• 2. Morfologik yozuv
  • Tovush almashishi (o`zgarishi)-




    Download 3.34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/129
    Sana21.06.2022
    Hajmi3.34 Mb.
    #24126
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   129
    Bog'liq
    O‘zbеkistоn rеspublikаsi
    4-амалий машғулот мавзуга оид назорат саволлари ва топшириқлар 91bb701bdf9595b8901e9cb1e701bf65, Taqdimot (1), @Matematik Shofirkon test 5
    Tovush almashishi (o`zgarishi)- bunda asosga qo`shimcha qo`shilganda bir 
    tovush boshqa tovushga almashadi: 
    *bo`ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so`zlariga –q yoki –v qo`shimchalari 
    qo`shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo`yoq, sanoq, taroq, saylov, 
    tanlov.  
    *yosh, son, ot kabi so`zlarga –a qo`shimchasi qo`shilsa: son+a = sana, ot+a = 
    ata. 
    *-ga, -gani, -guncha kabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo`shimchalar oxiri –k
    q tovushlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilsa, asos yoki qo`shimcha tarkibida tovush 
    almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha.  
    *oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchasi 
    qo`shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i-
    bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, 
    park, kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: 
    idroki, mashqi, huquqi, parki kabi.  
    2. Morfologik yozuv - so`z asosi va qo`shimchalarini aynan yozish demakdir. 
    Bunga ko`ra so`z va uning qismlari talaffuzidan qat’i nazar asliga ko`ra yoziladi, ya’ni 
    asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan so`z tarkibida tovush o`zgarishi kuzatilmaydi. 
    So`z va qo`shimcha aslan qanday bo`lsa, shunday yoziladi. Masalan: 
    *fe’lning zamon va shaxs qo`shimchasi qanday eshitilishi va talaffuz qilinishidan 
    qat’i nazar, doim –di shaklida yoziladi: ket+di = ketdi,borib+di = boribdi. 
    *-dan, -da qo`shimchalari talaffuzidan qat’i nazar doim o`zgarishsiz yoziladi
    ish+da = ishda, baland+dan = balandda kabi. 
    *-iston (so`z yasovchi), -inchi(tartib son), --ib(ravishdosh), -in, -il (fe’l 
    nisbatlari) qo`shimchalari asos qismida –u tovushi bo`lgan so`zlarga qo`shilganda u 
    tovushiga moyil aytilsa ham asliga ko`ra yoziladi: kul+ib = kulib, tug`+il = tug`ildi, 
    uch+inchi = uchinchi, ur+ish = urish, gul+iston = guliston 
    *qo`shma va juft so`zlar ham morfologik yozuv qoidasi bo`yicha yoziladi: qip-
    qizil, har vaqt, baxt-saodat, atirgul kabi.

    Download 3.34 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   129




    Download 3.34 Mb.
    Pdf ko'rish