16
ichidagi dispetcherlik aloqasi, stansiya radio aloqasining manyovr va boshqa turlari hamda ikki
tomonlama park aloqasi qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi lozim.
Saralash, uchastka va yuk stansiyalari ish hajmiga bog’liq ravishda, bundan tashqari,
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari, DATK axborot hisoblash tarmog’i
bilan aloqa
qurilmalari, tashish hujjatlarini qabul qilish va eltish hamda ko’rikdan o’tkazilayotgan va
ta’mirlanayotgan tarkiblarni markazlashtirilgan to’sish qurilmalari, stansiyalardagi vokzallar esa
yo’lovchilarga ma’lumot berish uchun aloqa qurilmalari bilan jihozlanadi.
61. Stansiyalarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish inshootlari, poezdlarni qabul qilish va
jo’natish, yuk ortish-tushirish va manyovr ishlarini bajarish, anjomlash, harakat tarkibiga
texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash yo’llari va parklari, yuk hududlari, konteyner
maydonchalari,
saralash maydonchalari, saralash platformalari, vagon tarozilari, shuningdek,
xodimlar poezdlarni kutib oladigan joylarda strelka bo’g’izlari, omborlar, kesishmalar, zarur
hollarda esa boshqa yo’l va punktlar yoritilishi shart.
Yoritish DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan me’yor
talablariga javob berib,
poezdlar harakati va manyovr harakatlarining xavfsizligini, vagonlarga chiqarish va tushirish
paytida yo’lovchilarning xavfsizligini, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning uzluksiz va xavfsiz
faoliyatini va yuklarni muhofaza qilinishini ta’minlashi lozim.
Ish hajmi kam bo’lgan oraliq stansiyalarda yuk va manyovr ishlari olib borilmayotgan
paytda stansiyaning yuk ortish-tushirish va boshqa yo’llaridagi tashqi yoritishni seksiyali
o’chirish qurilmalari mavjud bo’lishi kerak.
Yo’lovchi to’xtash punktlarida yo’lovchilarni vagonlarga
chiqarish va vagonlardan
tushirish hamda yo’lovchilar uchun ajratilgan xonalar yoritilishi lozim.
Tashqi yoritish signal chiroqlarining aniq-ravshan ko’rinishiga ta’sir etmasligi lozim.