6
Zavod, fabrika, ustaxonalar, depo, dengiz va daryo portlari, shaxtalar,
yuk rayonlari,
baza, omborlar, karyer, elektrstansiyalar va boshqa sanoat va transport korxonalari hududida va
ular orasida joylashgan inshoot va qurilmalar ham O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti
tomonidan belgilangan Sp - qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari talablariga javob berishi
kerak.
Temir yo’llar, shahobcha yo’llar va ulardagi inshoot va qurilmalarni loyihalashtirish,
qurish va qayta qurishda, ikkinchi yo’llarni elektrlashtirish va qurishda, shuningdek, ko’rsatilgan
gabaritlarga tenglashtirilgan foydalanishdagi qurilmalarda S va Sp gabaritlariga rioya qilish
kerak. Temir yo’llar, qurilma va inshootlarni yangidan qurish
va qayta qurishda S va Sp
gabaritlarni qo’llash xususiyatlari, S va Sp gabaritlari talablariga javob bermaydigan va eski
me’yor bo’yicha qurilgan amaldagi qurilma va inshootlarga bo’lgan talablar, qurilma va inshoot
gabaritlarini tekshirish va nogabarit joylarni yo’qotish tartiblari Qurilishlarning yaqinlashish
gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasida ko’zda tutilgan.
S, Sp gabaritlari talablariga javob bermaydigan amaldagi inshoot va qurilmalarni qayta
qurishni
loyihalashtirishda, birinchi navbatda Tpr va Ts gabaritli istiqbolli harakat tarkiblarini,
shuningdek, zonal gabarit bo’yicha ortilgan yuklarning o’tishini ta’minlamaydigan ob’ektlarni
hisobga olish kerak.
Ta’mirlash, qurilish va boshqa xil ishlarni amalga oshirishda inshoot va qurilmalarning
gabaritlarini buzish man etiladi.
15. Ikki yo’lli liniyalarning peregonlaridagi yo’l o’qlari orasidagi masofa to’g’ri
uchastkalarda 4100 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Uch yo’lli va to’rt yo’lli liniyalarning to’g’ri uchastkalarida ikkkinchi va uchinchi
yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 5000 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Stansiyalarda to’g’ri uchastkalarda qo’shni yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 4800
mm dan, ikkinchi darajali yo’llar va yuk rayonlari yo’llarida 4500 mm dan kam bo’lmasligi
kerak. Stansiyalarda asosiy yo’llar chetda joylashganida DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan
ular orasidagi masofa 4100 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Bevosita yuklarni vagondan vagonga ortish uchun qo’llaniladigan yo’llarda yo’l o’qlari
orasidagi masofa 3600 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Peregon va stansiyalarda egri uchastkalarda qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi hamda yo’l
o’qi va qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari orasidagi gorizontal
masofa Qurilishlarning
yaqinlashish gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi.
16. Ochiq harakat tarkibiga ortilgan yuk (o’rash va mahkamlashni hisobga olib)
belgilangan ortish gabaritlari chegarasida joylashishi kerak.
Ochiq harakat tarkibida ortish gabaritlari chegarasida joylashtirib bo’lmaydigan yuklar,
respublika hududida DATK tomonidan belgilangan tartibda tashiladi.
Yoppasiga ortish joylarida (shahobcha yo’llar, qayta ortish stansiyalarida) belgilangan
gabaritlar chegarasida yuklarning to’g’ri joylashganini tekshirish uchun gabarit darvozalari
o’rnatiladi.
Tushirilgan yoki ortishga tayyorlab yo’l chetiga joylashtirib qo’yilgan yuklar
qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini buzmaydigan qilib tahlangan va mahkamlangan
bo’lishi kerak.
Balandligi 1200 mm gacha bo’lgan yuklar (yo’l ishlari uchun to’kiladigan ballastdan
tashqari) chekka rels kallagi tashqi chegarasidan kamida 2,0
m masofada, balandligi bundan
katta yuklar esa kamida 2,5 m masofada joylashishi kerak.