• Amaliyotdagi vazifalari
  • Ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashdan maqsad




    Download 158 Kb.
    bet2/6
    Sana21.02.2024
    Hajmi158 Kb.
    #160006
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-курс амалиёти (2)

    Ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashdan maqsad talabalarni amaliyot o‘tayotgan korxona ishlarini keng o‘rganish davomida oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish, vagon detallari va qismlarini ta’mirlash va ishlov berish bo‘yicha texnologik jarayonlarni o‘rganish, ishlab chiqarishdagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, mehnatning ilg‘or metodlari bilan tanishish, shuningdek vagon ta’mirlash ishlab chiqarishini tashkil qilish va iqtisodiyoti bo‘yicha umumiy bilimlarga ega bo‘lishdan iborat.
    Amaliyot o‘tash jarayonida talabalar vagon ta’mirlash ishlab chiqarishining strukturasi, uchastkalar va ularni o‘zaro bog‘liqligi, korxonalarning tarixi va rivojlanish kelajagi, ishchilarni kasblari va ularga doir ma’lumotlar, ishlab chiqarishni mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bilan tanishadilar.
    Amaliyotdagi vazifalari - vagonlarni modernizatsiya qilish va ta’mirlashdagi iqtisodiyot masalalari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishga, ishlab chiqarishdagi mehnat muhofazasi va havfsizlik choralariga, ishlab chiqarishda kompyuter dasturlaridan foydalanish masalalari bilan tanishish hisoblanadi. Shuningdek amaliyotni o‘tash vaqtida asosiy e’tibor talaba tomonidan hisobotni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, bunda ishlab chiqarishga oid texnik va texnologik hujjatlardan va yo‘riqnomalardan foydalanganligiga qaratiladi.
    Ishlab chiqarish amaliyoti davrida amaliyotchi talabalarga quyidagi talablar qo‘yiladi: institutdan belgilangan rahbardan amaliyot kundaligi va uni to‘ldirish bilan bog‘liq yo‘riqnomalarni olish hamda har haftada to‘ldirib borish; ishlab ishlab chiqarishga kelgan zahoti texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan tanishish; korxona faoliyati va vazifalari bilan tanishish; shaxsiy reja asosida korxona xududida joylashgan sexdagi asosiy ishlab chiqarish uchastkalari bilan tanishish, har bir uchastkaga tegishli xavfsizlik yo‘riqnomalari bilan tanishib ularga amal qilish; uchastkalarning ishlab chiqarish jarayonlari va ushbu uchastkada ta’mirlanadigan qismlarning ta’mirlash texnologik jarayonlari, ishni tashkil qilishga tegishli texnik xujjatlar bilan ishlashni o‘rganish; amaliyot so‘ngida hisobotni tayyorlash va uni ishlab chiqarishdan belgilangan rahbar tomonidan nazoratdan o‘tkazish hamda institutdan belgilangan amaliyot rahbariga taqdim etish.
    Amaliyotchi talaba amaliyotni o‘tash vaqtida quyidagilar bilan tanishadilar:
    - korxonaning ishlab chiqarish strukturasi;
    - korxona tomonidan modernizatsiya qilinadigan yoki ta’mirlanadigan yuk va yo‘lovchi transport vositalarining texnik xarakteristikalari;
    - asosiy uchastkalarning tarkibi va o‘zaro bog‘liqligi;
    - yuk va yo‘lovchi transport vositalarining modernizatsiya qilish va ta’mirlash jarayonini biriktirilgan sex bo‘yicha shaxsiy reja asosida texnologik jarayonlari;
    - logistik jarayonlarda qo‘llaniluvchi jihozlar va uskunalar.




    Download 158 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 158 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashdan maqsad

    Download 158 Kb.