|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 181-184JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–21_Issue-2_January_2023
182
Butunjahon о‘rgimchak tо‘ri (WWW) – gipermatn texnologiyasiga asosan
tarqatilgan axborotlar tizimi. Tarqatilgan deyilishiga sabab, birinchi kompyuterda aks
etib turgan axborot yonidagi ikkinchi kompyuterda yoki dunyoning boshqa bir
burchagidagi serverda joylashgan bо‘lishi mumkin. Birinchi serverda joylashgan veb-
sahifaga boshqa serverdagi rasmni uning tо‘liq manzilini kо‘rsatgan holda joylashtirish
mumkin.
Veb-sahifa – tarkibida matn, tasvir, video, gipermurojaat va boshqa
ma’lumotlarni saqlovchi Internetdagi sahifa yoki vebsaytning bitta sahifasi.
Veb-sayt – veb-sahifalar majmui.
Gipermatn – veb-sahifaning bir qismiga yoki boshqa veb-sahifaga oson va tez
o‘tish imkoniyatini beruvchi matn.
Maqsadli auditoriya – veb-sahifani kо‘ruvchi foydalanuvchilar.
Maqsad – veb-saytni yaratishdan ko‘zlangan natija (masalan, kitob sotish,
kо‘ngilochar maqsadlar)
WEB sayt yaratishda asosan HTML, CSS, JAVASCRIPT tillaridan
foydalaniladi.
WWWdagi veb-sahifani yaratishda kodlash tili HTMLdan foydalaniladi. HTML
(ingl. Hyper Text Markup Language – gipermatnli belgilash tili) – veb-sahifa
kontentini oddiy matn yordamida aks ettiruvchi maxsus kod. HTML tili belgi va
qoidalar tо‘plamidan iborat standart til bo‘lib, so‘nggi versiyasi HTML5 deb
nomlanadi. Veb-sahifa tuzilishini yaratish uchun HTML-kodni yozishda „teglar“dan
foydalaniladi. Bu teglar veb-sahifadagi matn va rasmlar veb-brauzerda qanday aks
etishini anglatadi. Brauzerlar HTML-kodni о‘qiydi va kontentni aks ettiradi, lekin
teglarni ko‘rsatmaydi. HTMLda teglar va atributlardan foydalaniladi.
O’quv qurollari saytimizni ko’rinishi:
|
| |