5
2-BO’LIM. INSHOOT VA QURILMALAR
2-bob. Umumiy qoidalar. Gabarit
11. Temir yo’l inshoot va qurilmalari soz ahvolda saqlanishi kerak.
Nosozliklar kelib chiqishini oldini olish va inshootlarning uzoq vaqt xizmat qilishini
ta’minlash bunga javobgar shaxslarning asosiy vazifasi bo’lishi kerak.
Inshoot va qurilmalar ahvoliga javobgarlik bevosita ularga xizmat ko’rsatuvchi
xodimlar hamda ushbu inshoot va qurilmalar qarashli bo’lgan korxona rahbari zimmasiga
yuklatiladi.
Qayd etilgan xodimlar lavozim vazifalariga ko’ra har biri o’z o’rnida inshoot va
qurilmalarning ahvoli va ulardan foydalanish qoidalarini bilishlari, doimiy ravishda ularni
tekshirib borishlari, texnik xizmat, ta’mirlash va asrashning yuqori sifatlarini
ta’minlashlari kerak.
12. Inshootlar, qurilmalar, mexanizm va asbob-uskunalar tasdiqlangan
loyiha hujjatlari va
texnik shartlarga muvofiq bo’lishi kerak. Asosiy inshootlar, qurilma
va asbob-uskunalarga
ularning muhim texnik va foydalanish tavsiflariga ega bo’lgan texnik pasportlari tutilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transportiga etkazilib beruvchi qurilma,
mexanizm va
asbob-uskunalar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq majburiy sertifikatlashdan
o’tishi kerak.