini;

    • elektrolit va noelektrolit moddalar eritmalari, kompleks birikmalar, biogen elementlar kimyosi, eritmalar nazariyasi, bufer sistemalar, ularni kislota-asosli gomeostazni saqlashdagi o‘rni, bioenergetikaning nazariy asoslari, biokimyoviy jarayonlarning yo‘nalishiga ta’sir etuvchi omillar; odam organizmining elektr tokini o‘tkazishi, oksidlanish-qaytarilish potensiallarini xosil bo‘lishi va elektrkimyoga asoslangan tashxis va davolash usullarining fizik-kimyoviy asoslari, sirt xodisalarining fizik-kimyosi, adsorbsion terapiyaning fizik-kimyoviy asoslari, dispers sistemalar va biopolimerlar eritmalarining fizik-kimyosini;

    • organik kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonunlari, qoidalari, organik moddalar tuzilishining Butlerov nazariyasi, organik moddalarning fazoviy tuzilishi, ularning reaksion qobiliyatiga ta’sir etuvchi omillar, organik moddalarni tahlil qilish usullarini;

    • geterofunksional va geteroxalqali birikmalar tuzilishi va xossalarini dori vositalari va metabolizm qatnashchilari sifatida, aminokislotalar tuzilishi va xossalarini, biopolimer moddalar - oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar, lipidlarning tuzilishi, xossalari, funksiyalarini, fermentlar va vitaminlar tuzilishi va funksiyalarini.


    Download 0.58 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

    Download 0.58 Mb.