14
52. Suv ta’minoti va suvni qayta ishlash qurilmalari lokomotivlar, poezdlar, stansiyalar
va temir yo’l transporti korxonalarini sifatli suv bilan zarur miqdorda uzluksiz ta’minlashi hamda
boshqa xo’jalik, yong’inni o’chirish va ichimlik suvga bo’lgan talablarni qondirishi lozim.
Oqava qurilmalari sanitariya talablariga muvofiq ravishda temir yo’l korxonalari va turar
joylari oqava suvlarining tozalanishini ta’minlashi lozim.
53. DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan punktlarda quyidagilar doimiy tayyor
holatda turishi shart:
harakat tarkibining izdan chiqishi va to’qnashuvi oqibatlarini bartaraf etish hamda
ularning normal harakatini tiklash uchun tiklash poezdlari, elektr ta’minoti qurilmalarini va
yo’lni tiklash uchun avtomatrisalar, drezinalar va avtomobillar, aloqani ta’mirlash-tiklash
letuchkalarining vagonlari va avtomobillari, avariya-dala guruhlari;
yong’inlarni oldini olish hamda o’chirish uchun o’t o’chirish poezdlari hamda o’t
o’chirish guruhlari.
Tiklash ishlarini olib borishga mo’ljallangan tiklash va o’t o’chirish poezlari,
avtomatrisalar va drezinalarning doimiy to’xtash yo’llarini harakat tarkibi bilan egallash
taqiqlanadi.