4
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha
yo’riqnoma;
6
lavozim yo’riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlar;
mehnat muhofazasi, sanitariya qoidalari va me’yorlari bo’yicha qoida va yo’riqnomalar;
O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti xodimlari intizomi to’g’risidagi Nizom.
Qolgan barcha xodimlar ushbu Qoidalarda ko’zda tutilgan temir yo’l transporti
xodimlarining umumiy majburiyatlarini, mehnat muhofazasi qoidalari, sanitariya qoidalari va
me’yorlari, lavozim yo’riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlarni
bilishlari kerak.
Ish kunini zichlashtirish yoki o’rindoshlik tartibi asnosida poezdlar harakati bilan bog’liq
bo’lgan qo’shimcha vazifalar yuklatilgan temir yo’l transporti xodimlari, bu ishlarga tegishli
qoida va yo’riqnomalar bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazilgandan so’nggina qo’yiladilar.
Xodimlarning ushbu bandda ko’rsatilgan sinovlardan o’tishi kerak bo’lgan lavozim va
kasblarning ro’yxati, har bir lavozim (kasb) uchun bilim hajmi, ishga qabul qilishdagi va davriy
sinovlarning o’tkazish tartibi DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan o‘rnatiladi, DATK
boshqaruvi raisi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar uchun – «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan
kelishiladi.
8. Temir yo’l transportiga poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan lavozimlarga ishga
kiruvchi shaxslar tegishli ishlarni bajarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy
ko’rikdan o’tishlari kerak. Keyinchalik ushbu xodimlarning davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlari
DATK boshqaruvi raisi va tegishli vazirlik, idora va korxonalarning rahbarlari belgilagan
tartibda amalga oshirilishi kerak.
18 yoshdan kichik bo’lgan shaxslar bevosita poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan
quyidagi lavozim va kasblarga qo’yilmaydilar: lokomotiv, motorvagon poezdlar, avtomatrisalar,
harakatdagi yuk ko’taruvchi kranlarning mashinistlari va ularning yordamchilari, parovoz o’t
yoqarlari, drezina haydovchilari va ularning yordamchilari, dispetcherlar, stansiya, park va
tepacha navbatchilari, saralash tepaligi operatorlari, stansiya navbatchilari qoshidagi operatorlar,
poezd
konduktorlari,
tuzuvchilar
brigadasi
xodimlari,
vagonlar
harakat
tezligini
muvofiqlashtiruvchilar, signalchilar, markazlash posti operatorlari, strelka posti navbatchilari,
yo’l, ko’prik va er osti yo’li ustalari, yo’l brigadirlari, temir yo’llarni ko’zdan kechirib o’tadigan
xodimlar, yo’l montyorlari (uchinchi va undan yuqori razryadlar), pereezd navbatchilari, BMT
(blakirovkani markazlashtirish tizimi - SSB) va saralash tepaligi qurilmalariga xizmat
ko’rsatuvchi elektrmexaniklar va elektmontyorlar, vagonlarni ta’mirlovchi-ko’rikdan
o’tkazuvchilar, vagonlarni ko’rikdan o’tkazuvchilar, yo’lovchi poezdlari boshliqlari (mexanik-
brigadirlari), vagon kuzatuvchilari, vagonlarni uzib qolmasdan ta’mirlash usta va ishchilari,
vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punkti operatorlari, poezd elektrmexaniklari, elektr ta’minoti
distansiyasi ustasi va elektrmexaniklari, refrijerator poezdlari va seksiyalari mexaniklari,
defektoskop va yo’l o’lchash vagonlarining sozlovchilari, yo’l mashinalari va mexanizmlari
mashinistlari, defektoskop aravachalari operatorlari, yo’l o’lchovlari bo’yicha operatorlar va
ularning yordamchilari.