JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–21_Issue-2_January_2023
181
WEB TEXNOLOGIYA ASOSLARI. WEB SAYT YARATISH
TUSHUNCHASI
Botirov Shohjahon Bobur o'g'li
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti AKTsKT fakulteti talabasi
Tursunova Muxlisa Maxamadjon qizi
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti AKTsKT fakulteti talabasi
Bekniyozova Shaxodat Shavkatovna
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti AKTsIM fakulteti talabasi
Annotatsiya
Bugungi kunda Internet hayotimizning bir bo’lagiga
aylangan,internet
xizmatlaridan har kuni foydalanamiz.
Web texnologiyalar rivojlanishi natijasida web-sahifalar tarkibida Plug-in
dasturlari joylashtirila boshlandi, natijada web-sahifalarga interaktiv xususiyat berildi.
Web-texnologiya bu – Internet texnologiyalaridan biri bo’lib,
Web-serverdagi
axborotni qayta ishlash va sirkulyatsiya qilish bilan bo’liq. Web-saytlarimizni yaratish
uchun dasturlash tillaridan foydalanamiz. Web-saytlar bugungi kunda ko’p
foydalanmiz. Ushbu web-saytni yaratish haqida tushunchalarga ega bolamiz.
Kalit so’zlar: Internet, WWW, web-sayt, web sahifa, HTML, CSS, JavaScript,
teg, atribut.
Internet ixtiro qilinishidan avvalgi davrni tasavvur qiling: veb-saytlar bo‘lmagan,
axborot olishning asosiy manbayi esa faqat qog‘oz formatidagi kitoblar... Kerakli
ma’lumotni topish yoki bir necha yil avvalgi ma’lumotlarni izlash uchun ancha vaqt va
kuch sarflashga tо‘g‘ri kelar edi.
Bugun esa web-brauzerni ochib, kerakli qidiruv
tizimidan xohlagan axborotni qidirishingiz mumkin.
Qisqa vaqt ichida istagan
ma’lumotingiz qо‘lingizda, hatto kimdir sizning qidiruvingizni hisobga olgan holda
veb-sayt yaratgan bо‘lishi ham mumkin. Veb-saytlardan ma’lumot qidirish, yoqtirgan
hikoyani о‘qish, ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashish, musiqa
va filmlarni yuklab olish,
kompyuter о‘yinlarini о‘ynash kabi maqsadlarda foydalanish mumkin. Har bir veb-
saytning muhim jihatlaridan biri –
u qanday maqsadda yaratilmasin, foydalanuvchi
(maqsadli auditoriya uchun qulay dizaynga ega bо‘lishidir.
Veb-saytning maqsadi
aniq, dizayni puxta о‘ylangan, undagi elementlar tartibli joylashtirilgan bо‘lsa, uning
foydalanuvchilari soni ham ortib boradi.