IoT texnologiyasining rivojlanishida Simsiz sensor tarmoqlarinining ahamiyati




Download 1,27 Mb.
bet4/29
Sana13.05.2024
Hajmi1,27 Mb.
#229378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Zaripov BMI

IoT texnologiyasining rivojlanishida Simsiz sensor tarmoqlarinining ahamiyati


Sizmsiz sensor tarmoqlar (SST) bo‘yicha tadqiqotlar 1980-yillarning boshlarida Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa Ilg‘or Tadqiqot Loyihalari Agentligi (DARPA) AQSh armiyasi uchun taqsimlangan sensorli tarmoqlar (TST) dasturini amalga oshirgan paytdan boshlandi. O‘sha paytda ilg‘or tadqiqot loyihalari agentligi tarmog‘i (ARPANET) bir necha yillardan beri faoliyat ko‘rsatgan,
universitetlar va tadqiqot institutlarida 200 ga yaqin izlanuvchilar mavjud edi. TST- lar ko‘plab fazoviy taqsimlangan, bir-biri bilan bog‘langan, lekin avtonom tarzda ishlaydigan, ma’lumotdan eng yaxshi foydalanishi mumkin bo‘lgan tugunga ma’lumot yo‘naltirilgan ko‘plab arzon sensorli tugunlarga ega deb taxmin qilingan. Sensor tarmoqlari bo‘yicha tadqiqotchilar TST haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lishsa ham, texnologiya hali tayyor emas edi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, sensorlar ancha katta hajmda edi va shuning uchun potentsial ilovalar soni cheklangan edi. Bundan tashqari, dastlabki TSTlar simsiz ulanish bilan chambarchas bog‘liq emas edi. SSTlarning rivojlanishi dastlab harbiy sohalardan, xususan, muammoli zonalar kuzatuvida qo‘llanilishdan boshlangan. Bugungi kunda ular sanoat infratuzilmasi, avtomatlashtirish, sog‘liqni saqlash, yo‘l harakati va ko‘plab foydalanish joylariga qo‘llaniladigan ilovalari bilan fizik sharoitlarni kuzatish uchun sensorlardan foydalanadigan taqsimlangan mustaqil qurilmalardan iborat.

1.2-rasm. Barcha sohalarda SSTlarni qo‘llash asosida daromadining o‘sishi Bugungi kunda sanoatni avtomatlashtirish SST ilovalarining eng muhim


sohalaridan biridir. Freedonia Group ma’lumotlariga ko‘ra, sanoatda foydalanish uchun sensorlarning jahon bozoridagi ulushi 11 milliard dollarni tashkil etadi, o‘rnatish (asosan kabel xarajatlari) va foydalanish qiymati esa 100 milliard dollardan oshadi (1.2-rasm). Bu yuqori xarajat sanoat aloqa texnologiyasini rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy masaladir. Butun sanoat jarayonini «hamma joyda sezish» imkonini beruvchi SST texnologiyasi yuqorida aytib o‘tilgan xarajat sabablari tufayli onlayn monitoring orqali mavjud bo‘lmagan muhim parametrlarni himoya qilishi mumkin. Ushbu parametrlar mahsulot sifatini yaxshilash va energiya sarfini
kamaytirish maqsadiga erishish uchun optimal nazoratni amalga oshirish uchun muhim asosdir.
“ON World” ma’lumotlariga ko‘ra, 2011 yildan 2016 yilgacha sanoat sohalarida o‘rnatiladigan simsiz qurilmalar 553% ga oshadi, bunda butun dunyo bo‘ylab 24 million simsiz ulanishni qo‘llab-quvvatlaydigan sensorlar va aktuatorlar yoki sezgir nuqtalar mavjud bo‘ldi. Ularning 39 foizi faqat simsiz sensorlar tarmog‘ida mumkin bo‘lgan yangi ilovalar uchun ishlatildi. 2014 yilga kelib, SST qurilmalari soni butun sanoat o‘lchash va nazorat qilish uskunalarini sezish punktlarining 15% ni va 2016 yilga kelib 33% ni tashkil qildi. Bugungi bozorda sanoat SST daromadining Meshtdan uch qismi texnologik sanoatdan keladi, neft va energetika sanoati eng tez rivojlanayotgan sanoatdir. Masalan, PetroChina o‘zining neft konlarida 200 000 neft quduqlarini rekonstruksiya qilish maqsadida IoT loyihalarini amalga oshirmoqda. Neft quduqlarini raqamli konvertatsiya qilishda qo‘llaniladigan SST texnologiyasi neft quduqlarida ishlab chiqarishni o‘lchash va ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash uchun onlayn monitoringdan foydalanadi.

    1. Download 1,27 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 1,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IoT texnologiyasining rivojlanishida Simsiz sensor tarmoqlarinining ahamiyati

Download 1,27 Mb.