V. ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISH




Download 102,24 Kb.
bet22/55
Sana15.03.2017
Hajmi102,24 Kb.
#138
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
V. ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISH

PRIBORLARINI O’RNATISH VA ULARNI

EKSPLUATATSIYA QILISH
39. Elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan hisob-kitob qilish uchun iste’molchilar majburiy tartibda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari bilan, 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan iste’molchilar esa - Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan ko’p funksiyali elektron hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak.
40. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari ko’rsatkichlarning buzilishidan, inson omilining ta’sirini mumkin qadar kamaytirgan holda axborotlardan ruxsatsiz foydalanilishidan kompleks himoya bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
41. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari bo’lmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga hamda iste’molchilar va subiste’molchilarning elektr tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi.
42. Turli tarif guruhlaridagi bir nechta iste’molchilar elektr ta’minotining bitta manbaidan ta’minlanganda tegishli hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi uchun alohida o’rnatilishi lozim.
43. Hisobga olish priborlari (shu jumladan, aktiv va reaktiv quvvat va energiyani o’lchash vositalari, shuningdek jamlovchi qurilmalar hamda Iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur Qoidalarga muvofiq o’rnatiladi va Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga javob berishi kerak.

Hisobga olish priborlari, o’lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu jumladan, aloqa liniyalari, Iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining saqlanishi va ularning texnik holati uchun hisobga olish priborlari va tizimlari o’z balansida bo’lgan korxona javob beradi.

Elektr energiyasini texnik hisobga olish (elektr energiyasi sarfining belgilangan me’yorlari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari alohida sexlarda, ko’p energiya sarflaydigan agregatlarda, texnologiya liniyalarida, binolarda, alohida obyektlarda o’rnatiladi.
44. Ko’p xonadonli uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida hisobga olish priborlari har bir xonadon uchun maxsus ajratilgan joylarda o’rnatiladi.

Har bir xonadonga o’rnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun sarflanadigan elektr energiyasi bo’yicha hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlari o’rnatiladi.


45. Hisobga olish priborlari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan iste’molchilarning hisob-kitob qilishiga mo’ljallangan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag’lari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslashidan o’tkaziladi, ro’yxatdan o’tkaziladi, plombalanadi va o’rnatiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
46. Hisobga olish (tok va kuchlanishni o’lchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish priborlarining shikastlanishi va ularning yo’qolishi) iste’molchining aybi bilan buzilgan taqdirda hisobga olishni nazorat qilish priborlarini va ularga tegishli asbob-uskunalarni almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslashidan o’tkazish va o’rnatish ular qiymati va ko’rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchi tomonidan haq to’langan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
47. Hisobga olishni nazorat qilish priborlarining, shu jumladan ularga o’rnatilgan plombalarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik ko’rsatib o’tilgan hisobga olish priborlari binosida o’rnatilgan tashkilotga yuklanadi.

Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimining o’lchov transformatorlari, ikkilamchi xalqalari va aloqa liniyalarining saqlanishi va texnik holati uchun elektr qurilmasi balansida bo’lgan tashkilot javob beradi.

Shartnoma bo’yicha elektr energiyasidan maishiy iste’mol uchun foydalanuvchi iste’molchi sifatida jismoniy shaxs ish ko’rgan taqdirda, elektr tarmoqlarining, shuningdek elektr energiyasi iste’molini hisobga olish priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash majburiyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yuklanadi, ushbu Qoidalarda belgilangan holatlar bundan mustasno.

(O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)


48. Hisobga olish priborlarida:

kojuxlar mahkamlangan joyida, to’lov hisoblagichlari bilan birgalikda foydalaniladigan o’lchov transformatorlarida esa - alohida ajratilgan joylarda "O’zstandart" agentligining yoki uning hududiy bo’linmasining belgilangan namunadagi plombasi bo’lishi kerak;

hisobga olish priborining klemmnik qopqoqlarida, shuningdek sinov bloklarida, o’tuvchi klemmniklar qopqoqlarida, kuchlanishning ajratuvchi o’lchov transformatorlari simlarida - hududiy elektr tarmoqlari korxonasining (yoki uning vakolatli xizmatlarining) belgilangan namunadagi plombasi bo’lishi kerak.

Hisobga olishni nazorat qilish priborlari va o’lchov transformatorlarini birlamchi qiyoslashdan o’tkazish ular o’rnatilgunga qadar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag’lari hisobiga "O’zstandart" agentligi tomonidan amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq to’rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin
Hisobga olish priborlarini va o’lchash transformatorlarini vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o’tkazish ko’rsatilgan xizmatlar qiymati iste’molchi tomonidan to’langan holda "O’zstandart" agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobiga amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
49. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili o’zida tegishli amal qilish muddati ko’rsatilgan, o’z nomi yozilgan guvohnomasi bo’lgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida, priborning ko’rsatkichlarini yozib olish va ko’rikdan o’tkazish uchun iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish priborlari va sxemalarini to’sqinliksiz borib ko’rish huquqiga ega. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilining elektr energiyasini hisobga olish priborlariga qo’yilmasligi belgilangan namunadagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, u hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari, iste’molchi yoki o’zga jalb etilgan shaxslar tomonidan imzolanadi. O’zga jalb etilgan shaxslar bo’lmaganda va iste’molchi imzolashni rad etganda dalolatnomaga iste’molchi tanishganligi to’g’risida belgi qo’yiladi va elektr tarmoqlaridan uzib qo’yiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


50. Hisobga olishni nazorat qilish priborlarini va hisobga olishni nazorat qilish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan o’lchov transformatorlarini boshqa joyga o’rnatish va almashtirish, xizmatlarga iste’molchilar tomonidan haq to’langan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Hisobga olishni nazorat qilish priborlarini o’lchov transformatorlarini o’zboshimchalik bilan boshqa joyga o’rnatish va (yoki) almashtirish holatlari aniqlangan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmog’idan uzib qo’yadi va ushbu Qoidalarning 63 yoki 120-bandlariga muvofiq qayta hisob-kitob qiladi.

(O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
51. Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o’zgartirish yoki uning buzilishi bilan bog’liq bo’lgan har qanday ishlar faqat iste’molchining vakili ishtirokida yoki ishlar boshlangunga qadar bajariladigan ishlar to’g’risida uning yozma bildirishnomasidan so’ng hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Ishlarni bajarish davrida elektr energiyasi hisobi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)


Download 102,24 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Download 102,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V. ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISH

Download 102,24 Kb.