|
O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 5/6 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 158 Kb. | | #160006 |
Bog'liq 3-курс амалиёти (2)
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotni tayyorlash va hisobotni himoya qilish tartibi
Amaliyot o‘tash davrida talaba doimiy ravishda kundalik to‘ldirib boradi va uni rahbar nazoratidan o‘tkazib turadi. Kundalikda hafta davomida olingan ma’lumotlar qisqa ko‘rinishda, to‘liq ma’lumotlar esa hisobot uchun rasmiylashtirib boriladi.
Barcha ma’lumotlar bo‘yicha hisobot tayyorlanib, ishlab chiqarishdan tayinlangan rahbar nazoratidan o‘tkaziladi, amaliyot so‘ngida institutdan tayinlangan rahbarga taqdim etiladi va himoya qilib “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasiga topshiriladi.
Hisobot bilan birgalikda amaliyotda to‘ldirib borilgan kundalik ham kafedraga taqdim etiladi.
Amaliyot hisoboti, kundaligi to‘ldirilmagan va amaliyotda sababsiz qatnashmagan talabalar institutdan tayinlangan hay’at tomonidan baholanmaydi va “amaliyot o‘tamagan” deb hisoblanadi. Bunday talaba esa amaliyotni qayta talabalik kanikul davrida o‘tashi kerak bo‘ladi. Ba’zi xollarda esa rektor tomonidan uni talabalik safidan chetlashtirish masalasi ko‘rib ham chiqiladi.
Amaliyot davrida talaba ishlab chiqarishda o‘zining namunali xulqi, madaniyatli intizomi, bilimga va yangilikni o‘rganishga intiluvchanligini ko‘rsatish bilan birga ishlab chiqarishdagi ishchi-xodimlari o‘rtasida hurmatga loyiq bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobot 35−40 varaq hajmida bo‘lishi, A4 formatdagi varaqning faqat bir tomoniga qo‘lyozma matni bilan, kerakli xujjatlarning ilovalarini hisobotning so‘ngida keltirilib rasmiylashtiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti davridagi amaliyotchi talabaning ishlarini baholash mezonlari
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
5 (a’lo)
|
Vagonlar, ularni vazifasi, tasnifi, tuzilishi, ularni qurish va ta’mirlash to‘g‘risida xulosa va qaror qabul qilish; vagonlar, ularning turlari va tuzilishiga doir ijodiy fikrlay olish va mustaqil mushoxada yuritish; vagonlarning asosiy qismlari va turlariga qarab o‘zaro farqi bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish; vagonlarni tuzilishi va ularni analiz va sintez qilish tartibi mohiyatini tushunish; vagonlar tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni bilish, aytib berish; zamonaviy vagonlar to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lish
|
4 (yaxshi)
|
Vagonlar, ularning turlari va elementlari tasnifi, ularni qurish va ta’mirlash buyicha mustaqil mushoxada yuritish; vagonlarning asosiy qismlari va turlariga qarab o‘zaro farqi bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish; vagonlarni tasniflash, tuzilishi va ularni analiz va sintez qilish tartibi mohiyatini tushunish; vagonlar tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni bilish, aytib berish; zamonaviy vagonlar to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lish
|
|
|
| |