• ORFOGRAFIYA
  • Tovush tushishi
  • Tovush orttirilishi
  • O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI




    Download 3.34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/129
    Sana21.06.2022
    Hajmi3.34 Mb.
    #24126
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   129
    Bog'liq
    O‘zbеkistоn rеspublikаsi
    4-амалий машғулот мавзуга оид назорат саволлари ва топшириқлар 91bb701bdf9595b8901e9cb1e701bf65, Taqdimot (1), @Matematik Shofirkon test 5
    O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI 
    Lug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a 
    ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning 
    faqat yo z m a shakli uchun, to`g`ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g` z a k i nutq 
    shakli uchun xosdir. 
    O`zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo`lib fonetik, leksik, grammatik 
    jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir. 
    Adabiy til ikkita: og`zaki va yozma shaklga ega.
    - og`zaki shakl – orfoepiyada 
    - yozma shakl – orfografiyada o`rganiladi 
    ORFOGRAFIYA: Adabiy tilning yozma shaklini, to`g`ri yozuv qoidalarini 
    (imlo qoidalarini) o`rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – printsiplarga 
    asoslanadi: 
    Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko`ra so`z o`zak-negizida birorta fonetik 
    hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz 
    beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi. 
    Tovush tushishi - bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda 
    unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan:
     *past, sust so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi: 
    pasay, susay. 
    *ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo`shimchasi qo`shilsa (-ov, -ala, -
    ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov. 
    *men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchasi (–ni,-
    ning)  qo`shilsa: meni, seni, mening, sening. 
    *bag`ir, ko`ngil, shahar kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa ikkinchi 
    bo`g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko`ngli, bag`rim, burni kabi.
    Tovush orttirilishi - bunda asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan asos tarkibida 
    undosh tovushlar orttiriladi: 
    *achi, isi, sasi so`zlariga –q so`z yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush 
    orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq. 
     
     
     
     
     
     
     


     
     
    *u, bu, shu ko`rsatish olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari (–
    ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo`shimchalari qo`shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, 
    bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday. 

    Download 3.34 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   129




    Download 3.34 Mb.
    Pdf ko'rish